AFTER YOU COME
Koʻcha janglari uchun moʻljallangan katta maydon. Odamlar soni anchagina koʻp. Shovqin ham shunga yarasha. Baʼzilar "Kim Taehyung" deb baqirsa, baʼzilar "olgʻa Nick" deb baqirardi. Ikki tomon kuchi oʻzaro teng emas albatta. Gʻolib uchun ming AQSh dollari belgilangan. Nickning bu yerdagi jangi birinchisi boʻlsa-da, Taehyungda bu ilk bor emasdi. Bu muhit yigitga begona emas.
Taehyung raqibini oʻzining qattiq zarbalari bilan siylab, soʻngida oʻz iskanjasiga oldi. Hozir yigitning koʻziga faqatgina oʻsha mukofot pullari koʻrinyapti xolos. Raqib ahvoli uni zarracha ham qiziqtirmaydi
Soʻnggi oyoq bilan zarba va Nick "nokaut"ga uchradi. Sahnaga shoshib chiqib kelgan inson tezda teskari sanoqni boshlab yubordi
- 10, 9, 8, 7, 6..
Bu paytda Taehyungni allaqachon gʻoliblik shukuhi qoplab olgan. Yigit yuzida keng tabassum aks ettirgancha, qoʻllarini yuqoriga koʻtarib "muhlislariga" silkiy boshladi
- 3, 2, 1, - erkak qoʻlini harakatga keltirgancha sanoqni yakunlar ekan, Kim Taehyungning muhlislari oʻz qichqiriqlari bilan zalni toʻldirib tashlagandi. Taehyung bu qichqiriqlarni "kam"ligiga ishora qilib, zalni yanada jonlantirishga urindi
- xonimlar va janoblar, gʻolib bu oʻyinda ham oʻzgarmadi, - erkak mikrofonda hazil qilib gapirar ekan, bundan zaldagilar ham, Taehyung ham kulib yubordi. Lekin bir inson borki, uning nigohlaridan faqatgina gʻazabni payqash mumkin. Erkak bor gʻazabini oʻz mushtiga jamlab, zalni katta qadamlari bilan tark etdi.
Qorongʻu maydondan chiqib kelgan erkak oʻzining qora Mersedesi yoniga yetib kelishi bilanoq, ortidan kelgan odamlariga buyurdi
- yoʻqotinglar! - birgina soʻz va yugurdaklar hurmat bilan bosh irgʻashdi
- Taehyung, - jang sahnasidan tushib oʻz xonasiga yoʻl olgan yigitni ortidan kelgan ovoz toʻxtatdi, - zoʻr jang boʻldi, shunday emasmi? - Yeji yetib olishi bilan unga jilmaygancha
- ha axir men bor edim, - Taehyung qizga koʻz qisib qoʻygancha, yuzini toʻgʻriga burib, qiz bilan tengma teng yura boshladi
- suv ichasanmi? Sen uchun sotib olgandim, - Yeji qoʻlida turgan baklajka idishdagi gazsiz suvni uzatdi
- katta rahmat Yeji, - qizni qoʻlidan suvni olib, - Sen eng zoʻrisan!
- albatta senchalik zoʻr emasmankuya, lekin bu hozircha! Balki biror kun bu gʻalabangni nishonlarmiz? Har holda oddiygina jang boʻlgani yoʻq, - Yeji barmoqlarini oʻynab ora orada yigitga oʻgʻrincha nigohlar bilan qarab qoʻyar, baʼzida sochlarini quloqlari ortiga oʻtkazib qoʻyardi
- faqat bugun emas! Juda charchadim, - Taehyung qizni sochlarini yengilgina silab toʻzgʻitib qoʻydi, - Ertaga vaqting bormi?
- sen uchun doim vaqt topiladi, - Yeji keng tabassum qilgancha, qoʻllarini choʻntagiga soldi
- unda senga xabar beraman, - Taehyung yurishda toʻxtadi, Yeji ham
- koʻrishguncha, - qiz yengil qoʻl silkidi
- sweet dreams, darling! - Taehyung kulgancha oldinga oʻtib ketdi. Yeji esa yigitni ortidan qarab qoldi-yu, soʻng chiyillagancha yuzini ikki qoʻli bilan berkitib oldi
Kiyim almashtirish xonasiga aylangan kichik vagon. Ichi kichik boʻlsa-da, hamma sharoitlar mavjud. Stol-stul, kravat, ichi oziq-ovqat bilan toʻlgan muzlatgich va albatta havo sovutgich bor edi.
- nima uchun bunday qilding Tae? - doʻstidan dakki eshitishini sezgan yigit koʻzlarini xafsala bilan yumdi
- nima qilibman?! - oʻzini pul sanash bilan ovora qilgan yigit beeʼtibor javob berishga urindi
- oʻzingni goʻllikka solma! Ularni qanday ekanligini mendan yaxshi bilasan axir! - Mingyu oʻtirgan oʻrnidan turib, qoʻllarini beliga tiragancha gapira boshladi, - sen ularni aytganini qilib, Nickga yutqazib berishing kerak edi!
- Nima boʻlsa menga boʻladi, buncha qoʻrqmasang? - Taehyung qoʻlidagi pullarini stol ustiga zarb bilan qoʻydi
- bu qoʻrqish emas, xavotir olish deyiladi! - Mingyu doʻstiga yaqin kelib pichirladi, - Senga meni doʻstlik maslahatim kerak emasga oʻxshaydi? Yaxshi qol! - Mingyu tezda vagonchani tark etdi
- menga hech biringni maslahating kerak emas! - yigit bor ogʻirligini stulga tashlab chuqur nafas olib chiqardi, - hammasini oʻzim uddalayman! - Taehyung koʻzlarini yumib biroz oʻtirgach, endi bu yerda qolishiga sabab yoʻqligini eslab oʻrnidan turdi
Yigit stol ustiga tashlagan pullarini tartib bilan jamadon ichiga joyladi. Soʻng ushbu kichik qutini qulfini yopdi-yu vagon ichidan chiqdi.
Tashqarini allaqachon zulmat qoplab ulgurgan. Faqatgina osmonda oy nur sochib biroz yoritib turibdi. Taehyung oyga termulib turgach, kichik tabassum bilan mototsikli tomon yurdi.
- u chiqdi, - qop-qora mashina ichida yigitni kuzatib turgan ikki erkakdan biri telefondagi boshqa bir shaxsga maʼlum qildi
Taehyung oʻziga tanish boʻlgan yoʻllardan mototsiklini shamol tezligida haydar ekan, ortidan taʼqib qilib kelayotgan mashinani ham payqagandi albatta
- demak, oʻyin boshlanibdi, - Taehyung shlemi ichidan oʻziga eshitarli qilib gapirib, ayyorona jilmaydi
Soat millari yarim tunga yaqinlashib qolgan. Balki shuning uchundir, koʻchalarda deyarli hech kim yoʻq. Yigit mototsikl roʻlini mutloq boshqa bir koʻchaga burdi. Bu tor koʻchalar unga begona. Taehyung yana bir tavakkal qilgancha oʻngga burildi. Toʻsatdan qarshisidan chiqqan qizni koʻrib, tezlikda roʻlni duch kelgan tomonga burdi. Lekin baribir mototsiklning yon tomoni qizga urildi.
Taehyung ogʻziga kelgan soʻkinishlar bilan shlemini yechar ekan, qiz oyogʻini ushlagancha yotardi. Bir necha soniya ichida ogʻriqdan yuz burishtirib oʻrnidan turishga harakat qilgan qizni koʻrgan yigit mototsiklini surgancha yerga choʻkkaladi
- nima koʻrmisan? Oʻlging keldimi yoki? Meni koʻrib qochishing kerak edi! Hey senga gapiryapman!! Menga qara.! - Taehyung qizga gapirar ekan, qiz uni gaplarini goʻyo eshitmagandek yerni paypaslab nimanidir qidirardi. Taehyung qiz qidirayotgan narsa yerda yotgan tumor deb oʻylab, uni qoʻliga olib qiz tomon uzatmoqchi boʻldi. Lekin qiz yigitni hech bir harakatiga reaksiya bildirgani yoʻq. U yerni paypaslashda davom etyapti.
Taehyung hayoliga kelgan narsadan oʻzi qoʻrqancha, qizni yoniga choʻkkaladi va qoʻlini qizni yuziga yaqin olib kelib silkiy boshladi. Qiz hatto kiprik ham qoqqani yoʻq?
- qani? U qayerda? - qiz pichirladi
Taehyung sekinlik bilan oʻrnidan turib, qizdan uzoqlashdi. Ortga qadam tashlar ekan bir qadam bilan devorga suyanib qoldi. Beixtiyor yigitning koʻz oldida oʻtmish xotiralari gavdalanar ekan yigit qoʻlidagi tumorchani qattiq siqdi.
Flashback: 20 yil avval »
Oddiy lekin shinamgina boʻlgan uy qarshisida toʻxtagan 2-3 ta qora mashinadan tushgan odamlar yaqindagina bu yerda janoza boʻlganiga hatto eʼtibor ham berishmay, uyga bostirib kirishdi.
Kichik divanda onasi bagʻrida oʻtirgan sakkiz yoshli bolakay, uy eshigi zarb bilan ochilganidan qoʻrqib turib ketdi. Koʻzi ojiz ona nima qilishini bilmay har yoqqa alangladi
- nima kerak sizlarga? - ayol bolasini ortiga olgancha, oʻzini jasur koʻrsatishga urindi
- bizgami? Bizga oʻz pullarimiz kerak! - eng birinchi turgan qora kiyimli erkak javob berdi
- qanaqa pul?
- ering bizdan olgan pul!
- erim oʻldi! Bizda hech qanaqa pul yoʻq! Bori janoza uchun ishlatildi, - ayolni xoʻrligi kelib, koʻzlari yoshlansada ularga oʻzini ojiz koʻrsatishni istamay, yigʻlab yubormaslik uchun baʼzida lablarini qattiq tishlar, baʼzida chuqur nafas olardi.
- safsata oʻqishni bas qil! Hoy menga hoziroq pullarimni topib ber! - erkak ayolga yaqin kelgancha iyagidan qattiq siqib oʻziga qaratdi
- menda pul yoʻq deyapman!!
- yaxshi..pul oʻrniga boshqa narsa berishing mumkin, - erkak ayolni boshdan oyoq koʻzdan kechirgancha, shahvoniy jilmaydi
- n.nima? - tushunmay soʻradi ayol
- senga chegirma qilib beraman azizam, shuncha qarzlarni atiga bir tun bilan yopishing mumkin, - erkakning gapi tugallanishi bilanoq ayol unga tarsaki tushirdi
- hech qachon!! - erkak yuzini siypalagancha yuzini ayol tomon burib uni sochlaridan siqimladi
- senga yaxshi munosabatda boʻlganim uchun oʻzingdan ketma! Bir deganda seni ham, manavi chuvrindingni ham oʻldirib yuborishim mumkin!! - erkak ayolni zarb bilan yerga uloqtirdi. Ayol chinqirgancha boshini ushlar ekan, kichik bolakay chidab turolmasdan erkakni qoʻllariga yopishib ketdi
- yaramas oyimga tegma! - bolakay erkakning qoʻlini qattiq tishladi. Erkak yuzini burishtirgancha, bolakayni ham onasi yoniga uloqtirdi. Bolakay stolchaga urilib, ogʻriq va alamdan qichqirar ekan, uning koʻzi ojiz onasi yerni paypaslagancha oʻgʻli tomon harakatlandi.
Comeback
- ..meni kechiring, - uzoq vaqtlik sukunatdan soʻng Taehyung qaltiroq ovozda uzr soʻradi, - mana buni qidiryapsizmi? - yigit qizni qoʻlini oʻz kaftlari orasiga olgancha, tumorni topshirdi. Qiz tumorni siypalab koʻrgach, yorqin tabassum qildi.
Taehyung qizga termulib turar ekan, mashina ovozlari eshitila boshladi. Yigit ortidan quvib kelayotgan mashinalarni butkul yodidan chiqargani sabab ichida oʻzini koyidi. Mashinalar tobora yaqinlashib kelar ekan, Taehyung bir qizga, bir yoʻlga qarab qotib qoldi. U biladi. Qizni bu yerda tashlab ketish uning hayotidagi eng katta xato boʻlishini!
Taehyung mototsiklini tezlikda tik holatga keltirib, qizni yoniga keldi. Lekin u hozir qizga nima deyishi kerak?
- meni kechiring.. ammo sizni bu yerdan olib ketishim kerak, - qiz ovoz kelgan tomonga tushunarsiz qaradi, - Agar sizni hozir tashlab ketsam, butun umr vijdonim qiynaladi, - yigit yerda choʻkkalab oʻtirgan qizni bilagidan ushlab turgʻazdi va mototsikli tomon olib keldi
- n.nima qilyapsiz? Qoʻyib yuboring!
- mashina ovozini eshityapsizmi? Ular koʻcha bezorilari, agar ular kelguniga qadar bu yerdan ketmasak, sizni ham, meni ham ahvolim yomon boʻladi!! Tezroq oʻtiring, - yigitning gaplarini eshitib turgan qiz, itoatkorona mototsiklni orqa oʻrindigʻiga joylashdi. Taehyung nim tabassum bilan qizga shlemni kiydirib, oʻzi rulga oʻtirdi.
- belimdan mahkam ushlab oling! - Taehyung qizni ikki qoʻlini oʻz belidan aylantirdi, - aslo qoʻyib yubormang, tushundingizmi? - qiz tezlikda bosh silkidi. Taehyung jilmayib qoʻygancha, mototsiklini ushbu tor koʻchalardan bor tezligida olib ketdi
Kichik koʻchalarni ortda qoldirib allaqachon katta yoʻlga chiqib olgan tim qora mototsikl biroz tezlikni pasaytirib, soʻng koʻprik ustida toʻxtadi
- umid qilamanki, ular allaqachon oʻsha tor koʻchalarda adashib qolishgan? - mototsikldan birinchi boʻlib tushgan yigit, koʻprik reshotkasiga qoʻllarini suyagancha qizga tikildi
Qiz esa boshida turgan shlemni yecha olmay halak edi. Baʼzida eplay olmayotganidan chuqur "off" tortib qoʻyardi ham. Taehyung qizni bu yosh bolalarga oʻxshash qiligʻidan jilmaygancha yoniga kelib, sekinlik bilan shlemni yechib mototsikli ustiga qoʻydi.
- rahmat~ uyimga qachon qaytsam boʻladi? - mototsikldan tushib
- bir necha soat shu yerda qolaylik, keyin oʻzim olib borib qoʻyaman?
- tushunarli
Pov Taehyung:
— u qisqa javob bergancha, qoʻllarini oldinga choʻzib yoʻl izlay boshladi. Bu holatni koʻrib tomogʻimga achchiq bir narsa tiqilgandek his etdim oʻzimni? Sekinlik bilan qoʻlini oʻz kaftim orasiga olib uni koʻprik ustuniga olib keldim. U biroz tabassum qildi? Juda chiroyli. Bu qizga qarasam oyim yodimga kelyapti. Unda oyimga oʻxshash jihatlar juda koʻp. Afsuski, koʻzi ojizligi ham bir oʻxshash jihati