LOST IN PAGES
— Hech qachon hayolimdan ketmading. Hattoki o'ylashga sendan boshqa million xil o'ylarim borligida ham
Yarim tunda sevgilisini oʻz uyiga deyarli sudrab olib kelgan yigit keng zalga kirishi bilan qizni qoʻlini qoʻyib yuborib, unga tushunarsiz bir ifoda bilan tikilib qoldi. Uning nigohlarida rashk va nafrat tuygʻulari aralashib ketgandi goʻyo. Biroz vaqtdan soʻng baquvvat qoʻli bilan qizning sochlarini silay boshladi
- "u" sochlaringni mana shunday qilib siladimi?! Balki yuzlaringa ham tegingandir? Yoʻq! Yaxshisi, manavi ochiq badaningni erkalagandir-a? - Taehyung Yejining kalta va orqasi yarim ochiq boʻlgan koʻylagi sabab ochilib turgan tanasiga ishora qildi
- sochlaringni xuddi men kabi hidladimi?! - yigit Yejining bir tutam sochini qoʻliga oʻradi-yu koʻzlarini chirt yumib chuqur hidladi
- GAPIRSANGCHI! JIN URSIN!! - Taehyung toʻsatdan baqirgani tufayli qiz turgan joyida sakrab tushdi. Hozir Yejining qoʻrquvi-yu koʻz yoshlari Taehyungni zarracha qiziqtirmasdi.
- u senga teginganda hozirgidek jim turdingmi?
- T.Taehyung..iltimos
- YIGʻLAMA!
- m.men atayin qilmadim..oʻzimda emasdim
- bu oʻzingni oqlashinga sabab boʻla oladi deb oʻylaysanmi? - Taehyung qarshisida dir-dir qaltirayotgan qizni iyagidan qattiq siqib oʻziga qaratdi-yu "men bilan yur!" degancha yuvinish xonasi tomon sudradi.
Xonaga kirishgach, Taehyung Yejini ustidan sovuq suvni yoqib qoʻydi. Qiz sovuq suvdan qochishga urinmasin Taehyung uni ikki yelkasidan ushlab qimirlashiga ham yoʻl qoʻymasdi. Yeji tipirchilashdan toʻxtab qolgach, Taehyung "u" qizning qayeriga tegingan boʻlsa, hamma yerini ishqab yuva boshladi. Taehyung gʻazabiga shunchalik erk bergan ediki, hatto oʻz sevganiga ozor berayotganini ham sezmasdi. Yeji ovoz chiqarib yigʻlashni boshlar ekan, Taehyung qilayotgan ishidan toʻxtab, uning qoʻllariga qaradi-yu qizarib ketganini koʻrgach ich-ichidan pushaymon boʻldi. Lekin bunda Yejini oʻzi aybdor deb, sovuq suvni oʻchirdi.
Qoʻliga katta va yumshoq sochiqni olib qaytgan yigit deyarli muzlab qolgan qizni koʻrib, oʻzidan jahli chiqdi
- koʻylagingni yech! - dedi Yejiga yaqin kelib
- n.nima? - lablari qaltirab zoʻrgʻa soʻradi Yeji
- koʻylagingni yech dedim!
- lekin Taehyung, - sevgilisini qanchalik qoʻrqayotganini koʻrgan yigit chuqur nafas chiqarib, qoʻlidagi sochiqni Yejini ustiga tashlab, uni koʻtarib oldi
- jim tur! - dedi Taehyung qizni gapirishga shaylanganini koʻrgach.
Yejini oʻzining shaxsiy xonasiga olib kirgan Taehyung sekinlik bilan uni yotoqqa oʻtirgʻizdi. Oʻzi esa garderobiga kirib sport kiyimlaridan olib chiqdi
- tozalanib chiq va bularni kiy! - deb toza kiyimlarini uzatib, xonadan chiqib ketdi
Yeji yuvinish xonasiga kirib, issiq suv tagida turar ekan, xoʻrligi kelib yigʻlab yubordi
Yeji yaqin dugonasi Arining tugʻilgan kuni boʻladigan klubga yetib kelgach, kirish kirmaslikni oʻylab toʻxtab qoldi va ikkilanish bilan ichkariga kirdi. Zinalardan tushib borar ekan, bu yerdagi barcha yigitlar unga qarayotgandek tuyulardi goʻyo. Buni ustiga kalta va ochiq kiyingani uchun oʻzidan jahli chiqa boshladi.
- Yejiyaa keldingmi? - dugonasini har tomonga alanglab doʻstlarini qidirayotganini koʻrgan Ari, u tomon yugurib borib quchoqlab oldi
- tugʻilgan kuning bilan dugonajon~
- yaxshiyam kelding, boʻlmasa seni kechirmasdim! - Yeji dugonasi bilan kulishib, ylarni davrasiga qoʻshildi
- ichasanmi? - Yeji Minraning gaplaridan soʻng, Taehyungning "hech qanday alkogollarsiz!" degan gaplarini esladi-yu rad qildi
- Yejiga alkogol mumkin emas, - deya kuldi Ari. Qizning gaplaridan soʻng hamma qiziqish bilan negaligini soʻray boshladi
- chunki uni terminator sevgilisi buni taqiqlagan, - Arining gaplari yakunlanishi bilan bu yerdagi hamma kulib yubordi
- rostanmi Yeji? Sevgiling senga nima desa shuni qilasanmi?
- bu yerga kelish uchun ham undan ruxsat soʻragandursan-a? - yana kulgi ovozlari avj oldi. Yeji allaqachon mast boʻlib qolgan Ariga, soʻng oʻtirgan barcha "doʻstlariga" qaradi-yu oʻrnidan turib, bar oldidagi stulga oʻtirdi
Qizning hayollarini biroz avvalgi gaplar egallab oldi va shu bilan birga Taehyungning gaplari ham. Biroz vaqtdan soʻng Yeji barmendan ichimlik soʻradi. Unda hech qanday ikkilanish yoʻq edi bu paytda. Bir necha stakan oʻtkir ichimlikdan soʻng, yuzlari qizarib mast boʻlgan qiz sumkasidan pul chiqarib bar oldidagi stol ustiga qoʻyib oʻrnidan turdi. Yigit va qizlar raqsga tushayotgan maydonga kelib qoʻshilgan Yeji ham boshqalar jabi musiqa ritmiga mos harakatlana boshladi
Oradan maʼlum muddat oʻtgach, Yejining oldiga bir yigit kelib suykalishni boshladi. Qiz unga qisilgan koʻzlari bilan qarab turgach Taehyungning "balki men ham borarman" degan gaplari yodiga tushdi va keng tabassum qilib
- kelibsizda Taehyung, - dedi-yu notanish yigit bilan raqsga tusha boshladi Yeji. Yigit ham ayyorona jilmayib, qizga yanada yaqinlashib, uning belidan qoʻllarini oʻykazdi
Sevgilisi uchun ishlarini yakunlab, u bergan manzilga yetib kelgan Taehyung bu yer tungi klub ekanini bilgach biroz jahli chiqdi va ichkariga kirdi. Zinalardan birin-ketin pastlab raqs maydoniga kelgan Taehyung oʻtkir nigohlari bilan yigit-qizlar orasidan oʻzi sevgan chehrasini qidira boshladi. Lekin notanish yigit bilan raqsga tushayotgan Yejini koʻrishi bilan qoʻllari musht boʻlib tugildi. Ularning yoniga eng katta tezlikda yetib kelib, yigitni Yejidan yulib oldi-yu unga musht tushurdi. Toʻsatdan boʻlgan voqea sabab yigit yerga yiqildi. Oʻrnidan turishga ulgurmasdan avval keyingi zarba va yana keyingi...
COMEBACK»
Yeji oʻziga ancha katta boʻlgan futbolka va sport shimini kiyib yuvinish xonasidan chiqdi-yu yotoqda yotgan Taehyungni koʻrib joyida toʻxtab qoldi. Yigit esa unga zid harakatlanib, u tomon keldi. Taehyung Yejini bilagidan tutib, tosh oyna qarshisidagi kichik stulga oʻtirgizdi. Oʻzi esa uni orqasida turib sochlarini mayin taray boshladi, soʻngra fen yordamida quritdi ham.
- jahlimni chiqaradigan ishlar qilma, - dedi Taehyung qizning sochlaridan nigohlarini uzmay
- m.men mastlikda..uni siz deb oʻyladim..uzr soʻrayman, meni kechiring iltimos..b.boshqa hech qachon klublarga bormayman! Vaʼda beraman!
- "hech qachon yigitlarga yaqinlashmayman" deb vaʼda ber! - koʻzgu orqali Yejining koʻzlariga tikilib dedi Taehyung
- vaʼda beraman! - hech oʻylab oʻtirmasdan bir nafasda gapirdi
- bu vaʼdangni buzgan oningda - hech nimaga qarab oʻtirmay seni nimtalab tashlayman!
- kechirdingiz, toʻgʻrimi?
- men boshqa bir qiz bilan boʻlganimda nima qilishing men uchun qiziq, - Taehyung sevgilisining boʻyniga hoʻl lablarini bosgancha, xonadan chiqib ketdi
- nimaga ishora qildi? - tushunarsizlik bilan yigit chiqib ketgan eshikka qarab turib pichirladi Yeji.
Yeji erta tongdan uygʻondi-yu yana Taehyungning kiyimlarini kiyishga majbur boʻldi. Shoshib pastki qavatga tushdi va zalda turgan sumkasini olib, eshik tomon yugurdi. Ammo ortdan kelgan yoʻgʻon ovoz sabab joyida tosh qotdi
- qayerga bunchalik shoshyapsan?
- universitetga albatta? - dedi sekinlik bilan yon tomonga oʻgirilib
- shu kiyimdami? - qizning egnidagi oʻzining kiyimlariga ishora qilib
- nima qilibdi? Hozir shunaqa kiyinish urfda. Bundan tashqari, yigitim bor ekanligini boshqalar bilishsa hech nima qilmaydi?
- yigiting bor ekanligini shundoq ham endi bilishadi
- qanaqasiga? - Yeji oʻzi tomon kelayotgan yigitga savolli nigoh bilan tikilib turar ekan, birdaniga boʻynida achishish his qilib ingrab yubordi
- b.bu..
- egalik belgisi! - Taehyung qizning oppoq boʻynida yaqqol koʻzga tashlanib turgan pushti izga qarab magʻrurlik bilan jilmayib gapirdi
- endi oʻqishga qanday boraman?! - dedi Yeji yer tepinib
- hozirgina "yigitim bor ekanligini bilishsa hech nima qilmaydi" demaganmiding?
- sizni yomon koʻraman! - deya eshikni ochib chiqishga shaylandi, lekin Taehyung qizni qoʻlidan tutib "oʻzim olib boraman" deb toʻxtatdi
- Taehyung ~
- nimadir soʻramoqchimisan? - qizning ovozidagi oʻzgacha erkalanishni sezgan Taehyung u tomon boshini burib qaradi
- h.ha..siz yoʻlga qarang, men gapiraveraman
- ochiqchasiga "menga qaramay turing" desangchi, - deya kuldi yigit
- mazax qilmoqchimisiz?
- nimani soʻramoqchi eding? - Yejini arazlab olishini bilgan Taehyung mavzuni boshqa tomonga burdi
- bugun talaba va oʻqituvchilar bilan..Seuldan tashqariga..muzeyga boramiz, - barmoqlarini oʻynab gapirdi Yeji
- boramiz? Demak, sen allaqachon qaror qabul qilib boʻlgansan? Nega endi menga aytyapsan? Mm?
- gap shundaki, men u yerga borishni judayam xohlayapman~
- xohlasang boraver? Kim senga qarshilik qilyapti?
- siz..qarshi emasmisiz?
- qachon qaytasan? Istasang oʻzim olib qaytaman?
- shart emas, dugonalarim bilan avtobusda qaytamiz.. rahmat Tae~
«TIMESKIP»
— pov Yeji
Universitetga kelishim bilan yoʻlga tushdik. Deyarli barcha talabalar avtobusda ketishyapti. Lekin men Arining sevgilisi Jungkookning mashinasida ketyapman. Albatta, Ari old oʻrindiqda, men esa orqada oʻtiribman. Jin ursin* nega men ham Taehyung bilan kelmadim?! Yaramas Ari! Men bu yerda zerikib ketyapman, sen esa sevgiling bilan miriqib suhbatlashyapsan!
Menimcha ikki soatda muzeyga yetib keldik. Tashqi koʻrinishidan hecham muzeyga oʻxshamaydi? Ichkariga kirsang ustingga qulab tushadiganga oʻxshaydi. Juda eski bino va ovloq joy. Yaqin atrofda hatto uylar ham yoʻq. Menimcha bu yerlarga sivilizatsiya yetib kelmagan. Men yaxshiroq joylarni tasavvur qilgandim. Xoʻsh, kayfiyatni tushirmaymiz!
Nihoyat, qorovullardan ruxsat olib ichkariga kirdik. Odatda muzeyga kirish uchun ruxsat soʻralmasdi, lekin bu yerning oʻz qonunlari bor ekan. Shunchaki qoyil!
Hamma kursdoshlarim ichkarini rasmga tushirish bilan ovora. Tan olish kerak bu yer zerikarli ekan. Oldinda ustozimiz yoʻlboshchi kabi ketyaptilar. Yana bir muzey ishchisi esa oʻziga-oʻzi bir nimalarni gapirib beryapti. Koshki kimdur eshitayotgan boʻlsa?
Nigohlarim - oʻzim uchun qiziqarli boʻlgan nimadir qidirib har tomonda sayr qilyapti. Menimcha, qidirayotgan narsamni topdim! Bingo! Arxivdan qiziqroq joy yoʻq! Sal qolsa otni kallasidek katta «ARXIV» soʻzi ilingan eshikdan oʻtib ketardim jin ursin! Atrofga qarab hamma oʻz ishi bilan ovora ekanligini koʻrgach, sekingina "quyonni chizdim".
Xona ichkarisida hech kim yoʻq boʻlishiga umid qilib, ichkariga kirdim. Jin ursin* nega bunchalik qorongʻi? Yaxshiyam menda qoʻl chiroq bor.
pov avtor
Yeji uncha katta boʻlmagan fonarini yoqib, atrofni koʻzdan kechira boshladi. Xonada bir necha qator qilib joylashtirilgan katta javonlar bor edi. Javonlarda esa turli kitoblar va tarixiy qoʻlyozmalar. Yeji vaqti kam ekanligi sababli koʻziga chiroyli koʻringan kitoblarni varoqlab chiqdi. Lekin u oʻylagandek qiziqarli narsalar bu yerda ham yoʻq edi
Yeji qoʻliga keyingi bir kitobni olishi bilan eshik tashqarisida qadam tovushlari eshitila boshladi. Qiz fonarini oʻchirib, eng soʻngi javon ortiga yashirinishi bilan eshik ochildi-yu qoʻlida fonar tutib turgan qorovul erkak xonani koʻzdan kechirishni boshladi, hech qanday tiriklik alomati sezilmagach qayta chiqib ketdi
- huuh sal qolsa qoʻlga tushardim! - Yeji oʻziga-oʻzi pichirladi va fonarini yoqib oʻrnidan turdi. Uning nigohlari qoʻliga olgan oʻsha kitobiga qaratildi-yu ichida qiziqish uygʻondi
- "muhabbat tarixi"? - beixtiyor yozuvlarni oʻqidi qiz