June 29

obsession

chapter 2

Taehyung va Yuna belgilangan kafeda uchrashishdi. Taehyung Yunani boylik va shon-shuhrat ichida ulg‘aygan kibrli qizlardan bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edi

Ammo Yuna kutilganidan ancha sodda va samimiy bo‘lib chiqdi. Ular stol atrofida qulay o‘rnashib suhbatni boshlashdi.

Yuna choyidan bir qultum ichib Taehyungga gapirdi:

— Klubda orqangdan chiqqanimda allaqachon ketib qolgan eding. Sen bilan tanishmoqchi edim.

Taehyung buning sababini izohlamoqchi bo‘lib mayin kulib qo‘ydi:

— Ha biz David bilan...

Taehyung gapini tugatishga ulgurmay ko‘zi kassa yonida turgan tanish yigitga tushdi. U yerda Jungkook turar beparvo nigohlari bilan atrofni kuzatar edi.

Taehyungning yuragi bir lahza urishdan to‘xtagandek bo‘ldi..

Jungkook uni ko‘rib qolishini istamasdi.
Taehyung tezda o‘rnidan turdi va Yunaga qarab gapirdi

— Yuna kel tashqarida biroz aylanamiz. Toza havoda gaplashib olamiz.

Yuna uning to‘satdan o‘zgarib qolganidan ovozidagi xavotirdan hayron bo‘ldi. U Taehyungning ortidan ko‘zlari bilan kassa tomon bir qarash qilib oldi lekin hech narsa demadi.

— Mayli yo‘q demayman — dedi u yumshoq va o‘rnidan turdi.

Ikkalasi shoshib kafedan chiqib ketishdi Taehyung esa hamon ortiga o‘g‘rilib Jungkookning qadamlarini kuzatardi

Ular odamlar shovqinidan uzoqroq sokinroq xiyobon tomon yurishdi. Taehyung chuqur nafas oldi va nihoyat yelkasidan og‘ir yuk tushgandek bo‘ldi.

— Bu yer ancha tinch ekan — dedi u xotirjamlik bilan — To‘g‘risini aytsam menga odamlar ko‘p bo‘lgan joylar yoqmaydi.

Yuna uning yonida qadam tashlab tabassum qildi:

— Ha tushunarli. Menga ham toza havoda gaplashib olganimiz yaxshi. Kafening ichi juda bo‘g‘iq edi.

Ular mavzudan-mavzuga o‘tib bir muddat mazmunli suhbatlashib yurishdi.

Ammo birdan qorong‘u butalar orasidan mushukning baqirgan ovozi eshitildi. Yuna to‘satdan cho‘chib tushdi va qo‘llari bilan ko‘ksini ushladi.

— Voy qo‘rqib ketdim — dedi u nafasini rostlab aytdi

— Menimcha mushukka nimadir bo‘ldi u yordam so‘rayotganga o‘xshaydi.

Yuna o‘zini o‘tlar va butalar tomon urib mushuk yotgan tarafga shoshildi. Taehyung uning ortidan qarab xavotir bilan chaqirdi:

— To‘xta nima qilyapsan? Yuna kut

Yuna egilib mushukka qo‘l cho‘zgan lahzada soyalar orasidan qora niqobli bir yigit chaqmoqdek tezlik bilan paydo bo‘ldi va uning boshiga qattiq zarba berdi.

Yuna hatto ingrashga ham ulgurmay o‘tlar ustiga yiqildi.

Taehyung nimalar bo‘layotganini anglashga ulgurmasdi, uning miyasi bu vahshiylikni qabul qilishdan bosh tortardi.
Taehyung qo‘rquvdan orqaga chekindi va qo‘liga og‘ir bir toshni oldi. Himoyalanish uchun uni baland ko‘tardi lekin yigit birdan to‘xtab Taehyungga o‘girildi.

Ularning nigohlari to‘qnashdi.

Taehyungning qo‘lidagi tosh yerga tushib ketdi.
Bu Jungkook edi.
Ammo Taehyung qarshisida turgan bu yigit o‘zi bilgan kulgisi bilan dunyoni yoritadigan "Kookie" emasdi. Uning yuzlari qonga botgan ko‘zlari esa muzdek hech qanday his tuyg‘usiz va yovvoyi boqardi.

Taehyung nafas olishni unutdi.

— Jungkook... — dedi u titroq ovozda ko‘zlariga ishonmay.

Jungkook qo‘lidagi qonga belangan g‘ishtni shunchaki yerga tashlab yubordi. U Taehyung tomonga qadam tashladi. Taehyung o‘zini himoya qilish uchun qotib qolgandi lekin Jungkook unga hujum qilmadi. Aksincha u yetib kelib Taehyungni mahkam quchoqladi.

— Yo‘q, yo‘q... iltimos qo‘rqma Taehyung — dedi Jungkook g‘alati ovozda. — Kechir qo‘rqitib yubordim.

— U senga yoqmayotgandi, to‘g‘rimi? — deb pichirladi Jungkook uning qulog‘iga — Buni bilaman. Sen faqat meni yaxshi ko‘rasan shundaymi?

Taehyungning tanasi muzlab qolgan tili kalimaga kelmasdi. U ko‘zi bilan yerda yotgan Yunaga bir nazar tashladi keyin yana Jungkookning nigohlariga qadaldi.

Qo‘rquv va hayratdan u nima deyishni qanday munosabat bildirishni bilmayotgan edi.

Jungkook Taehyungning yuzini kaftlari bilan ushlab unga tikildi.

— Uyga ketaylik — dedi u yumshoq

Ular jasadni mashinaga ortib uzoqroqdagi ko’lga tashlab kelishdi

Uyga kelib kiyimlardagi qon dog’larini yuvib olib uxlash uchun yotishdi. Taehyung qo’rquvdan ortiqcha harakat qilmasdi

Jungkook Taehyungni yotoqda tinch deyarli farishtasimon bir holatda quchoqlab yotardi.

Taehyung esa shiftga tikilgancha ko‘zlarini yuma olmasdi. Uning miyasida haligi qotillik tasvirlari tinmay aylanardi

Taehyung nima qilish kerakligini qanday qilib bu dahshatdan chiqib ketishni o‘ylardi. Shu payt xuddi uning fikrlarini o‘qiyotgandek Jungkookning ovozi eshitildi

— Nega meni aldading?

Jungkook ko‘zlarini ochmadi u Taehyungning qorniga boshini qo‘yib qimirlamay yotardi. Bu savoldan Taehyungning butun vujudi titrab ketdi.

U yutindi, ammo tovush chiqara olmadi.

Jungkook chuqur nafas oldi va xuddi o‘tgan voqealar oddiy bir tush kabi hech qanday ahamiyatga ega emasdek xotirjamlik bilan davom etdi

— Mayli, seni kechirdim

Jungkook uni yanada mahkamroq quchoqlab oldi go‘yoki Taehyung uning yagona mulki va dunyosi ekanligini ta’kidlayotgandek.

Ertalab U ko‘zlarini ochganida hali ham Jungkookning sovuq va qattiq quchog‘ida ekanini his qildi.

Taehyung ehtiyotkorlik bilan Jungkookning qo‘llaridan chiqishga urindi. Shu payt Jungkook qimirladi va ko‘zlarini ochmasdan bo‘g‘iq ovozda dedi

— Yana biroz... biroz uxlaylik.

Taehyungning yuragi tez urib ketdi u o‘zini imkon qadar xotirjam ko‘rsatishga harakat qildi:

— Meni o‘qishga ketadigan vaqtim bo‘ldi. Sen ham kech qolasan uyg‘onishing kerak.

Kutilmaganda Jungkook uni qo‘yib yubordi va xotirjamlik bilan "Mayli" deb javob berdi.

Taehyung Kiyinayotgan paytda Jungkook yotoq chetida o‘tirib unga tikildi. Uning nigohlari muloyim edi.

— Seni sevaman. Faqat seni. Juda, juda... — dedi u xuddi kechagi dahshatli voqealar hech qachon bo‘lmagandek samimiy ohangda.

Taehyung bunga hech qanday javob qaytarmadi.

Taehyung shkaf oynasidan Jungkookning aksiga ko‘zi tushdi. Uni g nigohlari sovuq edi. Juda ham tez o’zgarib ketdi. Taehyung orqasiga o‘girildi.

— Sen meni sevmaysan — dedi Jungkook past lekin titroq ovoz bilan aytdi

Taehyungning yuragi tez urardi. Uning xavotiri vahimaga aylana boshladi. Jungkook shoshilmasdan o‘rnidan turdi va stol ustida yotgan qaychini oldi.

Uning harakatlarida g‘alati edi.

— Sen meni sevmaysan... Men seni sevaman lekin sen meni sevmaysan — takrorlardi Jungkook qaychini havoda ushlab.

— Jungkook tinchlan Axir unday demadim, iltimos qaychini joyiga qo‘y — deb yalinardi Taehyung. qo‘llarini himoya uchun oldinga cho‘zib.

Jungkook birdan qiyqirib yubordi:

— MEN SENI SEVAMAN DEDIM SEN MENI SEVMAYSAN

Kutilmaganda Jungkook qaychini o‘z bo‘yniga sanchdi.

Taehyung ko‘zlari ochilib, qotib qoldi. Jungkook to‘xtamadi u qaychini bir necha bor qaytaqayta sanchar xona bo‘ylab qon sachray boshladi.

Taehyungning ko‘z o‘ngida dunyo qoraydi. Dahshatdan o‘zini yo‘qotgan yigit chiday olmadi va baqirib yubordi

— SENI SEVAMAN
Jungkookning harakati shu lahzada to‘xtadi. U qo‘lidagi qaychini erga tashladi. Qon ichida qolgan yuzida to‘satdan barcha yovuzlik yo‘qolib o‘rniga bolalarcha begunoh xotirjam tabassum paydo bo‘ldi.

U og‘ir nafas olgancha Taehyungga boqdi.

— Men ham seni sevaman — dedi Jungkook.

— Sen… nonushta qilib tur — dedi u Taehyungga xuddi har doimgidek mehribon ohangda — Men tayyorlanib yoningga boraman.

Taehyung nima deyishni bilmay shunchaki bosh irg‘adi. Oshxonaga kirib nonushtani tayyorlay boshladi.

Qo‘llari biroz qaltirardi. Ko‘p o‘tmayJungkook keldi va ular jimlikda nonushta qilishdi.

Jungkookning xatti harakatlari nigohlari hammasi shu qadar odatiy ediki go‘yoki biroz avvalgi qonli manzara shunchaki yomon tush bo‘lganiga ishongisi kelardi.

Nonushtadan keyin Taehyung eshik oldida poyabzalini kiyib tezroq bu uydan chiqib ketishga harakat qildi.

Ammo Jungkook uni to‘xtatdi. U Taehyungning oldiga kelib juda ehtiyotkorlik bilan uning ko‘ylak yoqasini to‘g‘irlab qo‘ydi.

Bu o‘sha har doimgi eski mehribon va sodda Jungkook edi. Uning ko‘zlarida hech qanday yovuzlik yoki g‘azab alomati qolmagandi.

U Taehyungga samimiy tabassum bilan qarardi.

Taehyung boshini rulga qo‘yib o‘zini bosishga urindi lekin qo‘llarining qaltirashi to‘xtamasdi.

U Davidga bo‘lgan voqealarni Yuna bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan tortib Jungkookning qaychi bilan qilgan dahshatli harakatigacha birmabir so‘zlab berdi.
David bo‘g‘iq ovoz bilan gap boshladi:

— Nimalar qilib qo‘ydik… Sen Yunaning otasi kimligini bilasanmi o‘zi?

— Bilaman bilaman... Agar ular bilib qolishsa hammasi tamom. Men ham qamalaman politsiyaga xabar berolmayman!

David darhol xotirjamlikni saqlashga urindi u Taehyungning yelkasidan ushlab qattiq silkitdi:

— Unday qilmaymiz Hozir xotirjam bo‘lishimiz kerak. Agar muammo chiqadigan bo‘lsa sen u yerda bo‘lmagansan, tushunyapsanmi? Sen hech narsani ko‘rmading hech narsadan xabaring yo‘q!

Taehyung esa Davidni eshitmasdi u o‘z xayollari ichida qolib ketgandi.

— Hoy sen tushunyapsanmi? — deb baqirib yubordi Taehyung — Ko‘z oldimda u o‘ziga qaychi sanchdi. U yigit emas u... u boshqa odamga aylanib qolgan edi. Men nima qilay David?

— U haqida ma’lumot qidiramiz Taehyung. Uni aslida kimligini nima uchun bunday o‘zgarishlar qilayotganini bilishimiz kerak. Bu oddiy holat emas.

— Lekin qayerdan olamiz? U o‘zi haqida hamma narsani yashiradi hatto o‘tmishi haqida ham hech narsa demaydi.

David sovuqqonlik bilan javob berdi:

— U o‘qiydigan kollej qayerdaligini bilasana?

Taehyung boshi bilan tasdiqlab qisqa javob qaytardi:

— Ha bilaman. Hozir uni o‘sha yerga tashlab keldim.

— Juda yaxshi, — dedi David mashinani o‘t oldirar ekan — O‘sha yerga boramiz. Uning hujjatlari, o‘tmishi, balki u yerda u haqida kimdir biror narsa bilar

— David… Nega aynan u bilan bu o‘yinni boshlashga majbur qilding? Nega aynan Jungkook?

David rulni mahkam ushladi uning yuzi bir zum jiddiylashdi. U to‘g‘riga qaraganicha sovuqqonlik bilan javob berdi:

— Oddiy garov edi Taehyung. Shunchaki oddiy garov... Bunday bo‘lishini, ishlar bu darajada murakkablashib ketishini hech o‘ylamagandim. Bilasanku, bu birinchi garovimiz emas. Bundan oldin ham bir nechtasi bilan o‘ynaganmiz hammasi o‘z yo‘li bilan yakunlangandi.