October 16

Eyes Don't Lie

Section 7

-Na yer bilan ishimiz bor va na uni odamlari bilan.Ayni damda biz uchun hatto quyoshni botishiyu oyning chiqishining ham qizig`i yo`q!Biz hozir shunchaki ishqdan sarmastmiz.Ammo ishq sharobi tugagach biz oxir oqibat uyqudan uyg`onishga va bu shirin tushni unitishga majbur bo`lamiz!

Begona uyda ilk marta bo`ldim.Ammo shunda ham juda yaxshi uxladim.Yonimda u bo`lgani uchunmi o`zimni negadir g`alati xotirjam his qildim.Yoqimli.Ko`zlarimni ochishim bilan uni ko`rdim.U hatto men ko`rgan kinolardagi aktorlardanda kelishgan va yoqimtoy edi.Meni quchgancha yoqimli uxlashidan biroz hayajonlandim.Shu ikki kun ichida o`zimga begona bo`lgan hislar bilan yaqindan tanishishni boshlayapman.

unga tikilib qolishimni o`zi hayratlanarli.Ha bu sevgi.16 yoshimdagi ilk va takrorlanmas sevgi.

qiz yigitning mushakdor qo`llariga qarab yutinib qo`ydi.So`ngra qo`lini uning yuziga olib bordi.Ko`ziga tushib turgan old sochlariga barmoqlarini yuzgurtirganda yigit uyg`onishni boshladi.Taehyung mudragancha ko`zlarini ochar ekan quchog`idagi kichik jussani ko`rib beixtiyor yuziga tabassum yugurdi.
-Xayrli tong! - unga tabassum qildim.
-xayrli tong qulupnayim.Erta uyg`onibsanmi? - taehyung qizning yanada bag`riga tortib uning kaftiga lablarini bosdi.
- ha ammo allaqachon quyosh chiqib bo`ldi.
- odatda soat 10 larda uyg`onar eding! - taehyung qizning sochlarini siladi.
- buni qayerdan qayerdan bildingiz? -
-Mmm bunisi sir!Endi esa turishimiz kerak!Men malikamga bugun butun Seulni tanishtirib chiqishga ulgurishim kerak axir. - u shikuning yuzidan o`pishni boshladi.

-Nima?menga mumkinmi?Rostan ham tashqariga chiqib piyoda sayr qilishim.Do`konlarga kirib o`zim harid qilishim.Boshqalar bilan tasodifan bo`lsa ham suxbatlashib qolishim mumkinmi? - o`rnimdan uchib turib hayajonlangancha uni savollar yomg`irida qoldirdim.Shunda u ham gavdasini ko`tarib men kabi yotoqda o`tirdi.Yana o`shanday betakror tabassum qildi.
-Ha hammasi mumkin!Ammo sanab o`tganlaringning hammasini men bilan birga amalga oshirasan.Masalan birga do`kon aylanishimiz.Tungi Seul ko`chalarini piyoda sayr qilishimiz mumkin.Endi seni hamma joyga olib boraman.Istagan joyinga va istagan vaqtingda.Va hatto seni o`zim bilan kompaniyaga ham olib ketishim mumkin.Ayni damda esa senhozirdan buning uchun tayyorlanishim kerak! - uning gaplaridan qay darajada hayajonlanganimu uning bo`ynidan qanday qilib qattiq quchib olganimni ham anglamaydigan darajada baxtga berilgandim.

-Rahmat!hamma hammasi uchun rahmat!hayotimda paydo bo`lganingiz uchun rahmat.Yaxshiyam Jungkookni va sizni uchratdim.Yaxshiyam ko`rishib qoldik.Yo`qsa men umrimning oxirigacha o`sha zulmat bosgan qo`rg`onda bir asira kabi hayot kechirishga maxkum bo`lib o`tardim - yig`ladim.Chunki rostan baxtiyor edim.Ilk marta tavakkal qilib kimgadir ishonayotganimdan xotirjam edim.Hatto uni yaxshi tanimasam ham!

-Malikam mening.Aslo bunday bo`lishiga yo`l qo`ymasdim.Seni xuddi kechagidek o`g`irlab kelishlariga buyruq berardim.Akalaringni ham seni bunday ushlab turishlari sababini ku kelib bilib olasan qani endi.Yuvinish xonasiga Go - Taehyung qizni ko`tarib olib to`g`ri yuvinish xonasiga yo`l oldi.
Oppoq momiq halatda turib garderobga tikilayotgan qiz hayratda edi.Qachon buncha kiyim bu yerga kelishga ulgurgirdi.Demak rostdan ham u mening kelishimni ancha kutgan va shunga tayyorlangan!
Nonushtadan keyin Taehyung shikuning tayyor bo`lishini kuta boshladi.Bu pardoz yoki kiyimi uchun kutish emasdi.Tashqariga chiqish uchun tayyorgarlik edi.Ya`ni ruhan tayyorlanish.
-tayyormisan! - darvoza oldidagi mashina yonida turgan yigit qizga qo`l uzatdi.Qiz javoban hayajonli bosh silkidi.
-qo`rqma men yoningdaman!Mashinadan hamma joyni kuzatib ketsang bo`ladi.Qani o`tir! - ol o`rindiqqa o`tirgan qizning eshigini yopgan yigit o`zi ham mashinaga joylashdi.

Hayratdan hayajondan va baxtdan sarmast bo`layotgan qiz har tomonga alanglab tashqarini kuzatardi.Goh taehyung tarafga o`girilib uning oynasidan boshini chiqarib mashina haydashiga halaqit berar gohida o`zi tomondagi oynadan sakrab tushishga urinardi.Taehyung unga imkon berdi.Hamma hamma narsa uchun!
baland va hashamatli bino yonida to`xtagan mashinadan birinchi bo`lib taehyung tushdida qiz tarafning eshigini ochib uning qo`llaridan tutdi.
-Sarguzashtga tayyormisan mitti malikam?
-aniq bir nima deya olmayman ammo yonimdan ketmasangiz hammasiga tayyorman! - mashinadan tushar ekanman ichimda biroz qo`rquv bor edi.Har tarafda baland baland bahaybat binolar odamni biroz talvasaga solib qo`yadigandek go`yo.Shunday bo`lsada ularni haqiqiy hayotdi ko`rishning gashti boshqacha ekan.


Yoongining buyrug‘i bilan Jungkook uydagi hamma ishchilarni bittalab tergov qila boshladi.Aslida asl aybdor uning o‘zi bo‘lsa ham.

O‘zi uchun ajratilgan xonaga navbatdagi hizmatchi kirib kelar ekan Jungkook avvaliga unga e‘tibor bermay yumshoq divanda optirganda derazadan tashqariga ko‘z tikdi.
-O‘zingni tanishtirasanmi? - Jungkook e‘tiborsiz shu savolni berdiyu eshik oldida turgan qizga qaradi.
Bir uning bo‘ysunmas ko‘zlari qiz boshdan oyoq ko‘zdan kechirib chiqdi.
-Desa.Kim Desu janob.Bu yerda 2 yildan beri ishlayman! - qiz biroz titragancha savolga javob berdi

Qizdan sado chiqishi bilan Jungkook hayollarini yig‘ib oldi.O‘rnidan turib qo‘llarini cho‘ntagiga solgancha mayda qadamlar bilan stolni aylanib o‘tib u tomon yurdi.

-Yoshing nechchida?Aynan nima sabab bu uyga ishga kirgansan? - qizning atrofida asta aylanayotgan erkak qizning biroz qo‘rquviga sabab bo‘ldi

-18 yoshman.Yetim xonadan janob Yoongi asrab olgan meni 2 yil avval.Shiku xonimga g‘amxo‘rlik qilish uchun
-Tushunarli.Shiku oldin qochishga uringanmi? - qizning qarshiga kelib to‘xtagan yigit bo‘yi undan baland bo‘lgani uchun qizni biroz tepadan kuzatdi.
-Yo‘.yo‘q janob aslo unday qilmagan kichik xonim! - qiz titragancha gapirdiyu lablarini tishladi.
Uni kuzatib turgan yigit biroz jilmaydi.Qizni bo‘yichalik egildida uning ko‘zlariga qarashga urindimQiz unga bir qaradiyu yana nigohini undan oldi.
-Yolg‘onchi! - Jungkookning yengil kulgusi qizni battar qo‘rqitdi.
-Va yana judayam qo‘rqoq!Xuddi kiyik kabi yaqinlashgan sayin qo‘rqib qochishga urinyapti. - Jungkook yana qiz tomon yura boshladi.
-Gaplaringizga tushunmayapman janob! - borgan sari hatto nafas olishga ham qo‘rqib qolayotgan qiz asta ortiga yura boshladi.
-U ko‘p bor qochishga uringan.Ayniqsa sen bilan.Ammo uddalay olmagansizlar.Bu tabiiy hol.Chunki unga sen reja tuzib ergansan.Har safar qo‘lga tushganlaringizda u aybni o‘z bo‘yniga olib seni yoningni olgan.Endi aytchi...bu safar ham unga sen yordam bermaganingga qanday ishonay? - Jungkook qizni devor va o‘zining tanasi o‘rtasida chorasiz qoldirdi.Bir qo‘lini devorga tirab yana qizning bo‘yichalik egildi.
-men..men..u.meni tashlab ketmagan bo‘lardi.- desu gapirdiyu yig‘lab yubordi.Uni biroz kuzatgan yigit qizdan uzoqlashdi.
-To‘g‘ri u seni tashlab ketmagan bo‘lardi.Bo‘shsan ketaver.Ha aytgancha menga yotoqxona ajratildi.Mashinadagi narsalarimni o‘sha xonaga joyla.Shaxsan o‘zim tekshiraman buni. - Jungkook o‘zini yumshoq divanga tashlab ko‘zlarini yumdi.
-Tushundim janob!- qiz ko‘zidagi yoshlarini artgancha xonadan tezlikda chiqib ketdi.Xona eshigi tovushini eshitgach yigit ko‘zlarini shiftga termuldi.

***
Taehyungning qo‘lidan tutgancha u bilan birga ketardim.Atrofdagi odamlarni hammadi bizga qarardi.Ammo shunda ham Taehyung xotirjam edi.Yo‘limizdan uchragan odam bizga tazim qilardi.Oxiri uni xonasiga yetib keldik.Katta va shinam.
-Meni biroz ishlarim bor.Ularni qilib bo‘lganimdan keyin albatta shahar aylanamiz maylimi malikam! - Tarhyung qizning yuzidan o‘pib ish stoli tomon yo‘naldi.Shiku esa javoban bosh chayqab qo‘ydi.
-Bu yer siznikimi? - Bunday katta kompaniyani birinchi marta haqiqiy hayotda ko‘rib turganim uchun hayratimni yashira olmadim
-Ha meniki! - U kostumini yechib divan ish stuliga tashladida nimalarnidir qidirishga kirishdi.
-Unda bu yerdagi odamlar sizni ishchilaringizmi? - qiz hayajon bilan yana uni savolga tutdi.
-Ha meniki! - Yigit qandaydir qog‘ozlarni ko‘zdan kechirgancha javob berdi.
-qanday ajoyib bu yer judayam chiroyki ekan.Shahar yaqqon ko‘rinayapti. - katta shisha oynadan butun shaharni ko‘rish uchun unga yopishib qoldim go‘yo
-Bu yerlar meniki ekan demak seniki ham.Bu ishchilar ham senga bo‘ysunishadi - Taehyung hamon o‘sha hujjatlar bilan band bo‘lgan holda gapirdi.
-Yo‘q menga bular kerak emas.Buncha odamlarning hurmatiyu sevgisi ham katta kompaniyalar ham.Menga kichkinagina uy erkinlik va sevgan insonim bo‘lsa yetarli - hamon o‘sha holatda turgan qiz oynaga barmog‘i bilan yurakcha chizdi.Uning bu gaplaridan keyin Taehyung ishlashdan to‘xtadi.Stul bilan birga u tomonga o‘girildi
Uning qo‘lidan tortib o‘z tizzasidan joy berdi.
-Demak meni malikam yer yuziga emas faqat o‘z shahzodagi malika bo‘lishni istar ekanda.- Taehyung qizning sochlarini quloqlari orqasiga oldi.
-Xuddi shunday.Shohono hayotdan charchaganman.Oddiy yashashni istayman.Menimcha buni imkoni bor.Chunki menga erkinlik tuhfa qilgan odam o‘z shahzodam ekanligini tahmin qilyapman - shiku boshini egib tirjaydida lablarini tishladi.
Taehyung uning iyagidan tutib o‘ziga qaratdi.
-Bu qadar mehribon va samimiy bo‘lma.Yo‘qsa seni xafa qilib qo‘ysam alamdan dunyoga o‘t qo‘yib yuborishim mumkin.Balki men maxluqdirman ammo meni o‘zgartira oladigan farishtam yonimda.Shunday ekan senga sen istagan hamma narsani bera olaman.- Taehyung shikuning lablariga intildi.Doimgidek qizni chorasiz qoldirgan yigit unga to‘yib olishga urindi
Maxluq so‘zini eshtiboq qo‘rqishni boshlagan qiz endi tipirchilashni boshlagandi.
-Qo‘rqma maxluqlar ikki xil bo‘ladi.Biri yaxshi biri esa yomon - Taehyung uning belidan quchib kuldi.Bu gapdan keyin qiz biroz tinchlandi.Ammo Taehyung u qaysi maxluqlar safidan joy olganini aytishni unitdi

***
Mashinada uxlab ketayptgan qiz mashina to‘xtaginini sezib asta uyg‘ondi.
-Senga bir narsani ko‘rsatishim kerak! - Taehyung qiz tomonning eshigini ochib unga qo‘l uzatdi.
Mashinadan tushib u bilan birga keta boshladim.Baxtdan sarxusht edim go‘yo.Ko‘zlarimga ishonmafim.Ilk marta oyni bu qadar yaqindan ko‘ryapman.Hech qanday devor ham yo‘q.Dengiz havosini tasvirlashning imkoni ham tariflash uchun esa go‘zal bir jumla ham yo‘q.
-Bilaman oyni va dengizni sevasan.Shuning uchun olib keldim seni bu yerga.Istasang har kuni kelamiz

Qiz hayron edi.Kaftlari bilan og‘zini yopib yosh to‘la ko‘zlari bilan yigitga qaradi.Chuqur chuqur nafas oldiyu qarshisidagi insonning quchog‘iga otildi.
-Judayam xursandman.Rahmat.Rahmat.Rahmat.Hammasi uchun rahmat.Kelganingiz uchun rahmat.Men men..men..- hayajondan gapirish qobilyatimni ham bir on yo‘qptib qo‘ydim.
Balki bu sevgidir.Chap ko‘ksim tarafda nimadir meni yorib chiqishga urinayotgandek go‘yo.Agar u men uchun to‘g‘ri inson bo‘lsa ont ichamanki u bilan qolish uchun qo‘limdan kelganini qilaman

7 - qism tugadi.
300+ reak va 150+ comment.
Bye crazies!
Author : Shiku @crazy_fanfic kanali uchun maxsus.