《 ᴏɴʟʏ ᴍɪɴᴇ 》
《 ᴏɴʟʏ ᴍɪɴᴇ 》
...
this fanfic translated by 𝐭𝐡𝐯_𝐲𝐮𝐧𝐬𝐨
V — BIG ENTERTAINMENTS kompaniyasining CEO’si. Ishda sovuq va qat’iy, lekin shaxsiy hayotda sokin va muloyim. U baland bo‘yli, uzun silliq sochli, jismoniy baquvvat va nigohlari yurakka o‘tadi. Iqtidorli, haddan tashqari jozibali. Kompaniyadagi ko‘plab ayollar undan ko‘z uzolmaydi, lekin hech kim unga yaqinlasha olmaydi — uning ikki tomonlama tabiati hammani chalg‘itadi.
Y/n — BIG ENTERTAINMENTS'da kotiba. U mehnatkash, mas’uliyatli, yetuk va har tomonlama qobiliyatli. Uzun sochli, jozibali ko‘zli, pushti labli, o‘ng yonoqdagi chuqurchasi bilan shirin tabassumli qiz. Ichki dunyosi yumshoq, g‘amxo‘r va sezgir. Ilgari u og‘ir, toksik munosabatdan chiqqan, ammo do‘stlari va oilasining sevgisi uni shifo topishga undagan.
Sina — Y/n’ning bolalikdan beri eng yaqin dugonasi. U mehribon, muloyim, lekin kerak bo‘lsa dadil va bad ass. Juda energiyali va yaqin atrofdagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.
Sam — Yaxshi, do‘stona va aqlli yigit. Juda g‘amxo‘r, yordamga tayyor va fikri o‘tkir. BIG ENTERTAINMENTS'da ishlaydi. Y/n bilan do‘st.
⚠️ 𝐎𝐆𝐎𝐇𝐋𝐀𝐍𝐓𝐈𝐑𝐔𝐕: 𝐁𝐮 𝐡𝐢𝐤𝐨𝐲𝐚𝐝𝐚 𝐤𝐚𝐭𝐭𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐦𝐨‘𝐥𝐣𝐚𝐥𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐬𝐚𝐡𝐧𝐚𝐥𝐚𝐫 𝐛𝐨‘𝐥𝐢𝐬𝐡𝐢 𝐦𝐮𝐦𝐤𝐢𝐧. 𝐎‘𝐳𝐢𝐧𝐠𝐧𝐢 𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐚𝐲 𝐡𝐢𝐬 𝐪𝐢𝐥𝐬𝐚𝐧𝐠, 𝐛𝐮 𝐪𝐢𝐬𝐦𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐨‘𝐭𝐤𝐚𝐳𝐢𝐛 𝐲𝐮𝐛𝐨𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢𝐧𝐠 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐞𝐡𝐭𝐢𝐲𝐨𝐭𝐤𝐨𝐫𝐥𝐢𝐤 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐨‘𝐪𝐢𝐬𝐡𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐦𝐤𝐢𝐧.
(kichik bir malumot fanfic ismlari boshqacha edi esizda bolsa ovoz berila degandim , shunday qilib yn golib edi va albatta hech kimni hafa qilmay har xil ism qoyib yubordim😁)..
Quyosh nurlari yuzini silab uyg‘otar, qushlarning chug‘urlashi va maktabga yo‘l olgan bolalarning ovozi bilan go‘zal bir tong boshlandi. U yuzida tabassum bilan ko‘zini ochdi, karovatda o‘tirgancha cho‘zildi va shu payt hammomdan chiqib kelayotgan dugonasini ko‘rdi.
Sina: — Tur endi, sust bo‘lma! Ishdagi birinchi kuningga kech qolasan hozir. O‘sha dangasa tanangni karovatdan chiqar!
Bir necha daqiqalardan so‘ng ikkalasi ham ishga tayyor bo‘lishdi. Nonushta paytida Sina Y/n’ning birinchi ish kunida asabiylashayotganini sezib qoldi.
Sina: — Xavotir olma, qizim. Hech narsa bo‘lmaydi. Bu oddiy kun bo‘ladi... borasan, muhitga ko‘nikasan, hammasini eplaysan. Men seni bilaman — sen buni uddalaysan!
Y/n: — Rahmat, Si.
Sen mening eng yaxshi insonimsan
Sina: — Albatta men eng yaxshimanu..!
Ular birga kulishib, ketishga tayyor bo‘lishdi.
Sina: — Kuning yaxshi o‘tsin, zavqlan... va esingdan chiqmasin — shokoladdek yigitlar haqida biror ma’lumot to‘plashni unutma!
Y/n bilan gaplashib turgancha, Sina asta yo‘lga tushdi...
Ikkalasi ham bir-biriga baqirib, o‘z ishlariga jo‘nab ketishdi...
Y/n ishga biroz erta yetib keldi. U birinchi kuni kech qolishni sira istamasdi, ayniqsa, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatish niyatida edi. Qabulxonaga yetib bordi va o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Y/n: — Kechirasiz... Salom... Yaxshi tong... Men —
Lekin u gapini tugatishga ulgurmay, resepshnist uni gap orasida bo‘ldi.
Qabulchi: — Yaxshi tong! Siz bilan tanishganimdan xursandman, miss. Endi Sam sizni ish joyingizga olib boradi.
Y/n bunday tez va bevosita muloqotdan hayron qoldi.
Jarangdor, chuqur ovoz eshitildi. Y/n o‘zini o‘girganida, yoqimli tabassumli yigitni ko‘rdi.
Y/n biroz tortinchoqlik bilan jilmaydi. Yigit unga qo‘lini uzatdi.
Y/n ham qo‘l uzatdi va qo‘lini berdi.
Sam: — Tanishganimdan xursandman, Miss Park Y/n.
Y/n: — Iltimos, shunchaki Y/n desa ham bo‘ladi...
Sam: — Bo‘ldi, yuring, ish joyingizni ko‘rsataman.
U uni ish joyi bilan tanishtirdi, nimalar qanday ishlashini tushuntirdi va o‘zini erkin his qilishi uchun harakat qildi.
Sam: — Agar biror narsa kerak bo‘lsa, bemalol menga murojaat qilavering.
Y/n: — Albatta..! Rahmat, Sam..!
Sam: — Har doim xush kelibsiz.. ;)
U tezda bir ko‘z qisib chiqib ketdi. Y/n o‘zini ancha qulay his qildi va ish joyidagi muhitga moslasha boshladi.
Ko‘p vaqt o‘tmay, u tezda hammasini tushunib oldi...
Shunday qilib, kun ohangda o‘tdi...
Y/n uyga yetib kelganda, Sinani k-drama ko‘rib yig‘layotganini ko‘rdi. Y/n bu ahvolni ko‘rib kulib yubordi.
Y/n: — Bu shunchaki drama, tentak!
Boshlari ustidan engilgina silab, u xonasiga kirib yangilandi. Qaytib chiqsa, Sina kechki ovqat tayyorlayotgan edi.
Y/n: — Xo‘sh, kuning qanday o‘tdi?
Sina: — Hmmhmm... Odatiy. Bolalar hamon baqir-chaqir, ortimdan quvishadi, o‘ynashadi — xullas, o‘sha-o‘sha. Lekin kut! HOZIR SENING KUNINGNI ESHITAMAN...!
Y/n: (chuqur nafas olib) — Hamma narsadan juda xavotirdim, o‘zimni yaxshi ishlay olmayman deb o‘yladim, lekin baribir hammasi yaxshi o‘tdi. Kompaniyaga ertaroq bordim, ro‘yxatdan o‘tdim, o‘zimning ish joyimni oldim... ishladim... va o‘rganib ketdim. Hattoki bitta do‘st ham orttirdim...
Sina: — DO‘ST???!!! Qani, davom et, eshitayapman...
Y/n uning hayajoniga kulib yuboradi va davom etadi.
Y/n: — Ismi Sam. Yaxshi bola. Aql-idrokli, ochiqko‘ngil. Ish joyimni ham o‘sha ko‘rsatdi.
Sina: — Hmmm... Demak...! Boshqalar bilan ham tanishdingmi??
Y/n: — Yo‘q... Sam ularning yig‘ilishda ekanini aytdi, shuning uchun...
Kechki ovqat paytida ular har xil kulgili mavzularda gaplashib, kulishardi.
Y/n: — Si... yotaylikchi, charchab ketdim. Sen esa bolalar bilan o‘ynab, qanday charchamading o‘zi???
Sina uning gaplariga kulib qo‘ydi. So‘ng Y/n bilan birga dasturxonni yig‘ishtirishdi. Ishlar tugagach, ikkalasi ham yotishga ketishdi.
Sina: — Y/n... U rostdan ham faqat do‘stmi?
Sina: — VOY XUDOYIM! Tinchlan... Bilasan-ku, seni ermak qilishni yoqtiraman!
Sina: — YAAAAAAH! Qanday qilib menga “kampir” deding?!
Sina yaxshi biladi: seni eng tez yengadigan narsa — qitiqlash. Va u aynan shunday qildi.
Y/n: — XUDOYIM! TO‘XTAAA... SINA!
keyingi kun ceo bn uchrashuv...
birinchi ep ham tugatish bu ff ni astoydil tarjima qildim iltmos mehnatimni qadrlab reaksiya va albatta koproq koment yozib keting pls.❤️❤️😁😁😁🥹🥹🥹🥹