October 23

After you come

#EPISOD_9Ofitsiant qiz "sotib olingan taomlar haqi toʻlangani" haqida aytganidan soʻng kafedan chiqqan Fey, endi qayerga borish haqida oʻylay boshladi - nega endi qayerga borish haqida oʻylayapman?! Qayerga borishim aniq-ku? - Fey oʻziga oʻzi gapirishi davomida yoʻnalishini doimiy yashash joyiga oʻzgartirdi

Masofa uzoq boʻlsa ham manziliga piyoda yetib kelgan qiz oʻziga "eng birinchi boʻlib yuvinib chiqishni" maqsad qildi. Lekin u Yujin va uning atrofidagi bir guruh politsiya xodimlarini koʻrishi bilan ular tomon yurishni boshladi
- Yujin? Nimadur boʻldimi? - Yujinning qarshisiga yetib kelgach savol berdi
- Fey? - Yujinning hayratga tushgani shundoqqina uning yuz ifodasidan maʼlum edi, yigit bir qadami bilan qizning yoniga kelib, ikki qoʻli bilan uning yelkasidan ushladi, - qayerda eding?
- yolgʻiz qolishni istadim, - qiz yigitning qoʻllaridan chiqishga harakat qilib, Yujinning bilagidan ushladi
- yolgʻiz qolishni istadingmi? - qizga savol berib, soʻng baland ovozda kulib yuborgan Yujin sal oʻtmay qizni yelkasini qattiqroq siqdi, - SEN! QANDAY QILIB BUNDAY QILOLASAN? SENDAN QANCHALIK XAVOTIR OLGANIMNI BILASANMI OʻZI? - Yujin yana qizning yelkasini oʻz iskanjasiga olib, silkiy boshladi, - TUN BOʻYI SENI QIDIRDIM! QANDAY QILIB SHUNCHAKI KETOLASAN?? JAVOB BER! JIM TURMA FEY! - Yujinning bunday jahl qilishini birinchi bor koʻrayotgan qizning tiliga biror soʻz kelmay qolgandi. Yigit esa hamon qizni yelkasidan qattiq tutib turibdi
- m.men..shunchaki
- NIMA SEN SHUNCHAKI? NIMA DEB OʻYLAGANDING?! SEN BIRDAN YOʻQOLIB QOLASAN, LEKIN HECH KIM SENDAN XAVOTIR OLMAYDI, SHUNDAYMI?? - Yujin
- BAS QIL! - qizning koʻzlariga beixtiyor yoshlar yigʻilib keldi. Chunki undan oʻz sevgani emas, "oddiygina doʻsti" xavotir olyapti xolos. Taehyung hatto bu orada koʻrinmaydi ham
- qidirayotgan qizimiz kelgan ekan, biz ketsak boʻlar? - politsiya xodimlaridan biri boshqalarga ketishga ishora qildi
- uzr soʻrayman..sizlarni bekordan bekorga ovora qilibman, - oxirgi gaplariga alohida urgʻu bergan yigit, politsiya ketishidan avval hurmat bilan taʼzim qildi-yu oʻtkir nigohlari bilan Feyga bir qarab qoʻyib, maydonni tark etdi

Yujin

Kichik deraza orqali vagoncha ichiga tongning salqin havosi kirib, hamon uxlayotgan "juftlikning" sovuq qotishiga sabab boʻlardi. Taehyung bir-biriga yopishgan kipriklarini ikkiga ajratdi-yu nigohlarini quchogʻidagi qizga qadadi. Oʻzi bilmagan holda yigitning yurak urish ritmi oʻzgardi.

Oʻz istaklarini bir chetga surgan holda oʻrnidan turgan Taehyung keyingi navbatda qizning ustini koʻrpa yordamida yopdi.

Yotoqdan ovoz chiqarmay uzoqlashgan yigit katta qadamlar bilan sovuq havo kirib turgan derazani berkitib, nigohlarini qayta uxlayotgan qizga qaratdi. Taehyung hayolida "juda charchagan shekilli" deb oʻyladi-yu yuvinish xonasiga kirib ketdi.

Eshik ochilib, qayta yopilganda chiqqan ovozni eshitgan Sue tezda koʻzlarini ochdi. Lekin oʻrnidan turmadi. Qiz uygʻoq edi. Hattoki ancha avval uygʻongandi. Shunchaki yigitning yoqimli iforiga toʻyishni va issiq bagʻrida koʻproq qolishni istadi. Chunki bunday vaziyat koʻp boʻlmasligini bilar edi u.

Taehyung (tasavvur uchun

Qop-qora mashinasi ichidan birinchi boʻlib oyoqlarini chiqargan yigit, keyingi galda butun gavdasini ommaga namoyish etdi. Qaddini tik turib turgan Wook nigohlarini har tomonga aylantirib, kiyimlarini toʻgʻirlab qoʻydi va mashina eshigini yopdi. Mashina kalitining bir tugmasi bosilishi bilan - atrofda mashina qulflanganda chiqadigan ovoz yangradi.

Wook magʻrur qadamlari bilan shugʻullanish zaliga kirib bordi-yu oʻsha yerdagi stullardan birini band qildi. Chiroyli koʻzlarini berkitib turgan qora koʻzoynagini yechgan Wook uni stol ustiga qoʻygach, zaldagi duch kelgan yigitni qoʻli bilan imlab chaqirdi
- menga Kim Taehyungni chaqirib kel. Hoziroq, - Wookning oʻziga ishonch ila aytilgan ushbu gaplari ortidan, uni tinglab turgan yigit Wookni "katta" odamlardan ekanini payqadi-yu tezda bu yerni tark etdi.

Wook

- bunchalik tez kelasan deb oʻylamagan edim? - Taehyung Wookning qarshisidagi stulga oʻtirar ekan, uning aytadigan asabbuzar gaplariga ruhiy jihatdan tayyorlana boshladi
- sen kutmagan ishlarni qilish - meni quvontiradi, Wook - Taehyung yuzida soxta jilmayishni aks ettirib dedi
- bu yerdagi tartib-qoidalar menga yoqmadi, - Wook gavdasini stulga suyash barobarida, nigohlarini zalda sayr qildirib, soʻng Taehyungga tikildi
- senga yoqishi shart emas? - Taehyung
- bir narsani unutyapsan yigitcha? - qoʻllarini qovushtirib olgan Wook lab chetida jilmaydi
- seni pullaringnimi? - yuzini yerga qaratgan Taehyung lablarini asabiy yalab dedi
- aynan! - yigitning gaplarini maʼqullagan Wook, stulini surib Taehyung tomon yaqinlashdi, - Men istagan vaqtimda ushbu shugʻullanish zali, tashqaridagi maydon..yoʻq-yoʻq! Men istasam - shu regionni butunligicha sotib olishim mumkin! Va undagi odamlarni ham!
- yoshinga nisbatan anchagina mijgʻov ekansan. Rosti sendan bir zil gaplarni eshitaverib charchadim! - Taehyung yuzida norozi qiyofani ifoda etib, qoshlarini egri-bugri holatga keltirdi
- gaplarimdan zerikkan boʻlsang, amalda koʻrsatishim mumkin? Amalda bajarish anchagina qiziqarli boʻladi? Lekin tomoshabin uchun achinarli boʻlsa, ajab emas? - Wook
- maqsadga oʻt! - asablari tamom boʻlayotganini payqagan Taehyung sovuq ohangda gapirdi
- kechgi payt jang bor! Magʻlub boʻlishga haqqing yoʻq! Senga motivatsiya sifatida aytay, sevgilinga tarsaki tushirgan oʻsha yigitni qoʻlinga topshiraman! Faqatgina gʻalabangdan soʻng! Nima qilsang qilasan uni, ishim yoʻq u bilan! Menga - gʻalaba kerak!
- shuni aytish uchun keldingmi? Seni oldingda hurmatim bunchalik baland ekanini bilmagan edim? - lab chetida kelgan Taehyung biroz jim boʻldi-yu birozdan soʻng sovuq ohangda gapini davom ettirdi, - aslo menga buyruq berma Wook! Aslo! Men seni xizmatkoring emasman! Senga ishlayotganim, senga boʻysunaman deganim emas! - Wookga tahdidli ohangda gapirgan yigit stulini qattiq surib, oʻrnidan turdi, - jangda qatnashaman! Ammo unutma! Bu faqat - Sue uchun! Ha yana bir narsani eslatmoqchiman! Bizni olamda ishga - ayollar va bolalar aralashtirilmaydi! Albatta bu erkaklar qoidasi edi, sen bilmasliging tabiiy

— Taehyungning gaplarini asabiy tinglab oʻtirgan Wook, uning soʻngi gaplaridan soʻng oʻzini tutib turolmay tezlikda yigitga musht tushurdi. Taehyung musht zarbidan bir necha metr nariga siljib ketdi, lekin tezda muvozanatni saqlab, Wookga javob qaytardi. Ikki yigit oʻrtasida oʻzaro mushtlashuv boshlanib ketar ekan, zalda tayyorlanayotgan hammaning nigohlari ularga qaratilgan edi. Ammo hech kim ularning jangiga aralashishga jurʼat eta olmadi.

Zal ichra xorgʻin qadamlarini tashlab kelayotgan Feyning eʼtiborini - bir guruh toʻplanib olgan yigitlar tortmay qolmadi albatta. Ichida hayronlik va qiziqish tuygʻulari aralashib ketgan qiz qadamlarini shu tomonga burdi. Yetib kelgach yigitlarni turtib, markazda sodir boʻlayotgan hodisaga guvoh boʻldi u ham.

— Bir-birini ashaddiy dushmanlar kabi doʻpposlayotgan ikki yigitdan biri Taehyung ekanini koʻrgan Fey tezlikda ularni yoniga borib, ajratishga harakat qila boshladi. Wook Taehyungni urmoqchi boʻlgan qoʻllariga chirmashgan boshqa qoʻllar egasini itarib yubormoqchi boʻldi, toki bu qoʻllar egasi kim ekanini bilgunga qadar. Wook toʻxtab qolganidan foydalangan Fey uni qoʻlidan siqib, Taehyungdan uzoqlashtirdi.
- ESINGIZNI YEDINGIZMI? SHUNCHALIK KUCHINGIZ KOʻP EKAN, ANA MAYDONGA CHIQING! - Fey yuzlari allaqachon koʻkarib, lablari cheti yorilib qonayotgan ikki yigitga qarab oʻshqirdi, - SIZLAR NIMANI TOMOSHA QILYAPSIZ?! TARQALING!! - keyingi galda toʻplanib turgan yigitlarga qarab baqirdi u
- erkaklarni ishiga aralashma xonimcha! - hamma tarqab boʻlgandan soʻng Wook qizga yaqin kelib pichirladi
- "erkaklar" bunday bir-birini doʻpposlamaydi! Kuching koʻpmi - ana rimga birma-bir tush u bilan! - qiz ham Wook kabi ohangda pichirladi, ovozidan qanchalik jahli chiqqani maʼlum

- Fey bas qil! - Taehyung ularni suhbatini ortiq kuzatishni istamay, qizni bilagidan ushlab, Wookdan uzoqlashtirib, oʻzini ortiga oldi
- sen bilan suhbatimiz bu yerda yakunlanmadi Wook, - Taehyung shu soʻzlarni aytdi-yu Feyni sudragudek qilib, zalni tark etdi
- bu tasodifmi? - Wook kecha birga oʻtirib, soju ichgan qizini qayta koʻrganidan hayratda edi, lekin eng hayratlanarli joyi shundaki - u qiz Taehyung bilan birga?

- Fey nega bunday qilding? - zaldan tashqariga chiqib olishgach qizdan soʻradi Taehyung
- men? Aslida sen nima qilyapsan Taehyung? U kim edi? Orangizda nima oʻtdi-yu, bir-biringizni oʻlargudek uryapsiz? Yuzingni qarasangchi! - qiz yigitning yuziga ishora qildi, - Koʻkarmagan joyi qolmabdi! Men kelmaganimda bir-biringizni oʻldirarmidingiz? - Fey
- u bilan urishdimmi, demak, arzirli sababi bor! U va meni oramga boshqa tushma, iltimos! - Taehyung gaplarini yakunlab boʻlgach ketish uchun burildi, lekin qizning qoʻllari sabab qayta joyiga turdi
- toʻxta! Jarohatlaringa..malham qoʻyay hech boʻlmasa? - Fey oldingidek jahl bilan emas, xavotir va mehr bilan soʻzladi, ammo Taehyung shunchaki "oʻzim eplayman" deya rad etib, ketdi.

Taehyung Feyga sovuq muomalada boʻlib, soʻng uni yolgʻiz qoldirib ketganini uzoqdan kuzatib turgan Wook lab chetida jilmayib oʻziga-oʻzi pichirladi:
- demak, "uni" sevar ekansanda.

— Taehyung zal tashqarisida Feyni yolgʻiz qoldirib ketar ekan, hech ham qizning ichidan nimalar oʻtayotgani haqida oʻylamas edi. Holbuki, Feyning ichki dunyosini vayron qilib boʻlgan boʻlsa-da.

Taehyung vagonchaga bormadi. Yigitlar kiyinish xonasiga borib, oʻsha yerda bor boʻlgan kiyimini olib kiydi-yu koʻzguga qarab yuzidagi jarohatlarga malham qoʻydi. Boshiga qora rangdagi kepka kiyishni ham unutmadi, albatta. Soʻngi bor koʻzguga qarab, oʻzining qanchalik kelishgan ekanidan faxrlangan yigit biroz jilmayib qoʻygancha xonadan chiqib ketdi.

Fey

bir necha soatdan soʻng »
— sekinlik bilan vagon ichiga kirib kelgan Taehyungning nigohlari eng birinchi boʻlib divanda hech bir harakatsiz jim oʻtirgan Suega qadaldi
- yoʻqligimda zerikib qolmadingizmi? - javoban shunchaki bosh irgʻab qoʻydi qiz
- sizga yangi oʻrtoq olib keldim, - Taehyung sokin qadamlari bilan kelib, Suening yoniga joylashdi
- kim? - yuzida hayronlik aks etgan qiz soʻradi
- birgalikda ism tanlaymiz, - yigitning aytgan gaplaridan soʻng Sueda qiziqish tuygʻusi avj oldi-yu yigitning keyingi soʻzlarini kutdi.

Taehyung Suening ikki qoʻlini tutib, oldinga olib bordi. Qizning qoʻllari mayin junli va kichik kuchukchaga tegishi bilan quvonchdan qichqirib yubordi
- Taehyung axir bu..nahotki rostan bu kuchukchamii, - kichik jonzotni avaylab quchogʻiga olgan Sue porlab turgan koʻzlarini yigit tomonga tikib dedi
- yoqdimi? - samimiy tabassumi bilan dedi
- ismini nima qoʻyamiz? - bor eʼtiborini itga qaratgan qiz soʻradi
- u sizniki, demak, ismini siz tanlaysiz, - Taehyung qizga termulib gaplarini yakunladi

#to_be_continuedby: Yejifor: my Sue💗