March 21, 2025

MY CRIMINAL FATHER

MY CRIMINAL FATHER | EP 6

MY CRIMINAL FATHER

6 - BOB

" Sevgi va ehtiros o`xshash tushunchalardir . Umuman olganda ular bir birsiz o`z ahamiyatini yo`qotadi . Xuddi sen va men kabi !

β€” Jin ursin * - burniga kelib tushgan mushtdan dotlagan yigit skameykadan yiqilib tushdi .

β€” Men atay qilmadim . O`zingiz bunday demasligingiz kerak edi - Shiku o`rnidan turib o`zini oqlashga urindi . Bunday gaplarni hali biror marta ham eshitmagan qiz aslida jiminning gapidan rostan ham qo`rqib ketgandi .

β€” Mayli xayr yaxshi dam oling janob odamxo`r - qiz ortiga qarab qochishga urindi . ammo qarshisidagi odam sabab biroz cho`chib bir ikki qadam orqaga yurdi .

β€” T . Taehyung . . . - Shiku ilk marta uni norasmiy kiyimda ko`rdi . Bir soniya nafas olishni unitar ekan ko`zlari bilan Taehyungning ko`ksiga mushaklariga behayo qarab lablarini tishladi . U uchun bu futbolka ichidagi tana judayam qiziq edi ayni damda . oldiniga qizga so`ngra yerga hamon burnini ushlab og`riqdan ingrayotgan yigitga qarab qo`ygan erkakning yuzida hech qanday o`zgarish yuz bermadi .

β€” Xonaga qayt qizim ! - men doim uning gaplariga yengilganman . Uning bu o`lik boqishlarida ham mano bor go`yo . Unga itoat etmaslikka harchand urinsamda o`xshamayapti . Uni har ko`rganimda men tomosha qilgan kinolar kelyapti hayollarimga !

β€” Qizim ?! - yigit bir qoshini kotarib shikuga qarar ekan qiz " Tushundim " deya oldi xolos . So`ngra orqasidagi Jiminga qarab qo`ydi .

β€” Yaramas sichqon keyingi safar qocha olmaysan ! - Jiminning gaplari Shikuni tez tez yurib ketishga majburladi .

Taehyung Shiku ketgunicha hech nima demasdan uni kuzatib qoldi . So`ngra u ham skameykaga joylashdi . Jimin ham o`rnidan turib uning yoniga o`tirar ekan ikki do`st anchadan beri bir biri bilan dildan suxbatlashmagani uchun ancha gaplar yig`ilib qolgandi .

β€” Matteo nima bo`ldi ? - gap boshladi Jimin

β€” o`ldirmadim . Shunchaki o`zimni va qizi menda ekanini eslatib qo`ydim .

β€” Umuman olganda Matteo biz uchun foydali odam edi . Ilk ustozimiz va do`stimiz bizga dushman bo`ladi deb hecham o`ylamaganman .

β€” Men unga dadamdan ham ko`proq ishonardim . Meni axmoqligim uni ikkinchi otam deb bilganim bo`ldi . Ammo o`sha 1 yil avvalgi eshitganlarim . Bularni shunchaki kechirib bo`lmaydi .

β€” Minho amakimdan keyin u ham bizga dada edi . ammo rostan ham uning qilgan ishi aqlga sig`maydi . Lekin shunda ham Matteo onangga bildirmasdan hammasini tan olgani unga bo`lgan hurmatimni oshirgan .

β€” O`sha kun haliyam yodimda . . .

1 yil avval :

β€” Matteo hozir xazillashadigan axvolda emasman ko`ryapsizku keling ertaga gaplashamiz .

β€” Bu haqiqat Taehyung ! Men hech qachon sendan hech nimani yashirmaganman . Dadang minhoni men o`ldirdim . Sababi U Adriana meni qizim ekanini bilib qoldi . Va men bir marota Eunha bilan tunni o`tqazganman . Oldingda aybdorman . - Metteo jiddiy yuz ifodasi bilan yerga qaradi .

β€” Metteo ? buni kulguli joyi yo`q hozir rostan ham xazilni mavridi emas ! - Jungkook divandan turib ketishga shaylandi .

β€” Men haqiqatni tan oldim . Ammo men allaqachon buning uchun jazoyimni olib bo`lganman .

Taehyung og`ir qadamlar bilan Matteoning qarshisiga kelib turdi . Nimadir qilib qo`ymasilgi uchun Jimin ham tez ular tomon borar ekan Jungkook uni to`xtatdi .

β€” Seni shu yerni o`zida burdalamasligim uchun birgina so`z ayt Matteo ! Oqla o`zingni ! - Taehyung tishlari orasida vishshilladi .

β€” Men bu o`yindan ketmoqchiman . Aytganimdek men allqachon yillar davomida jazoyimni olib kelganman . - Mettoning gapidan keyin Taehyung biz zum jim turdiyu xonani to`ldirib telbanamo kulib yubordi . Birozdan so`ng iblisona jilmayish ila yana Matteo qarshisiga turgan yigit unga nafrat ko`zlari ila tikildi .

β€” Seni o`zing o`rgatgan usullar bilan yo`q qilaman Matteo . O`zingning usullaring bilan qasos olaman sendan . Ammo hozir yasha . Sen o`lma ! Senga o`zim tiriklayin o`lish qanday ekanini ko`rsataman !

Hozirgi vaqt

β€” Shiku shundaymi ? - Jimin osmonga tikilgancha eshitiladigan darajada pichirladi .

β€” Haddan tashqari sodda va beg`ubor u . Qayerga boshlasang shu tomonga qarab yuradigan yoshda ayni damda - Taehyung qo`lidagi sigaretdan 1 dona olib uzatdi Jiminga ham uzatdi .

β€” Menimcha yetarlicha chekdim . Erta o`lib ketishim mumkin ekan - Jimin sigaretga bir qarab kulib qo`ydi .

β€” Buni u aytdimi ? - Taehyung lablari orasiga qistirilgan sigaretni qayta barmoqlari orasiga oldi .

β€” Tahmin qilganingdek ! - Jimin kulgancha o`rnidan turdi .

β€” Men uxlab dam olaman . Menimcha burnim sindi . - Jimin norozi ohangda gapirib asta sekin u yerni tark etdi .

Allaqachon soat strelkalari 23 dan keyingi daqiqalarni ko`rsatmoqda . Xonani har hil tovushlar egallagan . Xona harorati yuqoriligi sabab oynalar parlangan . Tushunarsiz tarzda suv tomchilaydi . Uning yaqinida joylashgan katta yotoqda esa ikki tana bir biri bilan rosmana jang qilmoqda . Ikksining ham to`xtash niyati yo`q . Ammo bu haqida kimdir xabar topgudek bo`lsa shahar uchun shou shuvli yangilik bo`lardi bu .

Taehyung endi uy ichiga kirar ekan unga tanish raqamdan qo`ng`iroq bo`ldi .

β€” Janob Yuri xonim bugun tunni yana bir erkak bilan o`tqazyaptilar . - Bu xabar Taehyungning pinagini buzishga ham arzimadi . Garchi Yuri uning bo`lg`usi ayoli bo`lsada .

β€” Doimgidek suratga oling . Kimdir ko`rdimi yo`qmi tekshiring . Yigitni o`ligini ham topa olishmasin ertaga ! - Zinalardan ko`tarilib o`zi uchun tanish bo`lgan xona eshigi qarshisida to`xtagan yigit go`shakni qo`ydi . Xonaga biroz sekinroq qadam tashlab kirdiyu nigohini katta yotoqda uxlayotgan kichkina qizga qaratdi . Uning yoniga borib yotoqqa o`tirdi . Sinchkovlik bilan uning uxlashini kuzatdi . Bir qo`li qizning yuzi tomon surildi . Bosh barmog`i uning dahanini silarkan qizning lablari qimirlab uni taranglashishga majburladi .

β€” Sening tegishingning o`zi xavf men uchun ! Sen ham men kabi behayo tushlar ko`ryapsan chog`i ? - Sekin gapirgan yigit uyqusida telbalardek jilmayayotgan qizni ko`rib kuldi .

Uning qo`li qizning yuzidan astalik bilan bo`yni tomon sirg`aldi . Taehyung shikuning bo`ynini silab qo`yar ekan . Og`ir nafas olib ko`zlarini yumdi .

Tezlikda xonadan chiqib ketgan yigit to`g`ri shaxsiy dush tomon yo`l oldi . Muzdek suv olov bo`lib yonayotgan tanaga urilganida uning lablari orasidan qaynoq hovur sizib chiqib havoga qorishdi . U ilk marta o`zini jilovlashga urinayotgan edi .

Yillar oldin

β€” Dadajon farishtalar ucha olishadimi ? - kichkina qiz bog`da dasi bilan o`ynar ekan qo`lidagi gulga termulgancha savol berdi .

β€” Ha malikam ucha olishadi - qizning sochlaridan silab qo`ygan matteo tabassum qildi .

β€” Unda nega men ucha olmayman axir oyim meni farishtam deb chaqiradilarku ! - qiz lablarini burib qoch chimirdi .

β€”Mening malikam ohu ko`zligim ! Ucha olmaydigan farishtalar ham bor . Ucha oladigan farishtalar osmonda yashaydilar . Ucha olmaydigan ayrim farishtalar esa yerda . - Ota qizining ko`nglini ko`targan bo`ldi .

β€” unda siz ham farishtasiz dadajon . Mening dadam farishta ! -Qiz dadasining yuzidan o`pib qo`yib kulgancha bog`da yugurishni boshladi . Ammo qizining ortidan qarab qolgan Matteo o`zini aybdor his qildi .

β€” Sening dadang jinoyatchi malikam ! - Matteoning yuzida siniq tabassum o`ynadi .

Nonushta payti faqatgina ikki kishilik dasturxon yozildi . Doimgidek Taehyung Planshet orqali nimadir ko`rish bilan bant . Qiz esa idishidagi nonushtani yemasdan uni vilka bilan ermaklab o`tiribdi .

β€” Yemasang shamol essa ham oyoqda tura olmaydigan bo`lib qolasan qizim ! - Taehyung planshetidan ko`zini uzmay finjondagi sharbatdan ho`pladi

β€” Taehyung ! Men maktabga borishni istayman ! - qizning gaplaridan so`ng yigit qo`lidagini stol ustiga qo`yib nigohini Shikuga qaratdi . Qiz ham qatiyat ila unga qarab turibdi . Bir necha daqiqalik sukunatdan so`ng nihoyat Taehyung gapirishga qaror qildi .

β€” Mayli ! Shuni istasang shunday bo`la qolsin . Ammo qizim ! Sen meni qoidalarim asosida borib kelasan maktabga tushunarlimi ? - uning javobidan quvonchi ichiga sig`mayotgan qiz har qanday shartga rozi edi .

β€” Ha ! Ha sizni tushundim . Katta rahmat !

β€” Eng avvalo ! o`g`il bola do`stlar bo`lmaydi . Shiku Agreste emas . Kim Shiku bo`lasan . Hech qanday maktabdan keyingi sayrlar aylanishlar bo`lmaydi . Jiminning o`zi seni olib boradi va o`zi olib qaytadi tushunarlimi ? - Taehyungning gaplari qizga biroz yoqmasada ularni qabul qilishga majbur bo`ldi .

β€”Aqlli qiz ! Endi esa nonushta qilib ol . Seni bir joyga olib borishim kerak . So`rama! Borganda bilasan .

Eng katta va ashaddiy jinoyatchilar saqlanadigan qamoqxona oldida to`xtagan mashindan kichkina qiz va erkak tushib keldi . Taehyung yonidagi qizga bir qarab qo`ydiyu ortimdan yur deb ishora qildi . Qamoqxona xodimlari ham ularni tazim berib kutib olishdi . Taehyung aytgani sabab bir xonaga kirgan qiz shisha oyna oldiga qo`yilgan stulga o`tirdi . U yerga qo`yilgan telefonga tegib ko`rar ekan birozdan so`ng xonaga politsiya xodimi bilan kirib kelgan odamga qarab qotib qoldi .

β€” Dadajon ! ?

Pov Matteo

dadajonim degan so`zlaring uchun dunyolarni ostin ustun qilishga tayyorman qizim . Jonimning joni . Erkatoyim malikam mening . Nafas olayapsan tirik va sog`san . Bundan ortiq baxt bormi ota uchun . yagonam mening seni sog`indim !

β€” Shiku ! - Matteo darhol oynaga qo`lini qo`yar ekan uning qarshisida unga qarab yig`layotgan qizini ko`rib o`zini tutib tura olmadi . Og`riqlarni ham unitdi .

Shiku tinimsiz Dada deb yig`lar ekan Matteoning vena arteriya qon tomirlarini kimdir kesayotgandek edi . U shu yerdagi telefonga ishora qildi . Shiku uni oldiyu gapirishga so`z topolmay qoldi .

β€” Dadajon sizga nima bo`ldi . Nega bu yerdasiz ? - yig`i sabab bo`gilgan qizning ovozi zo`rg`a chiqdi .

β€” Malikam o`zimning yig`lama ! Men shunchaki . . . - Matteo nimadir deyishga urindi ammo Shiku tarafning eshigidan kirib kelgan odam sabab gapida davom eta olmadi .

β€” Ota va qizning shirin suhbatini bo`lib qo`yganim uchun uzur !

β€” Taehyung ? !