obsession
Taehyung va david manzil bo‘yicha ko‘rsatilgan eski xarobaning o‘rtasida joylashgan uy oldida mashinadan tushishdi.
Taehyung mashina eshigini qattiq yopib qadam tashladi va o‘zini bosishga urinib darvoza oldiga bordi. Uning ketidan ergashgan david esa atrofga shubhali nazar tashlab biror kutilmagan vaziyatga tayyor turgandek ko‘rinardi.
Taehyung mushtlari bilan eshikni taqillatdi.
"Yana bir marta” dedi u tishlari orasidan. U yana qattiqroq taqillatdi lekin natija o‘sha-o‘sha jimjitlik.
Vaqt o‘tgan sari Taehyungning sabr kosasi to‘lib borardi. U qo‘llarini beliga tirab ortiga o‘girildi va Davidga qarab gapirdi
— David ota-onasining raqamiga qo‘ng‘iroq qil. Tezroq
David telefonini chiqardi va raqamni terdi. Ular bir necha daqiqa davomida kutishdi lekin hech kim javob bermadi. Nihoyat Davidning sabri tugab telefonni o‘chirdi va g‘azab bilan Taehyungga o‘girildi.
— Rostini ayt sen shunchaki meni ustimdan kulyapsan shunday emasmi? Bu shunchaki ahmoqona o‘yin.
— Hoy aqldan ozdingmi? Yuna o‘lgani haqidagi elonni ko‘rmadingmi? Butun shahar buni muhokama qilyapti sen esa bu yerda menga ayblov qo‘yyapsan
— Ha rostan ham... o‘limi haqida eshitdim… Lekin, Taehyung hozir ishim boshimdan oshib yotibdi. Bu ishni... kel hammasini keyinga qoldiramiz xo‘pmi?
Aynan shu payt telefoniga qo’ng’iroq keldi. Ekranda Jungkookning ismi yonardi.
Taehyung chuqur nafas olib chetga chiqdi.
— Taehyung... kelyapsanmi? — Jungkookning ovozi har doimgidek mayin edi
U ovozini imkon qadar xotirjam tutishga urinib javob berdi
— Ha... oz qoldi hozir boraman.
U telefonni qo‘yib, yana David tomon o‘girildi.
Ular mashinaga o’tirib ketishdi
Taehyung uyga yo‘l oldi. Uy eshigini ochishi bilan Jungkook uni kutib turgandek darhol oldiga chiqdi va sog‘inch bilan quchoqlab oldi.
— Seni juda sog‘indim — dedi Jungkook uning yelkasiga boshini qo‘yib.
Taehyung yuziga niqob kabi soxta jilmayish qilib Jungkookning quchog‘idan chiqdi.
— Senga atab sen eng yaxshi ko‘rgan pishiriqni pishirib qo‘ydim. Hali ham issiq.
Taehyung stolga qaradi pishiriqning hidi xonani to‘ldirgandi lekin uning ishtahasi umuman yo‘q edi.
Taehyung pishiriqdan bir bo‘lak olib og‘ziga soldi.
— Juda mazali, rahmat. Men hozir yuvinib chiqaman — dedi va stoldan turib kiyimlarini olish uchun xonasiga yo‘l oldi.
U xonasiga kirib javonini ochdi. Lekin nimadir noto‘g‘ri ekanligini sezib ortiga o‘girildi.
Eshik yonida Jungkook turardi. Uning qiyofasi odatdagidan butunlay farqli edi qoshlari chimirilgan lablari yosh boladek g‘azab bilan burishtirilgan
— Men qilgan ishimdan afsusdaman — dedi Jungkook titroq ovoz bilan.
Taehyung biroz hayron bo‘lib xotirjamlik bilan javob berdi
— Meni sendan jahlim chiqmadi Jungkook.
Jungkook bu so‘zlarni eshitmadi. U to‘satdan portladi
— SEN MENI YOMON KO‘RIB QOLDING MEN QILGAN ISHIMDAN AFSUSDAMAN! SEN MENI YOMON KO‘RIB QOLDING!
Jungkook baqirishi bilan atrof o‘zgardi. Uydagi hamma narsa stol ustidagi vazalar kitoblar, hattoki devordagi ramkalar ham o‘z o‘zidan havoga ko‘tarila boshladi. Shisha siniqlari xona bo‘ylab sochilib devorlarga urilardi.
Taehyung nima qiliahni bilmasdi
— Jungkook bas qil Seni hali ham yaxshi ko‘raman Sen hamon o‘sha o‘zing bilgan Kookieimsan
Jungkookning yuzidagi o‘sha qo‘rqinchli g‘azab bir zumda yo‘qoldi.
Yuzini tabassum egalladi. U Taehyungga yaqinlashib biroz ikkilanib so‘radi
— Rostan ham shundaymi? Rostan ham meni hali ham yaxshi ko‘rasanmi?
Taehyung yuvinish xonasiga kirdi. Hammomdan chiqqanida Jungkook allaqachon yotoqxonada uni kutib o‘tirgandi. Ular bir birlariga hech narsa demasdan yotishdi.
Jungkook Taehyungni mahkam quchoqlab oldi
Taehyung ko‘zlarini ochib yoniga qaradi lekin o‘rin bo‘sh edi. Kechagi voqealar tushmi yoki o‘ngmi deb o‘ylab biroz dovdirab qoldi.
Lekin uydan eshitilayotgan shovqin pichoqning taxtaga urilishini eshitdi
Taehyung o‘rnidan turib yuz qo‘lini yuvdi.
Ko‘zgudagi aksiga qarab kechagi g‘alati voqealar haqida o‘yladi
U oshxona tomon yo‘l oldi. Eshik oldida to‘xtab manzaraga ko‘zi tushdi stol usti bayramona tarzda bezatilgan har xil pishiriqlar issiq choy va eng muhimi Jungkookning o‘zi xursand holda ovqat pishirib turgandi.
Kecha xonani titratgan o‘sha g‘azabli yigitdan asar ham qolmagan edi
Taehyungni ko‘rishi bilan Jungkook yuziga o‘sha tabassumini yoydi
Taehyung uning yoniga yaqinlashdi. Stolga ko‘z tashlab so‘radi:
— Bularning hammasini sen qildingmi?
— Ha bugun kunimiz yaxshi o‘tishini xohladim.
Bugun kun biroz og‘ir boshlangandi. Ta’til sabab Jungkook uyda qoladigan bo‘ldi Taehyung esa ishga qaytishi kerak edi.
Taehyung kiyimlarini kiyib sumkasini oldi. U harakatlanayotganda Jungkook unga soya kabi ergashdi. Eshik oldida Jungkook to‘xtadi
Jungkook past ovozda qo‘llari bilan Taehyungning yengidan ushlab gapirdi
— Mana shu yerda sen qaytguningcha kutaman.
Taehyungning yuragi bir muddat tezroq urib ketdi lekin u o‘zini qo‘lga oldi. U yana soxta jilmayib qo’ydi
Taehyung zinadan tushayotib o’ylardi: “bugun umuman qaytmasamchi? Agar shunchaki yo‘qolib qolsam u meni topa olarmikan?"
Ish davomida taehyung telfomiga umuman qaramdi
Ish tugashi bilan hamkasblari uni majburlab klubga olib ketishdi. Taehyung o‘zini biroz yengilroq sezishga urindi.
U burchakdagi divanda o‘tirib qo‘lidagi stakanni kuzatardi. Yonida o‘tirgan do‘sti uning yelkasiga qo‘lini tashlab so‘radi
— Taehyung nega kayfiyating yo‘q? Hamma raqs tushyapti sen bo‘lsang xuddi o‘likdek o‘tiribsan.
Taehyung chuqur stakandagi ichimlikdan bir qultum yutib qisqa javob berdi:
— Juda charchadim menimcha. Balki dam olish kerakdir.
— Qo‘ysangchi — dedi do‘sti kulib stakanlarni to‘ldirib
– Hamkorlar yig‘ilib turganimiz yaxshi streslar kamayadi. Bugun xohlagancha ichamiz hammasini unutasan
Taehyung do‘stiga qarab, soxta tabassum qildi. U hammasidan qutilishni istardi
Taehyungni telfoniga jungkookdan bir nechta xabar kelgandi. Yuragi biroz shuv etdi. Lekin yana o’chirib qo’ydi
Klubdagi shovqin musiqaning gumburlashi va odamlarning ovozi uni chalg‘itish o‘rniga battar sarosimaga solardi.
Shu payt hamkasbi rora uni yoniga kelib o’tirdi
— Taehyung kel birga raqsga tushamiz — dedi Rora uning yelkasiga suyanib
— Men raqsga tushishni xohlamayman Rora Biroz tobim yo‘q shunchaki o‘tirmoqchiman.
Rora kulib uning qulog‘iga yaqinlashdi:
— Xohlasang o‘zim seni otdek qilib qo‘yaman — u kulib Taehyungning qo‘lidan tortqiladi.
— Rora bo‘ldi qil O‘zing xohlagancha o‘yna meni tinch qo‘y.
— Yo‘q, sensiz qiziq... — Rora gapini tugatishga ulgurmadi.
To‘satdan musiqa ovozini ham bosib ketadigan keskin "paq" etgan tovush eshitildi Roraning gapirayotgan lablari bir zumda qotib qoldi. Uning peshonasining o‘rtasidan qon otilib chiqdi va u og‘ir vazn bilan Taehyungning ustiga quladi.
Odamlar baqirib har tomonga qochishga tushishdi. Musiqa uzilib o‘rnini quloqni teshib o‘tuvchi qichqiriqlar egalladi. Taehyung qotib qoldi. Roraning issiq qoni uning yelkasiga oqib tushardi. U kim o‘q uzganini allaqachon bilardi
Klubdagi tartibsizlikdan politsiya Taehyungni ham olib ketdi. Lekin guvohlar va kamera yozuvlari uning aybsizligini ko‘rsatgach qo‘yib yuborishdi.
Taehyung Uyga yetib kelib eshikni bir necha qavat qulfladi.
Derazalarni mahkam yopdi pardalarni tortdi. Xona ichi qorong‘u va bo‘g‘iq edi.
U divanga yiqilib nafasini rostlashga urindi. Qo‘llari titrab telefonini ochdi va Davidga xabar yozdi
— Meni uyimga kel David. Ko‘rishmasak bo‘lmaydi.
Davidning javobi zudlik bilan keldi
Taehyung barmoqlari qaltirab yozdi:
U telefonni qo‘yib xonaning burchagiga tikilib qoldi. Ichkarida qorong‘ulikda go‘yo Jungkookning ko‘zlari uni kuzatib turgandek tuyulardi.
Eshik taqilladi Taehyung glazokdan qaradi.
Davidning xavotirli yuzi ko‘rinishi bilan eshikni shartta ochib uni ichkariga tortdi va ketidan yana bir necha marta qulflab zanjirni taqdi.
David uning rang ro‘yi o‘chganini ko‘rib darrov so‘radi:
Taehyung qaltirayotgan qo‘llarini yashirishga urinib pichirladi:
— Jungkook... Jungkook yana bir qizni o‘ldirdi. Klubbda.David, biz uni politsiyaga topshirishimiz kerak aks holda bu hech qachon tugamaydi. Yoki…
David hayrat va g‘azab bilan Taehyungga tikildi
— Nega o‘sha yerning o‘zida politsiyaga topshirmading? Nega jim turding
— Qanaqa qilib? Dalil yo‘qbtushunyapsanmi? U shunchalik ayyorki hatto klubning barcha kuzatuv kameralarini buzib izlarini yo‘q qilib tashlagan. Men politsiyaga nima deb aytaman? "Mening sevgilim qotil" debmi? Ular meni telba deb o‘ylashadi
— Nimadir o‘ylab topish kerak David. Uni shunchaki qo‘lga olishlariga ishonolmayman.
— Hoziroq politsiyaga topshiramiz. Boshqa iloj yo‘q Taehyung U qotil
— Sen uni hali yaxshi bilmaysan. Politsiyaning unga kuchi yetishiga ishonolmayapman... U oddiy odam emas
Gapini tugatishga ulgurmay, eshik "gumbur" etib qattiq taqilladi. Bu shunchaki taqillash emas xuddi eshikni sindirib kirishga urinish edi. Ikkalasi ham dahshatdan qotib qolishdi. Taehyungning yuzi oqarib ketdi David esa beixtiyor bir qadam orqaga yurdi
Eshik ortidan Jungkookning xotirjam ovozi eshitildi:
— Taehyung... ichkaridiligingni bilaman. Eshikni och yo‘qsa o‘zim ochishga majbur bo‘laman.
— Seni shu xonada yashirib tur nima bo‘lsa ham chiqma
David ko‘zlari kattalashgancha ichkariga kirib eshikni yopdi. Tashqaridan eshik gumburlab qulflari sinish arafasida turardi.
Taehyung chuqur nafas oldi va eshikni ochdi.
Jungkook:
— Nega meni e’tiborsiz qoldiryapsan?
Taehyung yuziga soxta xotirjamlik niqobini kiyib javob berdi:
— Kechir... juda band edim ishlar ko‘payib ketdi.
Jungkook hech narsa demasdan uyga qadam bosdi. U xonadagi har bir burchakni kuzatib chiqdi
Nihoyat deraza yoniga borib to‘xtadi va ortiga o‘girildi. Uning yuzi oqarib ko‘zlari qorong‘uga aylangandi.
— Nega shunchaki men seni sevgandek meni sevolmaysan? —
— Yo‘q seni sevaman... men seni doim sevganman.
To‘satdan, Jungkook xonani larzaga keltiruvchi ovoz bilan baqirdi
— YO‘Q! Sen meni aldayapsan Sen meni har doim aldaysan!
Uning baqirig‘i bilan xonadagi hamma narsa stullar stollar idishlar qo’zg’ala boshladi.
— Nega meni sevolmaysan?
U qo‘liga tushgan og‘ir metall buyumni oldi va bor kuchi bilan o‘zining boshiga urdi.
Peshonasidan qon otilib chiqib yuziga tomardi
David o‘zini to‘xtata olmadi. U yashiringan joyidan shartta chiqib keldi va qo‘lidagi to‘pponchani Jungkookga to‘g‘rilab o‘q uzishga urindi.
Lekin Jungkook chaqqonroq edi. U David tepkini bosishga ham ulgurmay cho‘ntagidan o‘z to‘pponchasini chiqardi va ko‘z ochib yumguncha o‘q uzdi.
David polga gursillab yiqildi.
Taehyungni ko’zlari daxshatdan kattalashdi
— Yo‘q! Sen nima qilib qo‘yding? — deb baqirdi
Jungkook esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek yuzidan oqayotgan qonlarga ham e’tibor bermay Taehyungga yaqinlashdi.
— Meni sevishingni ayt — buyurdi Jungkook
— Seni sevaman — pichirladi Taehyung endi umid yo’qligini bilib
Jungkook qoshlarini chimirdi va yanada qattiqroq baqirdi:
Taehyung yig‘lab butun borlig‘i bilan baqirdi
Shu zahoti jungkook tinchlandi va Taehyungni mahkam quchoqlab oldi.
— Men ham seni sevaman — dedi Jungkook xuddi hech qanday qotillik sodir bo‘lmagandek
— Jin ursin hammasini... jin ursin!
Jungkook uni yanada mahkamroq quchoqladi taaehyung sekin uning quchog‘idan chiqdi.
Jungkook hayron bo‘lib so‘radi
Taehyung qadamlarini sekin tashlab Davidning qonga belangan jonsiz tanasi yoniga bordi.
Taehyung bir lahza u yerda to‘xtab, Davidga so‘ngra polga tushib ketgan to‘pponchaga qaradi.
Taehyung o‘ylab o‘tirmasdan to‘pponchani qo‘liga oldi.
Uning barmoqlari titramadi. U to‘pponchani o‘zining boshiga yaqinlashtirdi.
Taehyung ko‘zlarini yumdi va bor kuchi bilan tepkini bosdi.
Jungkook Taehyungning jonsiz tanasini quchoqlab bor ovozi bilan baqirib yig‘lay boshladi.
— Iltimos, o‘lma Taehyung, ko‘zlaringni och Sensiz bu dunyoda yasholmayman. eshityapsanmi? Seni sevaman
Uning ko‘z yoshlari Taehyungning yuziga tomardi lekin javob yo‘q edi. U beixtiyor yerdagi to‘pponchani oldi.
uni o‘zining yuragi tomon yo‘naltirdi. U o‘zini jazolashni Taehyung ketgan joyga birga borishni istardi.
"Men seni hech qayerga yolg‘iz qo‘ymayman” dedi u pichirlab.
U tepkini bosdi. O‘q o‘z nishoniga tegdi ko‘krak qafasini teshib o‘tdi.
Lekin... bir daqiqa o‘tdi ikki daqiqa o‘tdi.
Yuragi... hali ham urayotgan edi.
U qo‘lini ko‘kragiga qo‘ydi. O‘q teshigi bor edi qon to‘xtovsiz oqayotgan edi
Jungkook ko‘zlarini ochdi. Taehyung hali ham o‘sha holatda yotardi. Jungkook hech qachon o’zini o’ldira olmasligini tushundi. Endi taehyungni boshqa ko’rmasligini tushunib umidsizlikdan yig’lay boshladi