March 23, 2025

HAUNTING ADELINE

𝟥 - 𝖡𝖮𝖡 | 𝖬𝖠𝖭𝖨𝖯𝖴𝖫𝖸𝖠𝖳𝖮𝖱

Bu kechani shunday o'tkazaman deb o'ylamagandim. Qadimiy uy devorlarida qazish, ichkarida qanday jonzotlar yashirinib yotganini bilmasdan.
Faqat ochlikdan aqldan ozgan, devorlarga yillar davomida qamalib qolgan, faqat hasharotlar bilan tirik qolgan quturgan olmaxon qo'limga yopishib olishini kutib turibman.
Qo'lim yelkamgacha teshik ichiga tiqilgan, kaftimda fonar nur taratib turibdi. Boshimni g'alati burchak ostida egib, ichkariga qarashga ozgina joy bor xolos.
Bu ahmoqlik. Men ahmoqman.
Greyson eshikni sharaqlatib chiqib ketishi bilan, men darhol yetkazilgan zararni tekshira boshladim. Juda katta teshik emas, lekin meni to'xtatib qo'ygan narsa devorlar orasidagi g'ayritabiiy keng bo'shliq edi. Kamida uch - to'rt fut. Bu shunchaki qurilish xatosi bo'lishi mumkin emas, bunday qurilganining bir sababi bo'lishi kerak.
Ichkaridan qandaydir magnit meni o'ziga tortayotgandek edi. Har safar ortga chekinishga harakat qilganimda, suyaklarim orqali chuqur titroq taralardi. Barmoqlarim uchlari cho'zilib, noma'lum bo'shliqqa yetib borishni, meni chaqirayotgan narsani topishni istardi.
Mana, endi shu yerdaman. Teshikka egilib, o'zimni ichkariga tiqib olganman. Kechani yaxshi o‘tkazishning boshqa yo‘lini topa olmagan bo‘lsam, hech bo‘lmaganda shu yo‘l bilan biror harakat qilib ko‘ray, deb o‘ylayman.
Telefonim fonarining nuri yog‘och nurlarini, qalin o‘rgimchak to‘rlarini, chang va hasharotlar jasadini yoritadi. Qarama - qarshi tomonga burilib, yana bir bor nurni yo‘naltiraman. Hech narsa ko‘rinmaydi. To‘rlar haddan tashqari qalin, shuning uchun telefonimni tayoqcha singari ishlatib, ularni yulib tashlashga kirishaman. Agar qo‘limdan tushirib yuborsam, rosa jahl qilaman. Uni qaytarib olishning iloji yo‘q, yangisini sotib olishimga to‘g‘ri keladi.
To‘rlar terimga tegib, mayda hasharotlar ustimdan o‘rmalayotgandek tuyuladi, bundan seskanaman. Chap tomonga yana bir bor yorug‘lik tushiraman.
Yana bir nechta to‘rni olib tashlab, bu ahmoqona qiziqishni bas qilishga va meni shu ahvoga solgan sirli chaqiruvni e'tiborsiz qoldirishga tayyorman.
Shu payt...
Uzoqroqda bir narsa yorug‘likda yarqirab ketadi. Judayam kuchsiz, ammo shunchalik yetarli ediki, hayajondan sakrab ketib, qalin gipskartonga boshimni urib olaman. Sochlarim orasiga mayda parchalar tushadi.
Og‘riqni e’tiborga olmay, qo‘limni teshikdan chiqarib olaman va zal bo‘ylab yugurib, ilgari ko‘rgan narsam taxminan qayerda ekanini chamalayman.
Devordan osilgan suratlardan birini olaman va ehtiyotkorlik bilan pastga qo‘yaman. Buni yana bir necha marta takrorlayman, nihoyat, eski velosipedda o‘tirgan, savatida kungaboqar to‘plami bor buyuk buvimning suratiga yetib kelaman. U keng kulib turibdi va rasm qora - oq bo‘lsa ham, uning lablarida qizil lab bo‘yog‘i borligini bilaman. Nana har doim “ u avval qizil lab bo‘yog‘ini surtib, keyin qahva ichardi ” derdi.
Suratni devordan olib, ortimga tisarilaman va chuqur nafas olaman. Ko‘z oldimda eski, armiya yashil rangidagi seyf turardi. Oddiy kombinatsion qulfi bor. Hayajon yuragimni siqib qo‘yadi, barmoqlarim esa sekin - sekin qulfining ustidan sirpanadi.
Xazina topdim. Va buning uchun Greysonga rahmat aytishim kerak, chamasi. Ammo men baribir bu suratlarni oxir-oqibat olib tashlardim, hech bo‘lmaganda, ajdodlarim mening shubhali qarorlarimni kuzatib turmasliklari uchun.
Seyfga tikilgancha turibman, shu payt birdan sovuq shamol tanamni qamrab oladi, qonim muzlab ketgandek bo‘ladi. Shu qadar sovuqki, hatto nafasim ham havoda ko‘rinayotgandek tuyuladi.
Orqamga burilib, bo‘sh zalga ko‘z yugurtiraman. Sovuq shiddat bilan kelganidek, tezda yo‘qoladi, lekin orqamdagi titroq hanuzgacha yo‘qolmaydi.
O‘zingni qo‘lga ol, Addie.
Suratni asta qo‘yib, g‘alati sovuqni unutishga qaror qilaman va seyfni qanday ochishni Google’dan izlay boshlayman. Bir nechta forumlar maslahatlarini o‘qib, bobomning chang bosgan asboblar qutisini izlash uchun garajga yuguraman.

Bu joy hech qachon mashinalar uchun ishlatilmagan, hatto Nana ham uyga egalik qilgan paytda. Barcha avlodlardan qolgan eski buyumlar, asosan bobomning asboblari va uydan chiqqan turli xil mayda - chuydalar shu yerda yig‘ilib yotardi.
Kerakli asboblarni olib, yana yuqoriga yuguraman va seyfni ochishga kirishaman. Bu eski temir quti shunchalik himoyasiz ekanki, men uni yillar davomida hech kim topolmaydi deb o‘ylashgan bo‘lsa kerak.
Bir necha bor urinish, asabiy chiyillashlar va barmog‘imni urib olganimdan keyin nihoyat seyfni ochaman. Yana fonarni yoqib, ichkariga qarayman.
Uchta jigar rang charm muqovali kitob.
Na pul, na qimmatbaho toshlar. Moddiy jihatdan hech qanday qadr - qimmatga ega bo‘lmagan narsa.
Men aslida boylik topish umidida emasdim, lekin baribir hayron bo‘ldim. Axir, odamlar seyfni aynan shunday narsalar uchun ishlatishadi, shunday emasmi?
Kitoblarni qo‘limga olib, barmoqlarim bilan mayin charmdan zavqlanaman. Birinchi kitobning muqovasiga o‘yib yozilgan yozuvni o‘qib, tabassum qilaman.
Jeneviyev Matilda Parsons.
Buyuk buvim – Nananing onasi. Doim qizil lab bo‘yog‘ini suradigan va har doim tabassum bilan yurgan ayol. Nana uning " Jiji " deb chaqirilganini aytardi.
Qolgan ikki kitobni ham ochib, birinchi sahifadagi sanalarni tekshiraman, hikoyani boshidan o‘qishim uchun.
Shunda men butun tun davomida kitoblarni o‘qib chiqaman. Va har bir sahifani o‘qigan sari tobora bezovtalanib boraman.

. . . . . .

Tuban qavatdan kelgan qattiq tovush meni bezovta uyqudan uyg‘otadi. Xuddi ongimning chekka burchaklarida osilib turgan qalin tuman ichidan tortib olingandek his qilaman.
Ko‘zlarimni ochib, eshikning yopiq konturiga tikilaman, ongim eshitganimni tushunib yetguncha diqqatimni unga qarataman. Yuragim esa mendan ancha oldinda – ko‘kragimda tez urib, tanamdagi tuklarni tikka qilib yubordi.
Ichimni notinchlik hissi qopladi va bir necha soniyadan keyingina eshitgan tovushim old eshikning yopilishidan chiqqanini tushunib yetdim.
Sekin yotoqdan turib, adyoldan chiqib ketaman. Endi tanamda adrenalin oqmoqda, men butunlay uyg‘oqman.
Kimdir hozirgina uyimda edi.
Balki ovoz hech narsa emasdir. Balki bu poydevorning cho‘kib borayotganidandir. Yoki hatto arvohlar hazillashayotgandir. Lekin qanday qilib ichki tuyg‘ularim xuddi yomon narsa sodir bo‘lishini sezgandek – mening ham ichimda kimdir uyimga kirganini aniq his qilyapman.
Bu eshikni taqillatgan odam emasmi? Bo‘lishi kerak, to‘g‘rimi? Kimdir ataylab bir chaqirim yurib kelib, eshikka urib, keyin g‘oyib bo‘lishi juda katta tasodif. Va endi ular qaytib keldi.
Agar ketgan bo‘lsa, albatta.
Tanam titrab, yotoqdan turaman, sovuq shabboda tanam bo‘ylab yurgizib, terimga g'ul - g'ulalarni soladi. Qo‘rquvni bosish uchun telefonimni yotoqxona stolimdan olib, eshikka yaqin boraman. Sekin uni ochaman, lekin kirillagan eshik g‘ichirlab ovoz chiqaradi.
Menga Qorg‘oshin odam eshigimning mentasiga moy surtishi qanchalik zarur bo‘lsa, Sh'erning jasorati ham shunchalik kerak. Hozir titrab turibman, lekin kimdir mening uyimda erkin yurishini jim kuzatishga niyatim yo‘q.
Chiroqni yoqib, zaif miltillayotgan yorug‘lik koridorda qisman nur tarqatadi va menda xayolimni aldab, qorong‘ida kimdir yashirinib yotgandek tuyulish paydo bo‘ladi. Devordagi rasmlar yonidan o‘tarkanman, xuddi ular menga qarab turgandek his qilaman.
Ular menga “ ahmoq qiz, sen hozir o‘zingni o‘ldirtirasan ” deyayotgandek.
“ Orqangga qarab yur. ”
“ Ular orqangda. ”
Bu fikr meni qattiq seskantirib yuboradi va men beixtiyor orqamga burilaman. Albatta, hech kim yo‘q. Mening ahmoq miyam haddan tashqari tasavvurga boy.
Bu esa mening kasbim uchun juda yaxshi, lekin ayni damda menga umuman yoqmayapti.
Qadamlarimni tezlashtirib, zinapoyadan pastga tushaman. Darhol chiroqlarni yoqaman, yorug‘lik ko‘zimni qamashtiradi.
Lekin bu qorong'udan yaxshiroq.
Qo‘limda faqatgina bitta fonar bilan qorong‘ulik ichida kimdir bor - yo‘qligini tekshirib, birdan qarshimda qotilni ko‘rib qolishimni tasavvur qila olmayman. Yo‘q, rahmat. Men bunday xohlamayman.
Mehmonxona va oshxonani tekshirib, hech kimni topmaganimdan keyin old eshikni tekshiraman. U hanuzgacha qulflangan. Demak, kimdir qandaydir yo‘l bilan ichkariga kirib, yana eshikni qayta qulflagan.
Yoki ular hech qachon ketmagan.
Qattiq nafas olib, mehmonxonadan oshxonaga shoshilaman va to‘g‘ri pichoqlar tomon yuraman.
Lekin ko‘rish doiramning chetida nimadir sezilib, joyimda qotib qolaman. Ko‘zim birdan stolning ustida yotgan narsaga tushadi va og‘zimdan qasam chiqib ketadi. Bir dona qizil atirgul oshxona stolida yotardi.
Gulga xuddi tirik o‘rgimchakni ko‘rgandek qarayman, go‘yo u menga tikilib, yaqinlashishga jur’at qilishimni kutayotgandek. Agar yaqinlashsam, meni tiriklay yeb qo‘ygandek his qilaman.
Titrab, atirgulni qo‘limga olaman. Uning tikonlari kesib tashlangan va menga shunday tuyuladiki, bu ataylab qilingan – go‘yo barmoqlarim jarohat olmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan kesilgan.
Lekin bu fikr mantiqsiz. Kimdir tunda mening uyimga yashirincha kirib, atirgul qoldirayotgan bo‘lsa, ularning niyati yaxshilik bo‘lishi mumkin emas. Ular meni qo‘rqitmoqchi.
Qo‘limni musht qilib turaman, atirgulni ezib tashlayman va uni axlat qutisiga uloqtiraman. Keyin esa asl maqsadimga qaytaman.
Tortmani qattiq ochib, shovqin bilan qoshig‘u sanchqilarni chayqataman va eng katta pichoqni olib, tortmani qattiq yopaman.

Kimdir uyimda yashirinib yotgan bo‘lsa, mening kelayotganimni uzoqdan eshitadi. Lekin men jim yurishga hech qanday ehtiyoj sezmayapman.
Endi g‘azablangandim.
Men o‘z uyimda o‘zimni zaif his qilishimni istamayman. Kimdir mening hayotimga o‘z xohishicha bostirib kira oladi deb o‘ylashini ham yoqtirmayman.
Va keyin atirgulni qoldirib, go‘yo menga yoqimtoy ishora qilayotganini o‘ylash esa menda yanada jahlimni chiqaradi.
Men ularni ko‘rsataman – atirgul tikonsiz bo‘lsa ham, u hali ham o‘tkir bo‘lishi mumkin.
Men uyni diqqat bilan tekshiraman, lekin hech kimni topa olmayman. Lekin eng qo‘rqinchlisi shundaki, barcha eshik va derazalar qulflangan edi – ular ichkariga qanday kirib, qanday chiqib ketishdi?

. . . . . .

3 - Bob o'z yakuniga yetdi. E'tiboringiz uchun raxmat.
- Translated by Seraphine

Maroqli mutola Crazy angels. Umid qilamanki, ikki og'iz fikr va reaksiyangizni ayamaysiz . . .