life can't go without you
EP 7: Qaytish
Telefon orqali eshitilgan ovoz… Shu ovoz… Shu yurakdan chiqqan hayajon…
Yunso: “Yo‘q, men bu yerdan keta olmayman…”
Taehyungning yuragi yana sinib ketdi. Uning butun kuchi shu uchrashuv, shu ovozni yana eshitish edi. Endi esa yana yo‘qotish xavfi…
Taehyung: “Nega?! Nega yana mendan uzoqlashyapsan?”
Yunso ko‘zlarini yumdi. Nafas olishi og‘irlashgan, qo‘llari esa qaltirardi.
Yunso: “Tae… hammasi shunchaki oson emas. Men Jihoondan qutula olmayman. U… u juda xavfli.”
Taehyungning mushti bijg‘ib ketdi. Ichidagi g‘azab uning butun tanasini titratardi.
Taehyung: “Xavfli? U senga nimadir qildimi?! Javob ber, Yunso!”
Yunso jim qoldi. Shu jimlik yetarlicha javob edi.
Taehyung: “Xo‘p… tushundim.”
Shu so‘zlari bilan Taehyung chuqur nafas oldi. Yuragidagi g‘azabni yutib, o‘zini bosishga harakat qildi. Ammo ichida bir qaror allaqachon shakllanib ulgurgandi.
Taehyung: “Men seni olib ketishga tayyorman.”
Yunso nigohini pastga soldi.
Yunso: “Tae… bu shunchaki oson emas…
Jihoon hammasini nazorat qiladi. U hamma narsani biladi. Men qayerga borsam, kim bilan gaplashsam – hammasini kuzatadi.”
Taehyung: “Men hammasini hal qilaman. Faqat menga ishon.”
Yunso ko‘zlaridagi yoshlarini artdi. Shu paytgacha shunchaki orzu bo‘lib kelgan narsalar endi haqiqatga aylanishi mumkin edi.
Yunso: “Agar meni olib ketmoqchi bo‘lsang… oxirigacha borishing kerak.”
Taehyung hech ikkilanmadi.
Taehyung: “Men buni allaqachon tanlaganman.”
Yunso chuqur nafas oldi. U stol ustidagi qog‘ozga biror narsa yozib, qo‘liga siqdi. Keyin shivirladi:
Yunso: “Ertaga soat 2 da. Parkning orqa tomoni men hozri bir qishloqda man.
Shunday deb telefonni o‘chirdi.
Taehyung hali ham shok holatda edi. Uning hayoti yana harakatga keldi. Yuragidagi tuyg‘ular yana tirildi.
U sevgisini qaytarish uchun kelayotgan
Ertasi kuni havo og‘ir, siqilgan edi. Osmonda bulutlar to‘plangan, go‘yo tabiat ham kelayotgan bo‘ronni sezgandek edi.
Taehyung qora kapyushon ostiga yuzini berkitib, parkning orqa tomoniga keldi. Ko‘zlari atrofni kuzatar, ichida esa yuragi tinimsiz urardi.
U uzoqda Yunsoni ko‘rdi.
Qiz boshini egib turgancha atrofni kuzatayotgandi. Qaltirayotgan qo‘llari uning qo‘rquvini ochiq-oydin ko‘rsatardi.
Taehyung sekin yurib bordi.
Taehyung: “Yunso…”
Qiz darrov boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlarida ishonchsizlik va tashvish bor edi.
Yunso: “Tae…”
Taehyungning butun tanasi muzlab ketdi.
U shiddat bilan oldinga yurdi. Ko‘zlari g‘azab va hasad bilan yonardi. Orqasida ikki nafar soqchi bor edi.
Jihoon: “Sen mendan qochmoqchimisan, Yunso?”
Yunso seskanib ketdi. Taehyung qizning qo‘lidan ushladi va oldinga o‘tib, uni himoya qildi.
Taehyung: “Uni tinch qo‘y!”
Jihoon kulib qo‘ydi. Bu kulgu ichida achchiq kinoya va g‘azab bor edi.
Jihoon: “Sizlar sevishganlar, to‘g‘rimi? Menga qara, Kim Taehyung… Bu qiz endi meniki.”
Taehyung: “Yunso senga hech qachon tegmagan. Sen uni majburlading.”
Jihoon boshini egib kuldi.
Jihoon: “Ha, bo‘lishi mumkin. Ammo muhim narsa shuki, u hozir mening rafiqam. Sening yillar davomida orzu qilgan sevging endi menga tegishli.”
Taehyungning butun tanasi titradi. U ichidagi g‘azabni jilovlashga harakat qildi.
Lekin Jihoon so‘nggi zarbani berdi.
Jihoon: “Va bilasanmi… men unga ruxsat bermayman. U mendan qocholmaydi. Chunki…”
U oldinga yurdi va Yunsoni zo‘r bilan o‘ziga tortdi
.
Jihoon: “U faqat men bilan bo‘ladi.”
Bu payt Taehyungning ichi yonib ketdi. Shu daqiqada hamma narsa yorilishiga bir bahya qolgandi.
Jihoonning yuziga qattiq zarba tushdi.
U yerga quladi.
Taehyung mushtini yana tugdi.
Taehyung: “Sen… Unga hech
qachon tegishing kerak emas edi.”
Jihoon labining qonini artib, baland kulib yubordi.
Jihoon: “Meni urasanmi? Hm… Mayli, ur! Lekin Yunso baribir mendan qutulolmaydi.”
Lekin Taehyung o‘zini yo‘qotmadi. U darrov Yunsoning qo‘lidan tortdi.
Taehyung: “Ketdik!”
U qizni orqasiga yashirib, yugurdi.
Orqadan Jihoonning ovozi eshitildi:
Jihoon: “TUTINGLAR Ularni!!!”
Ikkita soqchi ortidan yugurdi. malumot uchun janob ceo jihoonjoon mafialar orasiga qoshilb qolgandi va uni mafia dishmanli shunchaki tomosha korsatib yunsoga oyin qilishgan edi
Yunso va Taehyung esa odamlar orasidan o‘tib, qochishga harakat qilishardi.
Shu payt Yunso shitirlagan tovush eshitdi.
Va…
BANG!
Yunsoning yuragi to‘xtadi.
Orqasidan Jihoon turgancha qo‘li bilan Taehyungga o‘q uzayotgan edi.
Ularning orasi juda qisqa edi…
Shu payt…
Taehyungning yelkasiga o‘q tegdi.
Uning tanasi qattiq silkindi va yurib ketayotib to‘satdan tizzasiga yiqildi.
Yunso dahshat bilan orqasiga o‘girildi
.
Yunso: “TAE!!!”
Jihoon esa kulib turardi.
Jihoon: “Sen uni olib ketmoqchi edingmi?
Ha?
Mana shunday tugaydi bu sevging!”
Yunso qaltirab, Taehyungning oldiga o‘tirdi.
Uning yuziga qo‘lini qo‘ydi.
Yunso: “Tae… iltimos, yo‘q… iltimos…”
Taehyung chuqur nafas olib, ko‘zlarini ochdi.
U lablarini qimirlattiyu, faqat bitta narsa dedi:
Taehyung: “Men… seni… olib… ketaman…”
Va shu payt parkda politsiya sirenalari eshitildi…