May 25

Binafsha yogʻdusi  /KTHV

Chapter /2

Seni sevish men uchun odat emas, nafas olish kabi zaruratdir. Sen bo‘lmasang, men ham yo‘qman. Chunki hayotimning ma'nosi ham, baxtim ham senda yashaydi. Seni yo‘qotish — o‘zimni yo‘qotish bilan barobar...

Maxkama...

Boʻlgan voqeani politsiya zobitiga soʻzlab berdik, yozma ravishda ham qogʻozga tushunarli qilib yozdik. Sumin Jiminni ustidan shikoyat qilishni rad etdi barchasini tinchgina hal qilishni hoxladi zobit ham rozi boʻldi.

-Hoʻsh Park Jimin Min Suminga tezlikni oshirib tan jaroxati yetkazgani uchun tovon puli toʻlaydi" zobitni soʻzlaridan mamnun boʻldim -Sumin xonim yashil chiroq yonishiga qaramay mashina yoʻliga chiqib yuborganingiz sabab jarima toʻlashingiz kerak yoʻl harakati qoydalarini buzgansiz" Sumin bosh irgab rozi boʻldi. Sumin va men ornimizdan turganimizda politsiyachi yana gapira boshladi

-Jimin Min xonim chiqishingiz  mumkin ha aytgancha Sumin siz tashqarida meni yordamchimga uchraysiz" biz eshik yoniga yetganimizda u yana tilga kirdi -Choi xonim sizga ketishga ruxsat bermadim" men ortimga ogirildim u qoʻllarini koʻksiga bogʻlagancha tikilib turgandi

-Nega Rheani olib qolasiz barchasi tugadi menimcha, bu ish Jimin va meni oʻrtamizda Rheani bunga qanday aloqasi bor

-Hamma narsa yaxshi ketayotganida manashu zoʻravon xonim janjal uyushtirgan Park Jiminga tashlanganligi sabab alohida tergov qilamiz

-Men tashlandimmi" koʻrsatgich barmogʻim bilan oʻzimni ishoro qilib hayrat bilan qarab turardim

-Ha siz tashlandingiz" u ham meni imo qilib mazaxomuz gapirdi -Jimin ustingizdan shikoyat qildi endi sizni tergov qilishga majburmiz marhamat qilib oʻtiring sizlar esa xonamni boʻshatib qoʻysangiz" men Suminga hammasi yaxshi boʻlishi, tashqariga chiqishi haqida gapirdim surbet Jimin esa iljaygancha chiqib ketdi

-Hoʻsh mendan nima hoxlaysiz

-Rhea xonim ax shunchaki Rhea desam boʻladi togʻrimi rasmiyatchilikdan charchadim" menga oʻrindiqga oʻtirishmni aytdi borb yana oʻsha lanati joyga oʻtirdm

-Tezroq mudduoga oʻting"

-Mudduoni oʻzi yoʻq vasiy shaxsh chaqirasiz siz uchun garov puli toʻlaydi va bu yerdan ketasiz

-Garov pulimi men nima qildimki garov puli toʻlashimi kerak ?

-Rhea siz Jiminga tashlandingiz sababsiz urush chiqardingiz

-Haa men tushundim sen oʻsha tasqara doʻstingni yonini olib mendan oʻch olmoqchisan ikkoving kelishgan holda meni qilgan ishimga afsuslantirmoqchisizlar shundaymi hecham, hecham unday boʻlmaydi " oʻrnimdan turib ikki qoʻlimni uni stoliga tiragancha yuziga yaqin kelib gapirdim u ham menga yaqinroq keldi oramizda atiga 7 8sm masofa qolgandi

-Men sendan oʻch olmoqchi emasman lekin" bir oz jim boʻlib lablarimga koʻz qirida qaradi -lekin ayni vaqtda boʻsa olishni hoxlayman" uni gaplaridan koʻzlarim kattalashib seskanib ketdim shu kungacha hech bir yigit menga bunday narsa haqida ogʻiz ham ocha olmagan edi

-Aqildan ozganmisan" tez undan oʻzmni uzoqlashtirib oʻrindiqga oʻtirdim iloji borisha unga qaramaslikga harakat qilardim xona ichini tomosha qilishni boshladim

-Nega bunchalar bezovta boʻlyapsan hatto yuzlaring olma kabi qizaryapti" u yana meni ustimdan kula boshladi jin ursin meni uyalganligim yoki hayajonlanganimni sezdirib qoʻyadigon narsa doim yuzimni qizarishi

-Hecham qizarganim yoʻq

-Yaxshi yaxshi qizarganing yoq" yana iljayib gapirdi -vasiy shaxs chaqirasanmi

-Yoʻq hechkimni chaqirmayman men hech qanday yomon ish qilmadim

-Mayli bu seni hoxshing" qoʻliga simli telefonni olib qulogʻiga tutdi -Lion menga qarab yubor " 1daqiqaga qomay sochlari sariq boʻyi balad kelishgan yigit kirdi

-Eshitaman janob

-Bu xonimni kameraga olib bor qachon vasiy shaxs kelib garov puli toʻlasa kegin chiqarasan

-Hoʻp janob" dedi va meni qoʻlimga kishan sola boshladi

-Hoy hoy qoʻyib yubor meni men hech qanday yomon ish qilmadim jin ursin qoʻyib yubor deyapman " men oʻsha Lionni aynan nozik joyiga juda qattiq zarb bilan teptim ikki bukchaygancha ruscha nima durlar deb soʻkina boshladi hayratdan Taehyung menga tikilib turgandi. Oʻzim ham qanday qilb uni tepib yuborganimni anglay olmadim, Taehyung oʻrnidan turib yonimga keldi uni boʻyi mendan ancha uzunroq edi gapirish uchun bir oz egildi

-Senga yaxshi munosabatlar yoqmaydigonga oʻxshaydi" deb ikki qoʻlimni kuch bilan oʻziga tortdi va kishan soldi

-Senga nima qildm oʻzi qoʻyib yubor" Taehyung gaplarimga quloq solmadi meni tirsagimdan ushlab eshik tomon torta boshladi shu daqiqada men polga oʻtirib oldim Taehyung menga hayrat bilan qaradi

-Tur oʻrningdan nima qilyapsan" men yoʻq deb boshimni silkitdim Taehyung qoʻlimdan qattiq torta boshladi polda ozgina siljiganday boʻldim natijada kishan qoʻlimni shilib yubordi. shunaqangi ogʻridiki koʻzlarimni qattiq yumib oldim. U yana tortgandi ogriqdan oʻzimni bazor tiyib turdim tortish foyda bermasligini bilgandan soʻng qoʻlimni qoʻyib yubordi va qoʻllarini beliga qoygancha tikilib turdi

-Sen qiz aqildan ozgan ekansanku" yonimga choʻkkalab oʻtirdi

-Menga qara nega koʻzlaringni yumib olding" sekingina uni koʻzlariga qaraganimda koʻzimga yosh toʻlgandi havotirlanib soʻradi

-Nima boʻldi nega yegʻlayapsan

-Yegʻlaganim yoʻq qoʻlimni yech ketishni hoxlayman

-Qayerga ketasan meni manabu soxta kozyoshlaring bilan aldamoqchimiding hali" oʻrnidan turib yana kishan oʻrtasidagi temirdan qattiq tortganida bilagimni qonaganini sezdim. Taehyung yana toʻxtadi va meni oʻtirgan joyimda belimdan mahkam ushlab bir deganda yelkasiga koʻtardi bu qanday sodir boʻlganini anglolmay qoldim qollarim kishanlangan holda uni yelkasiga urdim

-Aqildan ozdingmi tushur meni " egnimda binafsha rang hudi va mini yupka edi meni yelkasiga koʻtarganida yupkam koʻtarilganini payqadim meni dumbalarim uni yuziga yaqin turgani aniq edi. U yupkamni orqa qismidan ushlab bastga tortdi va shu koʻyi ushlagancha xonasidan tashqariga olib chiqa boshladi men tinmay qoyib yuborishini aytib qichqirardim.

Tasavur uchun Rheani egnida shunaqa binafsha rang hudi va yupkasi shu kaltalikda.

Maxkamadagi barcha odamlarni koʻzi bizda edi qulogimga bir politsiyachini soʻzlari chalindi

-Janob Kim uni yupkasidan ushlab olibdi ammo qizni oyoqlari juda oppoq uni men ham ushlab korishni hoxlardim" erkak kishi ham shunchalar surbet boʻladimi endi rosdan ham uyala boshladim, nega bunchalar kalta yupka kiygandim birinchi marotaba kiygan kiyimlarimdan juda afsuslandim

-Yupkamni qoʻyib yuboring iltimos" unga pichirladim

-Qoʻyib yuborsam seni dumbalaring bu yerdagi barchaga yaqqol koʻrinadi shuning uchun uzunroq kiyishing kerak edi"
bir necha daqiqadan soʻng meni tushirdi biz qator qator panjaralar oldida edik qoʻlimdagi kishanni yechdi

-Qoʻling jaroxatlanibdi

-Yo hudo men buni hech qachon payqamaysan deb oylagandim" kesatib gapirdim

-Shuning uchun yegʻlaganmiding

-Yoʻq men yegʻlamadim meni buyerga nega olib kelding" u qamoqxona eshigini ochib kirishimni aytdi

-Kirmayman hechqayerga"Taehyung indamasdan meni ichkariga itarib kirgizdi va eshikni qulfladi

-Jin ursin seni aqildan ozgan TOʻNKA" bor ovozim bilan baqirdim u hech narsa demay iljaygancha yoʻlak boʻylab yurib ketdi, mendan hatto telefonimni olib qoʻygandi oradan 15daqiqa oʻtgach oʻsha Lion isimli yigit keldi va menga qandaydir dori qutisini uzatdi

-Janob Kim berib yubordi" dorini olib qaradim qandaydur malham edi qoʻlimni jarohatiga qoʻyish uchun panjaralar orasidan qayta Lionni yuziga otdim

-Buni oʻsha janob Kiminga olib bor menga kerak emas" Lion oʻqraygancha yurib ketdi men esa oʻsha yerda kamida 3 4soat oʻtirdim

-Choi Rhea sizga garov puli toʻlandi chiqishingiz mumkin

-Nima kim. kim toʻladi

-Bilmayman xonim" men tez tez yurib tashqariga chiqdim chiqayotganimda telefonimni berishdi, mahkama hovlisiga chiqganimda opam Sumin Hana va Yoongi turishgandi chiqishim bilanoq opam yonimga yugurib kelib mahkam quchoqladi

-Axmoq qiz nega oʻsha zaxotiyoq qoʻngʻiroq qilmading

-Opa meni kechiring sizga yana koʻngilsizlik tugʻdirdim

-Minsu opa aslida men kechirim soʻrashim kerak sizdan ham Rheadan ham" Sumin oʻzini ayobdir his qilayotgandi boshini egib bizga qarab turardi
-Bas qiling hech kim bir biridan uzur soʻramaydi boʻldi uyga ketamiz" opam meni yana bagʻriga bosdi

-Yoongi sen buyerda nima qilyapsan

-Seni bu yerda olib qolishganini eshitiboq yetib keldim

-Ax sen Hanani yolgʻiz qolmasligi uchun kelding deb oʻylagandim

-Rhea men qoʻrqib ketdim axir Sumin va seni olib qolishadi deb oʻyladim" men qoʻlim bilan ogʻzimni yoptim va kulishni toʻxtatib Hanani bagʻrimga bosdim biz shu tariqa maxkamani tark etdik. Vaqt allaqachon kechgi 18:30 ni koʻrsatardi biz Minsu bilan uyimizga yetib kelganimizda 19:07 edi. Opam 29yosh va uni 9yoshli qizi bor Merini huddi oʻzimni qizim kabi yaxshi koʻraman....

Jimin nega bunday qilganiga tushuna olmadim Rheani ustidan yozmasa ham boʻlardi aslida avvaldan shunday edi kimdur jahlini chiqarsa oʻch olmasdan tinchimaydi. Men Rheani koʻtarib ketayotganimda Seojunni gaplarini eshitgandim oʻsha zaxoti uni oʻlguday doʻpposlagim kelgandi oʻzimni bazor bosib turdim. Rheani tashlab yana oʻz xonamga kirayotganimda Seojunga ishdan haydalganini aytim uni rasman ishdan haydadim toʻgʻri sababsiz haydaganim uchun menga chora koʻrishadi. Yoʻq men buni Rhea uchun qilmadim Seojun kabi ayollarga nisbatan ehtiyoji balad erkaklar bu jamiyatda boʻlishini oʻzi xato.

Rheaga opasi tomonidan garov puli toʻlanib maxkamadan chiqdi tashqarida doʻstlari bilan turganida unga oynadan qarab turgandim, u nima durlar deb kula boshlaganida yuragim gʻalati jizzilab ketdi xatto yuragimni dukurlagan ovozini ham yaqqol eshitayotgandek edim goyo koʻksimga qoʻlimni qoʻyib siladim

-Oʻzingni bos ogʻayni bu nimasi biz hech qachon ayollarni koʻrganda bunday boʻlmasdikku" kulgim keldi va sekin ortimga oʻgirib ish stolimga oʻtirdim u yerda ancha qogʻozlarga imzo qoʻydim soat 21:10larda yonimga Lion kirdi

-Janob ish vaqti tugadi uyga ketmaysizmi

-Sen ketaver Lion men yana bir oz ishlayman" Lion xonadan chiqib ketdi maxkamada kechki simena boshlandi men ishlamoqchi boʻldim ammo Rhea yana hayolimda sayr qila boshladi orindiqga suyanib boshimni ortga tashladim. Koʻzlarimni yumib Rhea bilan boʻlgan voqealarni oʻylab yuzimga tabassum yugurdi menga yaqin kelib gapirganidagi holati koʻz oldimda jonlandi birdan yodimga tushdi raqamini olgandim unga habar yozishni maqul kordim

21:13 ✉️Binafsha uyinga yaxshi yetib oldingmi " nega binafsha deganimni bilmayman balki sochlariga binafsha rang lenta bogʻlagani va huddi shu rangdan egniga hudi kiygani sababdur

Binafsha rang lenta...

Telefonimni qoʻlimdan qoʻymadim undan tezroq habar kelishini kutdim ha deganda yozavermagach umidim soʻnishni boshladi oradan 20daqiqa oʻtgach habar keldi

21:33 📩kechirasiz menimcha siz adashdingiz" u meni tanimadi tanimasligi aniq edi

21:34 ✉️yoq men adashmadim

21:36 📩uzur lekin men sizni tanimayman

21:36 ✉️sen tanishlarni shunchalik tez unutasanmi Binafsha

21:37 📩hoy menga qarang meni binafsha deyishni bas qiling kimsiz oʻzi qanday tanishlar sizni tanimayman dedim" yana jaxl qilishni boshladi hatto telefon ortida boʻlsa ham yuz ifodasini tasavur qilishni boshladim

21:37 ✉️nega asabiylashasan sendan havotirlandim

21:39 📩 kimsiz va nega mendan havotirlanasiz

21:39 ✉️qoʻlinga malham qoʻydingmi?

21:40 📩kimsiz deyapman qoʻlim jarohatlanganini qayerdan bildingiz?

21:40 📩shoshmang siz Taehyungsiz shundaymi jarohatimni bilganingizga qaraganda shunday yoki Lion senmi ? " birdaniga 2ta habar yubordi ha u meni tanidi lekin "Taehyungsiz dedi Lionni esa senmi" menga Lionni mensimaganday yozgani yoqgandi yuzimdan tabassum arimasdi

21:41 ✉️meni hechqachon tanimaysan deb oʻylagandim zoʻravon xonim

21:41 📩raqamimni qayerdan olding

21:41 ✉️unutdingmi men pllitsiyachiman

21:42 📩ha iskovich kuchiklar kabi hammayoqni tez topaman degin" uni har bir habarlaridan bor ovozim bilan kulardim

21:43 ✉️sen hoxlasang kuchuk ham boʻla olaman Binafsha " nimalar deyotganimni oʻzm his qilmasdim

21:43 📩qanday binafsha nima deyapsan

21:44 ✉️sen Binafsha kabi yorqin va bejirim koʻrinasan shuning uchun ham seni Binafsha deyishni hoxladim

21:45 📩sen haqiqatdan ham aqildan ozgansan. Mendan nima hoxlaysan shuni ayt va boshqa habar yozma

21: 46 ✉️sendan hech narsa hoxlamayman Binafsha

21: 47 📩yaxshi unda boshqa habar yozma

21: 48 ✉️nega?

21: 49 📩sen bilan nega habarlashishim kerak oʻylab koʻr sen kim san menga? " rostan ham men unga kimman nega menga habar yozishi kerak

21: 50 ✉️toʻgʻri aytasan senga hechkimman mayli hayrli tun" javob qaytarmadi lekin men yosh gĺdaklar sevimli multfilimlarini soatga qarab kutishgani kabi kutdim 15daqiqadan soʻng yana habar yozdim

22: 05 ✉️Rhea

22: 06 📩jin ursin nima deysan yana

22: 06 ✉️bir oz suhbatlasharmiz

22: 07 📩hech qachon

22: 07 ✉️nega axir Binafsha

22: 08 📩uf Taehyung daf boʻlsangchi

22: 08 ✉️Rhea men bilan shunchaki doʻst boʻlib suxbatlashish qiyin emas menimcha sen oʻylaganchalik yomon yigit emasman" shu habardimdan soʻng meni qora royhatga qoʻshdi oʻrnimdan sakrab turdim nega unday qildi men yomon gap yozmagandim xonada uyoqdan bu yoqqa yura boshladim va Lionga qoʻngʻiroq qildim...

𝟐 𝐛𝐨𝐛 𝐭𝐮𝐠𝐚𝐝𝐢

𝐌𝐮𝐚𝐥𝐥𝐢𝐟 : 𝐑𝐡𝐞𝐚 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐞𝐫

𝐏𝐀𝐈𝐍𝐅𝐔𝐋 𝐅𝐀𝐍𝐅𝐈𝐂𝐒 𝐊𝐀𝐍𝐀𝐋𝐈 𝐔𝐂𝐇𝐔𝐍 𝐘𝐎𝐙𝐈𝐋𝐃𝐈

𝐄𝐭𝐢𝐛𝐨𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐫𝐚𝐡𝐦𝐚𝐭