December 3

AFTER YOU COME

Orada hukm surayotgan jimlikni faqatgina mashinalarning shovqinli tovushlari va dengizning sohilga borib urilgandagi chiqadigan yoqimli ovozlari buzib turibdi.

Taehyung baʼzi-baʼzida oʻgʻrincha nigohlarini qiz tomon olib oʻtadi. Qiz esa koʻprik ostidagi mavj urib turgan, har bir insonni oʻz chiroyi bilan maftun qiladigan bu dengizni koʻzlari koʻrmasada, yuzini shu tomonga qaratib turibdi.
- Kim Taehyung! - yigit jimlikni buzish uchun hayoliga kelgan eng birinchi gapni aytdi
- nima? - tushunmay soʻradi qiz
- ismim..Kim Taehyung, - qiz yigitning gapini endi tushungancha biroz jilmaydi
- Hwang Sue, - javob qaytardi qiz. Taehyung qizga jilmayib qoʻygancha yuzini osmonga qaratdi.
- bugun oy toʻlishibdi, - Taehyung oʻzidan yorqin nur sochib turgan toʻlin oyga ishora qilgancha
- afsus..
- xafa boʻlishingizga sabab yoʻq Sue~yaa, - Taehyung qizni erkalab chaqirishi sabab qizning yuzida samimiy tabassumi aks etdi, - bu boshqa gap! Doim kulib yuring, xoʻpmi? Kulish sizga yarashar ekan, - Sue yanada kengroq tabassum qilgancha, bosh silkidi

Yuziga mayda tomchilar tushishni boshlaganini sezgan yigit qoshlarini hayron chimirdi

- yomgʻir yogʻishni boshlayaptimi? Ketishimiz kerak, yoʻqsa ivib ketamiz, - qiz yana bosh irgʻadi. Taehyung uni bilagidan ohista ushlab mototsikli tomon olib kelib, shlemni kiydirib soʻng oʻzi kiydi
- marhamat Sue, - yoqimli ovozda qizni oʻtirishga undadi yigit. Sue keng tabassum bilan mototsiklga joylashar ekan, yigit ham tezda uni oldidan joy oldi. Bu gal yigit aytmasidan oldin uni belidan quchdi Sue. Taehyung qizni belidan oʻralgan qoʻllariga qaragancha samimiy jilmayib, mototsiklini yurgizdi

Mototsikl oʻzining shovqinsiz ovozi bilan tanish tor koʻchalar boʻylab yurar ekan, koʻchada hech kim yoʻq edi. Uy chiroqlari ham oʻchirilgan. Bundan bilish mumkinki, hamma shirin uyquda. Taehyung qizni uy manzilini bilmagani tufayli qizni olib ketgan joyiga qaytib keldi. U xuddi oʻsha burilishda mototsiklini toʻxtatgancha shlemini yechib, ortga nazar tashlar ekan qiz yigitni keng yelkasiga bosh qoʻygancha uxlab qolgandi.

Taehyung Suega jilmaygancha qarab choʻntagidan telefonini chiqardi. Yigit telefon Kamerasiga kirib "uyqudagi malika"ni suratga oldi. Taehyung suratni yaqinlashtirib tikilar ekan lablari qulogʻiga yetgudek boʻlib jilmaydi

- uygʻongach oʻziga koʻrsataman, - yigit telefonga tikilgancha soʻzlarini yakunlar ekan, Sue bu suratni koʻra olmasligi mana endi hayoliga kelgandi. Taehyung hafsala bilan koʻzlarini chirt yumdi

Taehyung Suega yelkasi uzra nigoh tashlar ekan, qizning shirin uyquda ekanini koʻrgach, oʻzini ikki oʻt orasida qolgandek his qildi

- uygʻotishim kerakmi yoki yoʻq? - yigit past ovozda oʻziga oʻzi, - aysh uygʻotmasam uyi aynan qaysi ekanligini qayerdan bilaman? - Taehyung koʻzlarini hafsala bilan yumib boshini ortga tashladi, - heyy Sue? Sue turaqoling, - yigit qizni ohista turta boshladi. Bir-ikki turtishlardan soʻng qiz boshini sekin koʻtarar ekan Taehyung yana gapirishga tushdi, - yetib keldik Sue. Uyingiz aynan qaysi biri?
- hozir qayerdamiz? - shlem ichidan uyqusirab soʻradi Sue
- sizni urib yuborgan joyimda
- demak.. uchta uydan keyingisi meniki, - qiz gaplarini yakunlangach mototsikldan tushib, shlemni yecha boshladi. Taehyung shunchaki qizni harakatlarini kuzatib oʻtirardi xolos. Sue shlemni yechib, yigit tomon uzatdi
- rahmat
- men sizni kuzatib qoʻyaman, - Taehyung mototsiklidan tushgancha uni chetga olib qoʻydi
- keragi yoʻq, - rad etishga urindi qiz, - Oʻzim bora olaman
- shunchaki rozi boʻlishni iloji bormi?

«Yangi kun»
Mashq qilish uchun ajratilgan katta zal. Hamma oʻz jufti yaʼni raqibi bilan kurashmoqda. Zaldagi aksariyat kishilar yigitlar boʻlsa-da, qizlar ham topiladi

Yeji qarshisidagi qizni qanday magʻlub etishni oʻylab, chalgʻib qolgani sabab raqib iskanjasiga tushdi. Qiz Yejini ustiga chiqib olgancha mushtini uning yuziga harakatlantirar ekan, Yeji qichqirdi

- yuzimga urma! - ammo raqib uning buyrugʻiga binoan harakatlanadimi? Albatta yoʻq! Yuziga urilgan musht sabab jahli choʻqqiga chiqqan qiz tezlikda ustidagi raqibini yiqitdi
- men senga yuzimga urma dedimku, toʻnka! - Yeji raqibini ustiga chiqib olgancha, yuziga qattiq musht tushurdi. Qiz oʻzini oʻnglab ulgurmay yana bir zarba berildi. Yeji qizni yuziga toʻxtovsiz, tezlikda zarbalar berar ekan raqib qizni yuzi allaqachon tanib boʻlmas ahvolga kelgandi.

Zalga endigina kirib kelgan Taehyung Yejini bu kabi holatini koʻrib, eng katta qadamlari bilan uni yoniga kelib, qizni ustidan yulib oldi

- mana endi bu basharangni tuqqan onang ham taniy olmaydi!! - Yeji Taehyungni qoʻynida turar ekan jahl bilan oʻshqirdi
- Yeji, tinchlan! - Taehyung qizni ikki yelkasidan ushlab oʻziga qaratdi, - Bu shunchaki mashq edi! Nega bunchalik urding uni?
- mashq ekanligini bilaman! Men unga aytdim! "Yuzimga urma" dedim! Lekin u quloq solmadi! Mana nima qildi, - Yeji koʻrsatkich barmogʻini musht zarbidan biroz qonagan labiga olib keldi
- tinchlan..bu shunchaki oddiy lab yorilishi..Yomon tomoni yoʻq buni! - yigit Yejini qanchalik tinchlantirishga harakat qilmasin, qizga har qaraganida asabdan chimirilgan qoshlari bilan duch kelardi
- oddiy lab yorilishi degin? Demak bu oddiygina narsa shundaymi? - Yeji yelkasida turgan yigitni qoʻllarini kuch bilan siltab tashladi va unga soʻngi bor oʻlim nigohlari bilan tikilgancha eshik tomon harakatlandi
- Yeji toʻxta! Qayoqqa ketyapsan? - Taehyung qizni toʻxtatishga urinib, qizni ortidan ergashdi
- ortimdan kelma! Boʻlmasa xafalashib qolishimiz mumkin! - Yeji yurishdan toʻxtamagan holda baland ovozda gapirib zalni tark etdi. Taehyung esa "ayigo"lari bilan zalda qoldi

Yeji kiyim almashtirish xonasiga kelarkan ogʻziga kelgan chiroyli soʻzlar bilan yoʻlma-yoʻl Taehyungni qargʻab kelardi.
- tavba qildim! Odam shunchalik ham beeʼtibor boʻlishi mumkinmi? Nima emish? Oddiygina lab yorilishi emish? Ablax! Mendan "ahvoling yaxshimi? Ogʻrimayaptimi?" deb soʻrash oʻrniga oʻsha manjalaqini himoya qildi?! Yaxshiyamki u Taehyung edi, boshqa biri boʻlganida aftini chiroyli qilib bejab qoʻyardim!! - qiz manziliga yetib kelgach eshikni zarb bilan ochdi-yu, ichkariga bir qadam bosdi. Uni koʻzlari endigina qoʻliga futbolka olgan Hyunjinga tushar ekan, yuzini uyatdan boshqa tomonga burish oʻrniga unga qovoq uyib turaverdi

- yaa!! Oʻgiril! Koʻrmayapsanmi? Men kiyinyapman!
- qip yalangʻoch emassanku har holda? - Yeji beeʼtiborgina oʻz shkafi tomon yurdi, - Senda men koʻrmagan biror narsa bormi?
- ayigoo umrimda senchalik uyatsiz qizni koʻrmagandim! Bunchalik bez boʻlmasang?
- men yoshligimdan buyon yigitlar orasida katta boʻlganman! Senikiga oʻxshagan preslarni koʻraverib mana shu chiroyli koʻzlarim oʻrganib ketgan.
- senga "yil uyatsizi" nominatsiyasini topshirish kerak! Ofarin Yeji! - Hyunjin qoʻllarini qiz tomon choʻzib qattiq qarsak chala boshladi
- endi chiqib tursang men ham kiyinmoqchi edim
- toʻgʻri! Men senga oʻxshab qizlar orasida oʻsmaganman! Ammo bemalol kiyinishing mumkin. Meni ham mana shu chiroyli koʻzlarim oʻrganib ketgan?
- voyy yaramasey! - qiz qoʻliga endigina olgan baklajkasini Hyunjinga uloqtirdi. Yigit undan kulgancha qochar ekan, idish borib devorga urildi, - hoziroq koʻzimdan yoʻqol Hwang Hyunjin!
- menda senda yoʻq boʻlgan "uyat" tuygʻusi mavjud, azizam! - Hyunjin qoʻlini unga xayr ishorasini qilib xonadan chiqib ketdi. Yeji uni ortidan bir-ikki soʻkkancha ustidagi futbolkasini yechdi
- aytgan.. - Hyunjin eshikni ochib qizni faqat maykada koʻrgach toʻxtab qoldi. Yeji uni koʻrib biror harakat ham qilmadi

- yana nima? Nimani unutding?
- haligi..labingga nima qildi demoqchi edim, - Hyunjin nigohlarini xona boʻylab sayr qildirdi, faqatgina qizga qaramadi xolos. Yeji uni koʻzlarini olib qochishini koʻrib lab chetida jilmaydi. Lekin birdan yana oʻsha sovuqqon qizga qaytdi
- mashqda bir toʻnka urib yubordi, - javoni ichidan boshqa bir futbolka olgancha javob berdi qiz
- balki..biror dori surtib qoʻyarsan? - Hyunjin Yeji ustiga kiyim kiyib olgandan soʻng nigohlarini unga koʻchirdi
- keragi yoʻq. Shundayligicha yaxshi.!
- lekin infeksiya tushishi mumkin? - yigit qizni hech bir gapini eshitmay boshqa bir javonni ochib, dori qutichasini olib keldi
- keragi yoʻq dedim! - Hyunjin qizni gaplariga quloq solmay, tozalovchi vosita bilan qizni lab chetini artib, soʻng yarani bitishiga yordam beruvchi mazni olgancha ohista surtib qoʻydi. Baʼzida achishmasligi uchun sekinlik bilan puflab ham qoʻyardi
- rahmat aytishimni kutmayotgandursan? - Hyunjin unga jilmayib turganini koʻrgan Yeji ensa qotirgancha
- aysh senga yaxshilik qilish keragu tezda quyonni chizish kerak! - yigit dori qutichasini joyiga qayta qoʻygancha, soʻngi bor qizga qarab eshikdan chiqib ketdi
- telba! - dedi qiz yigit ketgan tomonga qarab.

*parallel vaqtlar*

Mashq qilish zalidan chiqqan Taehyung doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan qadrli mototsikliga joylashdi. Yigit oʻzini yanada koʻrkamroq koʻrsatadigan qora shlemini kiyib, mototsikl shinalarini asfaltga ishqalagancha bu yerni tark etdi

Mototsikl oʻzining yuqori tezligida tanish kasalxonaga yetib kelgach toʻxtadi. Taehyung shlem ichidan nigohlarini - kasalxona tashqarisida izgʻib yurgan oq holatdagi doktorlar-u hamshiralarga qaratdi. Keyingi navbatda bu oʻtkir nigohlar kasalxonaning oʻziga qadaldi:
<RUHIY KASALLAR SHIFOXONASI>
Shu uch soʻz yigitning dunyolariga oʻt qoʻyishga va uni yakson qilishga qodir.

Sekinlik bilan shlemni yechgan yigit toʻzgʻigan sochlarini toʻgʻirlagan boʻldi. Bu harakat bilan u yanada qizlar eʼtiborini tortishga muvaffaq boʻldi albatta. Lekin yigit uchun hozir bu eʼtiborlar - keraksiz!

Taehyung mototsikl kalitini qoʻlida oʻynatgan holda kasalxona ichiga kirib borar ekan, eng birinchi manzil navbatchi xodim joylashgan stol boʻldi

- salom. Nima yordam bera olaman? - mayinlik bilan soʻradi xodim
- salom..men Kim Jiwon xonimni yoniga kelgandim, - Taehyung nigohlarini zal boʻylab sayr qildirdi
- bir daqiqa, - qiz oldida turgan komputeriga qaragancha davom etdi, - siz kimi boʻlasiz?
- m.men..oʻgʻliman
- qirq beshinchi palatada, - koʻrsatma bergan boʻldi qiz
- rahmat, - qisqa javob bergan yigit zal boʻylab yura boshladi, - oʻtgan gal yigirma ikkinchida edi..
Taehyung eshikka qistirilgan xona raqamlarini birma-bir koʻrib chiqar ekan oʻziga kerakli boʻlgan xona eshigi yonida sekinlik bilan toʻxtadi. Yuragi allaqachon achishishni boshlagan yigit eshikka biror termulib turgach, soʻng uni surgancha xona ichiga kirdi

- oyi.. - Taehyung kravatda qoʻllari orqaga qilib bogʻlab qoʻyilgan, yuzi esa deraza tomonga qarab burilgan ayolni koʻrib koʻzlariga yosh quyilib kela boshladi, - m.men yana keldim, - ayol ovoz kelgan tomonga yuzini burar ekan, yigit uning koʻzlarida faqatgina maʼyuslikni koʻrar edi
- kimsiz? - toʻsatdan berilgan savol tufayli jiyida haykal misol qotib qolgan yigit hozir bor ovozda unga - "men sizni yakkayu yagona farzandingizman" deb aytishni istardi.
- oyi.. - lekin yigitning ogʻzidan faqatgina shu soʻz chiqa oldi xolos
- keting.! Meni tinch qoʻyinglar! YOLGʻIZ QOLDIR MENI!! - ayol oʻrnidan turib baqirib tashlar ekan, Taehyung nima qilishni bilmay onasini qattiq bagʻriga bosdi
- oyi.. unday qilmang.! Iltimos..meni qiynamang.! - Taehyung onasini mahkam quchoqlab, yigʻidan boʻgʻilgan ovozda gapirar ekan ayol uni siltab tashlagandi
- QOʻYIB YUBOR MENI! TEGMA MENGA! MENDA PUL YOʻQ!! - ayol qichqirgancha uyoqdan buyoqqa yurar ekan, bu holatdan Taehyung oʻlar boʻlsa oʻlib boʻlgandi.
Taehyung qoʻlini musht qilib, ogʻzini shu mushtlar bilan toʻsgancha yigʻlar ekan, xonaga hamshira kirib ayolga tinchlantiruvchi ukol qilib, kravatiga yotqizdi
- endi chiqishingiz kerak..bemorga tinchlik zarur, - hamshira bir burchakda oʻz azoblariga va koʻz yoshlariga koʻmilib turgan Taehyungni yelkasiga yengil qoqib qoʻyib dalda bergan boʻldi, - hammasi yaxshi boʻladi, - Taehyung ortiq bu ayanchli manzaraga guvoh boʻlishni istamay yugurgancha xonadan chiqib ketdi

Yigit kasalxona eshiklaridan tashqariga oʻzini otar ekan, hech ham koʻziga quyilib kelayotgan yoshlarni qaytara olmasdi. U mototsikli yoniga yugurib kelib shlemni boshiga kiydi. Goʻyo shu bilan yoshlarini yashirgan boʻldi u.

Mototsikl boshqaruvini oʻziga tanish boʻlib qolgan koʻchalar tomon harakatlantirar ekan, hamon shlem ichidan koʻz yoshlar toʻxtamagandi. Taehyung tunda tark etgan ushbu koʻchasiga qayta kelarkan, tunda koʻrinish bermagan barcha odamlar shu yerda edi hozir. Koʻcha yigit oʻylagandan koʻra gavjumroq.

Taehyung mototsikli tezligini pasaytirgancha nigohlarini yoʻldagi kichik doʻkonchalar-u, anchagina eski uylarga tikib ketar ekan, nogahon bu nigohlar oʻzi izlab kelgan insonni topgan edi.

Sue
Yeji
Hyunjin
Yeji
Taehyung

2-qism tugadi
Yoqimli mutolaa 💗