《 ᴏɴʟʏ ᴍɪɴᴇ 》
Har doimgidek, Y/n kompaniyaga erta yetib keldi va ishlariga sho‘ng‘idi. Kotiba sifatida u juda ko‘p hujjatlar va ishlar bilan shug‘ullanishi kerak edi.
taq-taq
U ortiga qaradi — Sam unga salom berayotgan edi.
Sam: Bosh direktor sizni chaqiryapti.!
Y/nning biroz hayajonlanganini ko‘rib, Sam uni tinchlantirmoqchi bo‘ldi.
Sam: U juda sovuq va qattiqqo‘l odam. Faqat dadil bo‘l, o‘zingni qo‘yma.
Y/n katta, qora eshikni ko‘rib yuragi gupillab ura boshladi. Bu eshik CEO — Bosh direktor xonasiga olib borardi. U sekin eshikni ochib, ehtiyotkorlik bilan so‘radi:
Y/n: Ichkariga kirsa bo‘ladimi, janob?
U chuqur, sovuq ovozni eshitib seskanib ketdi. Xonaga kirdi — u odam kreslosida o‘tirgan edi, orqasi unga qaratilgan.
??: Men shunchaki sizni tanib olishni xohladim va ogohlantirib qo‘ymoqchiman — ishni yaxshi bajarsangiz, xavfsiz bo‘lasiz. Ammo noto‘g‘ri bajarsangiz — faqat ikki yo‘l qoladi...
Y/n bu so‘zlarni eshitib hadik bilan og‘ziga qurib, qiyin ahvolda qoldi. Ammo u hali gapini tugatmagandi...
??: Birinchisi — ishdan bo‘shatilasiz. Ikkinchisi — jazoga duch kelasiz. Tanlov sizniki.!
Y/nning miyasi qo‘rquvdan butunlay bo‘shab qolgandek edi. Birdaniga paydo bo‘lgan qo‘rquv uni jimjit o‘ylar girdobiga tortdi. Ammo u chuqur va qat’iy ovoz bilan yana o‘ziga keldi:
Shu bilan Y/n tezda ish stoliga qaytdi. Yuragi joyiga tushgandek bo‘lib, chuqur nafas oldi. taq-taq
U boshini ko‘tarib qarasa — bu Sam edi, nigohi xavotirga to‘la edi.
Sam: Yaxshimisan? O‘zingni arvoh ko‘rgandek tutyapsan.
Y/n: Juda qo‘rqinchli edi... u menga savol bergan uslubi asablarimni butunlay egdi. Nega u shunaqa qo‘rqinchli o‘zi?
Sam: Y/n, tinchlan. Bunga ko‘nikib ketasan. Bu birinchi marta bo‘lgani uchun shunaqa asabiy bo‘lding, xolos...
Sam: Y/n, men ketishim kerak. Ko‘rishguncha.
Y/n kechki ovqatda o‘y surib o‘tirgan edi. Sina bu holatini darhol payqadi.
Sina: Azizim, yaxshimisan? O‘zingni yo‘qotgandek ko‘rinyapsan.
Y/n: Aa... ha. Faqat u kishining chuqur ovozi xayolimdan chiqmayapti. Yuragimni gangitib yubordi...!
Sina: Kim haqida gapiryapsan? Sammi?
Y/n: Yo‘q, bu — mening kompaniyamdagi CEO.
Y/n: Bugun u bilan uchrashdim va voy xudoyim..! Juda kuchli edi. Ovozini eshitsang edi — juda jozibali. Ammo gapirgan uslubi — go‘yo olov. Shunchalik hayajonlandimki, yuragim to‘xtab qolay dedi.
Sina birdan qahqaha otib kulib yubordi va kulgisi orasida so‘radi:
Sina: Sen... hali ham uning ismini bilmaysan, shundaymi?
Y/n esa uyatchan kulimsirab javob berdi.
Sina: Yaxshiyamki, u o‘zi ismingni so‘radi, o‘zinikini emas!
Ikkalangiz yana kulib yubordingiz, xonani quvnoq kulgi to‘ldirdi.
Hamma narsa yaxshi kechdi. Kunlar ketidan kunlar o‘tdi, va Y/n aynan o‘ylagandek — ishini a’lo darajada bajarayotgan edi.
Oradan ikki oy o‘tdi, u hali ham o‘z ishiga ishonch bilan, mukammal darajada yondashardi. Vaqt qanday o‘tayotganini ham sezmay qoldi…
Kompaniya nihoyatda yirik loyiha ustida ishlash arafasida edi. Taehyung bu mas’uliyatli ishni bajarishda eng ishonchli va professional xodim — Y/n ga ishontirib topshirmoqchi bo‘ldi. U Samni chaqirib, Y/n hozirgacha qilgan ishlar bo‘yicha hujjatlarni olib kelishini aytadi.
Sam: CEO sizni bugungi holatgacha bajarilgan ishlar bilan uchrashishingizni xohlayapti.
Y/n: Tushunarli. Rahmat aytganing uchun.
Unga minnatdorlik bilan jilmaygan Sam yana so‘radi:
Sam: Bugun seni mashinada olib qo‘yaymi?
Y/n: Yo‘q, rahmat, Sam. Ammo bugun kech qolaman, sen uyga ketaver. Yana bir bor rahmat.
Sam: Xop. Keyinroq ko‘rishamiz.
Y/n vaqtni bekorga sarflamay, tayyorlangan hujjatlar bilan CEO ofisiga yo‘l oldi.
Bu safar u ishonch bilan eshikdan kirardi. Endi u vaziyatni yaxshi bilardi — CEOning fe’l-atvori, ishga yondashuvi ham unga ayon edi. Bu uni dadil qilgan edi.
V: Hujjatlarni olib keldingmi?
Ijobiy javobni eshitgan V asta o‘girildi — va ko‘rgan manzaradan lol qoldi.
U qarshimda turardi. Men esa to‘xtab qolgancha, ko‘zlarimni katta ochib, uning har bir nozik jihatlarini yutib olayotgandek tikildi
U qarshimda turardi. Men esa ko‘zlarimni katta ochgancha, uning eng mayda jihatlarigacha ilib olayotgandek tikilardim.
U shunchalik go‘zal edi. Uzun qora sochlari orqaga tartib bilan yig‘ilgan, ko‘zlari esa yulduzdek yaltirardi. Yonoqlaridan biri chuqurcha bilan bezalgan, lablari esa pushti va jozibali edi.
U tizzagacha qora tor yubka, ustiga esa yenglari biroz shishasimon, ipakdek oppoq ko‘ylak kiygan — ko‘ylagi yubkaga tiqilgan, belini chiroyli tarzda ajratib turardi. Shu holat uni bir vaqtning o‘zida ham beozor, ham maftunkor qilib qo‘yardi. Birdaniga nigohlarimiz bir-biriga taqaldi.
U juda ham jozibali, ko‘zni qamashtiradigan darajada chiroyli edi. Sochlari peshonasiga tushgan, ipakdek yaltirardi.
Uning ko‘zlari.
Qorong‘u, kuchli va o‘tli — xuddi har qanday to‘siqni yorib o‘tadigan kuchga ega kabi.
U oddiy, ammo juda zamonaviy ko‘rinishda edi — qora tor shim va ko‘kchilim rangdagi ko‘ylak, yuqori tugmalari ochiq, bu orqali ko‘rinib turgan yelkasi va ko‘kragining ozgina qismi yuragimni tez urdirardi. Qo‘llari yenglarini orqaga qayirib olgan — harakat qilganida yelkalari va tomirlari aniq ko‘rinardi. Ko‘ylak tanasiga yopishib, uning mukammal gavdasini yanada ochib ko‘rsatardi.
Men uning ko‘zlarida adashib qolgandek edim... To u yo‘talgandek bo‘lib ovoz chiqarguncha.
O‘zimga keldim va uning labidagi yengil tabassumni ko‘rib, yuragim yana bir bor qattiq urdi. Bu tabassum — ayni paytda ham jozibali, ham xavfli tuyuldi.
CEOning ofisi — kechki jimjitlik hukm surmoqda
Havo tarang, lekin ich-ichidan nimadandir iliq va kuchli his taralayotgandek...
Taehyungning yurakni larzaga keltiruvchi chuqur ovozi yangradi:
V: “Fayllarni olib keldingmi?”
Y/n cho‘chib ketdi. Unga tikilib turganini sezib, qizarib ketdi va tezda nigohini fayllarga qadadi. Taehyung esa fayllarni ko‘zdan kechirar ekan, bir necha marta unga qarab qo‘ydi. Uning tirnoqlarini asabiy chaynayotganini ko‘rib, bu holatni juda yoqimli deb topdi.
Keyin birdan unga qattiq qarab qoldi.
Y/n bu nigohni yuragida his qilib, qiynalib bo‘lsa-da, boshini sekin ko‘tardi. Lekin nigohlar to‘qnashgan zahoti ko‘zlarini yana yashirdi — bu holat yuragini g‘alati urdirdi.
V(ichida): “Voy, yana ushladi! Yana qarab turganini bildim. Nega u shunchalik chiroyli? Nafasni to‘xtatadigan darajada jozibali… va… va… juda hot! Aynan bugungi libosi meni hushimdan ketkazmoqda…”
Birdan uning qattiq, mag‘rur va chuqur ovozi eshitildi:
V: “Ishlaring qanday ketayapti?”
V: “O‘zing yaxshi yuribsanmi?”
Y/n: “Ha… qo‘limdan kelgancha harakat qilyapman.”
Taehyung uning bu noqulay, ammo samimiy holatini kuzatib, yengil jilmaydi. Bu jilmayish xavfli edi — lekin shu bilan birga qanchalar o‘ziga tortuvchi...
V: “Ko‘rib turibman. Shu sababli senga yangi vazifa topshirmoqchiman.”
Y/n asta boshini ko‘tardi, lekin nigohlar bilan to‘qnashishni istamasdi. Chunki bu yuragidagi to‘fonni kuchaytirardi.
V: “Kompaniyamiz katta loyiha oldidan turibdi. Shu loyiha bilan bog‘liq hujjatlar, uchrashuvga tayyorgarliklar — barchasini senga ishonib topshirmoqchiman. Uchrashuv keyingi hafta. Tayyor bo‘lishimiz shart. Tushundingmi?”
Y/n (nafasini to‘xtatib): “Ha, tushundim. Albatta, bajaraman.”
Rahmat aytish uchun boshini ko‘targanida... u ko‘rgan manzara yuragini yana bir bor ezdi. Taehyung stulida orqaga suyangancha o‘tirar, o‘ng qo‘li labining pastki qismida, chap qo‘li esa stul suyanchig‘ida edi. Uning nigohi Y/n’ni to‘liq kuzatayotgan edi — boshi, ko‘zlari, qomatigacha...
V: “Bugun juda chiroyli ko‘rinyapsan…”
Bu so‘zlar havoga aytilgan emasdi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurakka urilgandi.
Y/n esa hech nima deyolmadi. Til lol, yurak esa g‘imirlab urardi.
V: “Bugun erta ketsang ham bo‘ladi.”
Y/n (sekin bosh irg‘ab): “Rahmat… janob.”
U eshikka qarab yurarkan, har bir qadami ortda qolayotgan issiq nigohni yuragida his qilar, lablarida esa jilmayish paydo bo‘lardi...
(shuncha yozganimni qadrlang ozi vaqtim yo oqishdan bosholmay yuribman , hafa qilmay fikr yozib keting 🥺)