Binafsha yogʻdusi /KTHV
Awtor: Men yozishni hoxlayman shunchaki boʻyoq bilan emas, qonli bitiklar bilan. Meni asarlarimga qon aralashdi yozayotgan har bir satirlarim koʻz yoshi va qonga belandi, qonli boʻyoqlar bilan satirlarni qoraladim demak men qotilman shunday emasmi...
Sen hech havotir olma men seni to
oʻlimimga qadar sevaman, boshim ustiga
azroyil jonimni olish uchun kelganda
ham koʻzlarim oldida sen gavdalanasan.
Sen meni zulmat toʻla hayotimni yoritib
turgan binafsham boʻlib qolasan,
agar bu yorugʻ olamni mendan avval tark
etsang, men seni qalbimga koʻmaman.
Ha sen meni doʻzox kabi qorongʻu
yoʻllarimga nur sochgan binafshamsan...
Chapter /1
Baxor kunlari yomgʻiriy mavsumda seul koʻchalarida sevgan insoning bilan sayir qilish, qoʻl ushlashgan holda tungi chiroqlar tagida sayr qilib yurasan. Yigit aynan manashu chiroyli manzara tagida sendan boʻsa olishni hoxlaydi, oxistalik bilan qoʻllarini yuzinga qoʻyadi, koʻzlaringa boqadi va lablarini seniki bilan birlashtiradi.
Yo hudoyim bu qanday bemanilik hozir menga Hana shunday gaplarni soʻzlab beryapti aytishicha kecha Yoongi undan birinchi boʻsani olgan. Meni aqlimga sigʻmaydi qanday qilib Hana bunga indamay turgan yoki bu uni oʻziga ham yoqganmi ? Ha albatda yoqgan axir Hanaginam qachonlardan beri bu narsani orziqib kutar edi.
Men aqlimga sigʻdira olmayman jinsimga mutloq begona bolgan erkak tanasi menga teginishi va boʻsa olishi bu miyamda atom boʻmbasi bortlashi deganday gap. Erkak va ayol oʻrtasidagi yovvoyi munosabat yani oʻsha ongsizlik bilan ataluvchi sevgi, muhabbat degan narsalar menga mutlaqo begona, men hechqachon hechkimni sevib qolmayman men uchun eng aziz va qadirli narsa bu PUL. Puldan yaxshiroq narsa yoʻq nazarimda.
-Iltimos Hana bas qil koʻnglim bexuzur boʻlishni boshladi u sendan boʻsa oldi seni ogʻzinga uni tamakisini tami oʻtdi yo hudoyim naqadar jirkanch" burnimni jiyirgancha dedim
-Nimasi jirkanch axmoq men uni qaynoq taftini his qildim va osmonlarda ucha boshladim
-Qaynoq taftinimi yoki tamaki tamini ?
-Rhea bas qil senga bir narsani aytib boʻlmaydi, oʻzi Suminni kutsam yaxshi edi
-Voy buni tez arazlashini nima qilay men hozir seni gaplaringni hazm qila olmadim
-Yaxshi, yaxshi mayli gapirmadim unut. Menga Sumin 15daqiqada yoningizda boʻlaman deganiga mana yarim soat boʻldi bu qiz qayerda qoldiya" Hana shunday degancha soatiga qaradi va restoran eshigi tomon koʻz tashladi
-Junhoni uchratib qolgan boʻlsami " yonimdagi sharbatdan simirgancha Hanaga yuzlandim
-Yoʻq Junho koreyadan ketganiga 1oydan oshdi
-Toʻgʻri, lekin bu sevgi koʻrgisi kelgan boʻlsa ruxlari bir birini sogʻingan boʻlsa 1 daqiqaga qolmay uchrasha olishmasmidi ?
-Yo hudoyim yana meni mazax qilyapsan
-Yoʻq azizam boʻldi jim boʻlaman" doyim Hanani sevgi haqidagi soʻzlarini mazax qilishni yoqtiraman maktab davridan buyon bu qizni qanchadan qancha yigitlar tashlab ketishiga qaramay sevgiga boʻlgan ishonchi hech yoʻqolmaydi.
-oh ana Sumin... lekin yonidagi yigit" yigit soʻzini eshitishm bilan qoʻlmdagi sharbatni qoʻyib restoran eshigi tomonga qaradim ha rosdan ham Suminni yonida mutlaqo begona yigit bor edi. Baxtga qarshi u yigit Suminni qoʻli va belidan ushlab kelayotgandi biz ularni koʻrib angrayib qoldik bu tasqara kim boldi.
-Salom qizlar kechikganim uchun uzur yoʻlda tirbantlik sabab mashinamni qoldirib piyoda kelayotgandim, yashil chiroq yonishiga qaramay yoʻlga chiqib yuboribman va bir oz jaroxatlandim" Sumin oʻsha yigit bilan sekingina yonimizga keldi va shu soʻzlarni aytdi jarohat soʻzini eshitganimizdan soʻng oʻzimizga keldik va tezlik bilan Suminni oyoqlariga qaradik oʻng oyogʻi bint bilan bogʻlangan edi.
-Nima qanday boʻldi bu kim... kim qildi buni
-Hamasi joyida Rhea hechnarsa qilmadi janob Jimin meni shifoxonaga olib bordi va koʻrib turganingdek hamasi joyida
-Lekin oyogʻing Sumin buni kim qildi axir qaysi axmoq...
-Men xonim. Men Sumin xonimni turtib yubordim koʻrib turganingizday tashlab qochib ketmadim" oʻsha yigit birdan gapira boshladi
-Sizni aqlingiz joyidami qanday qilib bunday ish qilasiz hoy qoʻyib yuboring nega hali ham dugonamni ushlab turibsiz" oʻsha sariq sochli tasqarani qoʻllaridan Suminni tortib stulga oʻtqizdim
-Mayli xonimlar unda men keta qolay " Sumin yana oʻrnidan turib unga raxmat ayta boshladi
-Nega raxmat aytasan axir undan oʻtgan boʻlsa
-Ax Rhea boʻldi. uzur Jimin balki biz bilan tushlik qilarsiz
-Meni ishlarim bor edi lekin siz bilan doʻstlashib olganim uchun roziman oʻzimni ham juda qornim ochgandi
-Marhamat oʻtira qoling aytgancha meni ismim Hana Suminni dugonasiman bu esa Rhea" Hana endi tilga kirgan goʻdakdek shoshilib gapirdi
-Nimadan hursandsiz, siz aqildan ozganmisiz Suminni mashinangizda urib yuborib yana hechnarsa boʻlmaganday bu yerga olib keldingiz yana uyalmay biz bilan tushlik qilish yo hudo naqadar surbetlik
-Menimcha ketganim yaxshi Sumin siz bilan yana koʻrishib qolamiz degan umitdaman oʻzingizni extiyot qiling" boshini silkitgancha ketmoqchi boʻldi
-Hoy qayerga qochyapsiz uni oyogʻini koʻryapsizmi yana qoʻli ham singanga oʻxshaydi sizni politsiyaga tofshirish kerak
-Oddiy politsiya nima politsiyachilarni tanimaysizmi "uni mazax qilganday gapirdim va telefonimni qoʻlmga olib qongʻiroq qildim
-Hayirli kun janob bu yerda afta xalokat yuz berdi bilasizmi yana aftaxalokatni qilgan inson bu yerdan qochmoqchi" menga boshida ishonishmadi va manzilni aytganimdan soʻng Suminni koʻzlari kattalashib telefonimni qoʻlimdan yulqib olib qoʻydi
-Aqildan ozdingmi Rhea qanday politsiya oʻzingni bossangchi menda hammasi joyida dedimku
-Rhea xonim ming bor afsusdaman men bunday boʻlishini hoxlamagandim
-Hoxlamagansiz lekin unga tan jaraxot yetkazib bu yerga bezbetlarcha olib keldingiz shundaymi" qoʻllarimni koʻksimga bogʻlagancha kesatib gapirdim
-Yoʻq xonim siz tushunmayapsiz aslida men endigina koreyaga qaytgan edim
-Meni nima ishim bor koreyaga qachon qaytganingiz bilan qilgan jinoyatingiz uchun jazoyingizni olasiz tovon puli tolaysiz yoki osha politsiya mahkamasida kamida bir ikki oy otirasiz adashmasam shunday tezlikni oshirganingiz uchun jarima ham toʻlaysiz" gaplarimdan nafaqat Jimin butun qaxva xonadagi odamlar dong qotgancha tikilib turishardi Hana va Sumin shok holatiga tushib qolishgandi
-Qanday tovon puli, qanday jarima siz yaxshigina haddingizdan oshishni boshladingiz men oʻz yoʻlimda ketayotgan edim, yashil chiroq yonganida mashinalar yuradi lekin manabu aqilsiz dugonangiz yoʻlimga chiqdi" Jimin gaplaridan Suminni koʻzlari kattalashgancha oʻshqirdi
-Aqilsiz hali men senga aqilsiz boldimmi
-Dugonangiz majbur qildi men uzur...
-Hoy sen hozir nima deding aqilsiz dediya Sumin aqilsiz shundaymi" oʻsha tasqaraga yaqinlashgancha dedim - dugonam senga aqilsiz boʻldimi manabu sariq sochlaringni yulib olaman tasqara basharangni ham bejab qoʻyaman hozir axmoq" Jimin soʻzlarini tugatmasidan oldin uni orqa tomonidagi sochini uzun qismidan mahkam ushlab tortdim
-Meni aqilsiz dedimi" Sumin Jiminni fudbolkasidan tortib boshiga ura boshladi shu daqiqada politsiya yetib kelib bizni ajratdi
-Hoy hoy bu nimasi bu yerda aftaxalokat boʻldi deyishdi endi zoʻravonlik ham boshlandimi" politsiyachini ovozidan soʻng Sumin va men Jiminni qoʻyib yubordik
-Axx jin ursin janob bu qizlar aqildan ozgan ekan" Jimim politsia zobitiga qarab gapira boshladi
-Jimin ogʻayni qachon qaytding" men ularni bir biri bilan quchoqlashib koʻrishganidan hayratga tushdm
-Adashmasam 2soatcha boʻldi samaliyotdan tushganimga
-Ha ha kelishing bilan koʻngilsizliklar boshlandimi" yigit Jiminni yelkasiga yengil urgancha kuldi
-Nima derdik koreya meni doyim shunday omatsizliklar bilan kutib oladi" jin ursin bular doʻst boʻlib chiqdi koreya nafaqat Jimin uchun ayni damda meni ham omatsizliklar qurshoviga tashlab qoʻydi
-Oʻzingni ishlaring qalay togʻamni sogʻliqlari yaxshimi
-Suyukli togʻang juda yaxshi hech havotir olma
-Ax Taehyung hecham oʻzgarmapsan" Jimin kulgancha doʻstini yelkasiga qoʻl qoʻydi meni miyam shoʻk xolatiga tushib qoldi Sumin va Hanaga koʻz tashladim Sumin boshini qimirlatgancha ketishni maqul koʻrdi sekin sumkalarimizni olib u yerni tark etmoqchi boʻlganimizda Jimin meni tirsagimdan ushlab qoldi
-Qayerga ketyapsiz axir mendan tovon puli undurmoqchi edingizku
-Sen meni sizlab gapiryapsanmi "istexzo bilan dedi - voy buni qaranglar hozirgi jasur qiz qani, politsiya yonida muloyim mushukchaga aylanib qoldimi? " meni mazax qilib kichik qizaloqni ustidan kulganday yuzlarini burushtirb gapirdi
-Xoʻsh maxkamaga boramizmi oʻsha yerda hammasini xal qilamiz
-Maxkama, yana qanday maxkama janob biz hammasini yaxshilik bilan hal qila olamiz" Hana birdan qoʻrqib ketdi va shosha bisha gapira boshladi
-Men bunga harakat qildim lekin dugonalaringiz buni hoxlashmadi" Jimin menga koʻzlarini olaytirib qaradi
-Janob ayb sizdan ham oʻtdida oʻzingiz ham haddingizdan oshdingiz
-Adashmasam Hana edingiz Hana menga qarang men sizlardan uzur soʻradim hatto Suminni shifoxonaga olib bordim u yerda barchasi yaxshi ekanini aytishdi, buni sizlarga tushuntirmoqchi boʻlganimda manabu zoʻravon dugonangiz Rhea xonim haddidan oshdi" qoʻlini bigiz qilib menga yuzlandi
-Bu yerda haqiqiy zoʻravon bu siz Janob Jimin
-Boʻldi bas qiling bu yer jamoat joyi barchasini maxkamada gaplashamiz kim tovon puli toʻlashni biz hal qilamiz qani ketdik tashqariga yuringlar" biz tashqariga chiqdik palitsiya mashinasiga joylashib maxkamaga bordik tergov uchun ichkariga olib kirishdi
-Men tashqariga chiqib kelsam boladimi oyim qongʻiroq qilayotgandi palitsiyachi rozi boʻlmadi shu payt Jimin
-Taehyung Hana xonim ketaversa ham boʻladi u menga hechnarsa degani yoʻq bu ishlarga ham aloqasi yoʻq" poltsiyachi Hanaga maxkamani tark etishini aytganda Hana bizni yolgʻiz qoldirmasligini aytib rozi boʻlmadi lekin men. bizni tashqarida kutishiga majbur qildim.