March 12, 2025

MY CRIMINAL FATHER

MY CRIMINAL FATHER | EP 12

va men oxir oqibat ko`ksimda urib turgan jon faqat nafas olishimga yarashini tushunib yetdim . Har nafasda seni o`ylashimning sababi ham shu bo`lsa kerak . Chunki mendagi jon sendan iborat .

Bo`lgan voqealarni juda ko`p o`yladim . O`sha kungi bo`lganlar meni aqldan ozishga majbur qilardi . O`sha his o`sha nafas o`sha hayajon va aynan o`sha ehtirosni his qilgim bor yana . Ammo yo`q Taehyungni bir haftadan buyon ko`rmadim . Maktabga ham bormayapman . Ora orada Jungkook va Jimindan uni so`rab qo`yaman ular esa faqat Taehyungning bant ekanini aytishardi . Yaqinda dadamning sudi kechiktirilibdi sababini bilolmadim . Ammo umid qilamanki u bilan hamamsi joyida .

โ€” Jungkook ! - Tashqarida qo`riqchilarga bir nimalarni uqtirayotgan yigitni chaqirdi qiz . Birozdan so`ng uning qarshisida paydo bo`lgan yigit unga savol nazari bilan qaradi .

โ€” Bir iltimosim bor edi bajara olasanmi ? - asabiylashgancha lablarini tishlagan qiz yigitdan javob kutdi .

โ€” Bugun Taehyung uyda agar shuni so`ramoqchi bo`lsang . . . - Qiz uning gaplarini inkor qildi .

โ€” yo`q yo`q bu haqida emas . Dengizga olib bora olasanmi ? Hozir , kechqurun u yer juda chiroyli ko`rinishini eshitgandim . Iltimos faqat yo`q dema . - yigitga ilk marta iltimos qilayotgan qiz uning ko`zlariga qarab javob kutdi . Yigit qo`l soatiga qarab qo`ydida biroz o`ylanib qoldi .

โ€” Taehyung bilsa jazolanishimizni bilasanmi ?

โ€” Sen uni do`stisanku . Senga indamaydi . Men esa bir amallayman . Iltimos faqat bir marta . - qizning gaplaridan yana o`ylangan yigit qayta qo`l soatiga qarab qo`ydi .

โ€” soat 22 bo`lmasidan uyga qaytamiz tushunarlimi . Mashinaga chiq ! - ortiga o`girilib mashina tomo yurgan yigitning ketidan qiz quvonchdan sakragancha ergashdi .

Sohil bo`yiga kelib to`xtagan qora mashinadan birinchi bo`lib tushgan qiz qarshisida qirg`oqqa kelib urilayotgan dengiz suvini ko`rib eti junjikib ketdi . Oyoq kiyimlarini yechib asta sekin qirg`oq tomon yaqinlashdi . Uni kuzatib turgan Jungkook qizning keyingi harkatlarini kutdi .

โ€” Sen ekansanda dengiz degani ! - qiz yana ham suvga yaqinlashib oyoqlariga kelib urilgan muzdek suvni his qilib titrab qo`ydi

โ€” Vanihoyat uchrashdik - Qalbidagi olovni o`chirishga yordam berishiga ishonib shu yerga kelgan qiz dengizga qarab chuqur nafas oldi

Jungkook endi zerikishni boshlagan edi hamki dengiz yonida turgan qiz birdan ovoz chiqarib yig`lashni boshladi . Oddiy yig`lash emasdi bu . Bu xuddi nimasidir tortib olingan bolaning harhasha qilib yig`lashidek edi .

Pov Shiku

Bilmayman nega yig`layapman . odatda yig`loqi emasman ammo ayni damda tushunarsiz hislar ichida qolib ketgandekman . Hayotim oq qora ekani yolg`iz ekanim meni juda ranjityapti . Onamni Minjini o`zimni Rudolfimni ayniqsa dadamni sog`inyapman . Ularsiz bu qadar qiyin bo`ladi deb o`ylamagandim . Ichim to`lib ketyapti . Menda nimadir noto`g`ri ketayotgadek .

โ€” hoy senga nima bo`ldi ? Ahvoling yaxshimi ? - Shikuning yoniga tezda yetib kelgan Jungkook nima bo`lganiga qiz nima uchun yig`layotganiga tushuna olmay so`radi .

โ€” Qarama ! Meni bunday holatimda ko`rma . - Qiz battar yig`lab yuzini yashirdi .

โ€” Hoy kichkina shayton nima jinni bo`ldingmi . Nega yig`layapsan axir ?

โ€” Nima shunchaki yig`lab bo`lmaydimi ? Meni tinch qo`y . - qiz hamon yig`lashda davom etardi .

โ€” Shunchaki yig`laging kelayotgan bo`lsa mayli ammo agar seni nimadir qiynayotgan bo`lsa menga ayt . - Jungkook ilk bor yonidagi qiz haqida o`yladi . Qiz indamadi . To`yib to`yib yig`ladi . Jungkook yana gapirmoqchi edi hamki Shiku uning gaplarini kesib tashladi .

โ€” Hammasi joyida . Kel yaxshisi uyga qaytamiz . - Biroz o`ziga kelib olgan qiz ko`z yoshlarini artib mashina tomon yo`naldi .

โ€” O`ziga qo`shib meni ham aqldan ozdirmoqchi bu qiz . - Qo`li bilan peshonasini silab qo`ygan yigit unga biroz qarab turdida qizning ortidan bordi .

Yana o`sha savlatli va mag`rur qo`rg`on . Xuddi uni odamlari kabi sovuq . Ichkari tomon odimlagan qizni Maria xonim kutib oldi .

โ€” Kichik xonim sizni Janob Taehyung chaqiryaptilar . Kiyimingizni menga bering . U sizni ichkaridagi basseynda kutyapti . - Maria Shikuning qo`lidagi kurtkasini olib uni kuzatib qo`ydi . Shiku Taehyung bilan yana uchrashishini o`ylab ichidan quvondi . Unda shu kunlarda Taehyunga nisbatan g`alati hislar paydo bo`lmoqda .

Uyning eng ichkari qismida joylashgan Bejirim xonada katta basseyn qurilgani ajoyib g`oya edi . Qiz ichkariga kirganida suv ichida suzib yurgan yigitni ko`rib biroz hayajonlandi . Asta sekin basseyn qirg`ogi`ga kelib o`tirdi . Taehyung uning kelganini ko`rishi bilan qiz tomon suzib keldi

Sekinlik bilan qizning yoniga suzib kelib uning oyoqlari orasida turgan yigitni ko`rgan qiz titrab ketdi . Qiz kiyga oddiy kalta sho`rtik uning oyoqlarini yashirish uchun yaxshi usul emasdi . Shu sabab yigitning qo`llari qizning sonlaridan joy oldi .

โ€”Qayerda edingiz ? Deyarli 1 hafta uyga kelmadingiz . - yumshoq va biroz xafa ohangda so`radi qiz .

โ€” Hal qilishim kerak bo`lgan ishlar bor edi . - Gapirish davomida yigitning qo`llari tinch turishni istamadi .

โ€” Istaysanmi ? - yigit suvga ishora qilganida qiz lablarini tishlab biroz jim turdida " Ha " deb javob berdi . Yigitning yuzida biroz tabassum o`ynadi . Qizning futbolkasini yechib olib uni ko`tarib olib o`zi bilan suvga g`arq qildi .

Qizning qo`llari Taehyungning bo`ynidan o`ralgan edi . Suvdan boshii chiqarib notekis nafas olar ekan . Qo`llarini yigitning ko`ksiga qo`ydi . Yigit esa hamon uni ko`tarib turib . Qizning oyoqlari esa Taehyungning belidan o`ralgan . Ikkisi peshonasini birlashtirar ekan taehyungning qaynoq nafasi qizning tanasini kuydirdi . Tobora haddidan oshayotgan qo`l harakatlari qizni nopoklikka yetaklamoqda . Taehyung Shikuning ko`zlariga biroz qarab turdi . So`ngra titrayotgan lablar uning hayolini oldi . Shiku ham uni kuzatar ekan uning istaklari balum edi . Va yana o`sha qaynoqlik va yana o`sha ehtiros . Qizning lablari ustidan hukmronlik qilayotgan o`zga bir lablarga zo`r ishlov berilyapti . Qiz ko`zlarini yumdiyu yigitning harakatlariga taqlid qilishga urindi . Bo`sa orasida yigitning tabassumi bilindi . Taehyung qizning labini tishlar ekan qiz norozi ohangda ingrab qo`ydi . So`ngra xuddi u kabi harakat qilib uning ham lablarini tishladi . Bunga mos reaksiya bilan ingrab qo`ygan yigitning kulgusi qistadi . Qizning qo`llari yana yigitning bo`ynidan o`raldi . Sochlari orasiga suqulib kirgan barmoqlar uni erkaladi . 1 haftaning sog`inchining o`rnini bosish uchun harakat qilinmoqda .

Soat allaqachon tungi 3 ni ko`rsatmoqda . Qizini quchog`iga olib yotgan yigitni telefon jiringlashi uyg`otib yubordi . Shikuni uyg`otmaslik uchun balkonga chiqib gaplashgan yigitning jag`i qisildi .

โ€” Uni toptim . Nick shu yerda . Omborxonadamiz . Seni kutishni istamayman ammo shunda ham kelishing kerak deb o`yladim . - deyarli 6 oy davomida bor kuchini Nickni topishga sarflagan Jimin Bugun buning uddasidan chiqqandi . Taehyungning o`tgan bir haftasi ham aynan shu sabab uyqusiz o`tdi .

โ€”Hozir boraman . - gapini yakunlab qo`ng`iroqni tugatgan yigit qayta xonaga kirdi . Ustiga kiyimini kiyib asta qizining yoniga o`tirdi . Uning peshonasidan so`ngra lablaridan ohista o`pib o`rnidan turmoqchi edi hamki bilagidan tutgan kichkina kafta sabab o`sha tomonga og`irildi .

โ€” Qayerga - Qiz hali chala ochilgan ko`lzari bilan Taehyungga qaradi . Yigit yana joyiga qayta o`tirdi .

โ€” Birozdan so`ng qaytaman qizim . Sen uxlayver .- Shikuning sochlaridan silab qo`ygan yigit uni ovutgan bo`ldi .

โ€” Iltimos ketmang . Sizni juda sog`ingandim . - uyqusiragani sabab shu gaplarni aytib qo`ygan qiz Taehyungning kaftini kichkina barnoqchalari bilan siladi . Yigitni g`alati tuyg`u bosdi . U endi ketishni istamaydi . Ammo u 6 oydan beri qidirgan odam hozir uning qo`lida . Har soniya u uchun muhim axir .

โ€” Mayli ketmayman . Hozir qaytaman . - Qizning labidan qisqa bo`sa olib yana balkonga chiqqan yigit Jiminga qayta qo`ng`iroq qildi .

โ€” ertaga ertalab o`sha yerda bo`laman . Unga ko`z quloq bo`linglar .

โ€” Nega ? Qandaydir muammo chiqdimi yoki . - telefon ortidan yigitning asabiy ovozi yangradi . Ahir u bu kunlarni qancha kutgandi .

โ€” Ha ! Va bu buyruq Jimin . Men borgunimcha u faqat tirik bo`lsa bas . Qolgani seniki . - gapini tamomlab yana xonaga qaytgan ustiga kiyimini yechib qayta yotoqqa joylashdi . Qiz uning bo`ynidan quchib oyoqlarini uning beliga o`rab oldi . Taehyung ham uni javoban quchdi . Qizning sochlarini silab uning uxlashini jim kuzatdi .