June 10

Obsession

Chapter 1

Klub ichida shovqin va ogʻir musiqa avjida edi. Taehyung har doimgidek doʻstlari davrasiga kelib qoʻshildi. Ular stol ustiga boʻsh shisha qoʻyib, "shisha aylantirish" (bottle) oʻyinini oʻynamoqchi boʻlib turishgandi.

Taehyung qoshlarini chimirib, kinoya bilan soʻradi:
— Uch kishi boʻlsak... qanday qilib bu oʻyinni oʻynaymiz?

Minyu sirli jilmayib, ichimligidan hoʻpladi:

— Xavotir olma, qizlar yoʻlda, kelishyapti. Bekorga taklif qilmadim.
Taehyungning koʻzlari porlab ketdi:

— Unda bugun oʻyinda kiss ham boʻlar ekan-da? Shu paytgacha har doim slap ni tanlardim.

Minyu bosh silkib tasdiqladi:

— Albatta, bugun hammasi qiziqroq boʻladi.

Koʻp oʻtmay qizlar yetib kelishdi. Ulardan biri darrov Taehyungning yoniga oʻtirdi. Biroz gaplashib, endi oʻyinni boshlamoqchi boʻlishganida, stol yoniga uchta notanish yigit yaqinlashdi.

— Biz ham oʻyinga qoʻshilsak boʻladimi? — soʻradi ulardan biri.

Yigitlar ancha yosh koʻringani uchun Taehyung va doʻstlari kulib yuborishdi. Minyu ularga kinoya bilan qaradi:

— Hali oʻsmir ekansizlar, bu oʻyinni oʻynashga yoshlik qilmaysizlarmi?

Taehyung vaziyatga aralashdi:

— Minyu, qoʻyaver, kelishsin. Qancha koʻp boʻlsak, shuncha yaxshi.
Yigitlar joylashishdi. Endi ular sakkiz kishi boʻlib oʻyinni boshlashdi.

Ular orasida Jungkook guruhdagi eng sirli yigit edi. Hatto doʻstlari ham u haqida koʻp narsa bilishmasdi. Yigitlar oʻzlarini tanishtirishgach, oʻyin boshlandi.

Minyu Taehyungga yuzlandi:

— Qani, Taehyung, shishani birinchi boʻlib sen aylantir.

Taehyung shishani aylantirdi va u doʻstlaridan biri Suhoga toʻgʻri keldi. Suho kulib: "Slap or slap?" dedi. Taehyung uning yuziga yengil tarsaki tushirdi. Oʻyin shu tarzda davom etdi.

Birozdan keyin

Navbatdagi safar shisha Taehyung va Jungkookni koʻrsatib toʻxtadi.

Taehyung unga tikilib: "kiss or slap?" deb soʻradi.

Jungkook labining chetida zoʻrgʻa seziladigan tabassum qildi. U hech qanday gap-soʻzsiz oʻrnidan turib, toʻgʻridan-toʻgʻri Taehyung tomon yaqinlasha boshladi. Taehyungning yonida oʻtirgan qiz vaziyatni sezib, biroz chetga siljidi va Jungkook hech ikkilanmay oʻsha yerga Taehyungning shundoq yoniga oʻtirdi.

Atrofdagilar pichirlay boshlashdi:
— U nima qilmoqchi? —

Jungkook Taehyungning yuziga juda yaqin keldi. Ularning orasida sanoqli santimetrlar qolgandi. Uning oʻtkir nigohlari Taehyungning koʻzlaridan sekin pastga, lablariga koʻchdi. Taehyung kutilmagan yaqinlikdan va yosh yigitning taratayotgan oʻziga xos bosimidan dovdirab hech narsa deyolmay, tili aylanmay qoldi.

kutilmaganda Taehyungning yuzida yengil tarsaki ovozi yangradi.

Jungkook bir qadam ortga tisarilib kulib qoʻydi:

— Slap

Hamma baravariga kulib yubordi. Faqat Minyu pichirladi:

— Men umuman boshqa narsa kutgandim...

Tungi soatlar oʻtib, oʻyin tugadi va hamma tarqala boshladi. Taehyung esa butun oʻyin davomida nega qiziqib qolganini bilmay, koʻzini Jungkookdan uzolmagandi.
Ular tashqariga chiqishgach, Minyu toʻsatdan soʻradi:

— Nima, sevib qoldingmi?

Taehyung shoshib qoldi:

— Nima?..

— Men darrov sezdim, oʻsha yigit seni qiziqtirib qoʻydi. Hatto qizlarga ham eʼtibor bermading, — dedi Minyu kulimsirab.

— Yoʻq, men yigitlarga qiziqmayman, — deb rad etdi Taehyung nigohini olib qochib.

Minyu esa uning yelkasiga urib qoʻydi:
— Qoʻysangchi

U doʻstining holatidan kulib qoʻydi, ammo Taehyungning xayoli haligacha oʻsha sirli yigit bilan band edi.

— U yigit biz bitirgan maktabda oʻqiydi — dedi Minyu toʻsatdan.

Taehyung ajablanib unga qaradi:

— Rostdanmi?

— Aytdimku — deb jilmaydi Minyu.

Taehyung oʻzini beparvo koʻrsatishga urindi:

— Oʻzi nega unga qiziqdim, bilmayman. Menga farqi yoʻq qaysi maktabda oʻqishi ham, boshqasi ham.

Minyu doʻstining koʻzlariga qarab, ayyorona pichirladi:

— Taehyung, kel garov oʻynaymiz.

— Qanaqa garov?

— Agar oʻsha bola bilan gaplashib, uni oʻzingga oʻralsa... Senga 2 ming AQSh dollari beraman.
Taehyungning koʻzlari kutilmagan taklifdan birdan kattalashib ketdi.

— Shunchaki u bilan uchrashsammi? E yoʻq, men bunday qilmayman. Kimnidir oʻyinchoq qiladigan ahmoq emasman.

— 5 ming, — narxni oshirdi Minyu.

— Hoy!

— Xoʻp, mayli, 10 ming dollar!

Taehyungning yuzida sekin jilmayish paydo boʻldi. U Minyuning aldamasligini yaxshi bilardi, chunki doʻsti juda badavlat oiladan edi.

— Qachongacha muhlat? — deb soʻradi u taslim boʻlib.

— Bir oy.

Taehyung kulib qoʻydi:

— Unda bir oy gey boʻlarkanmanda. Mayli, rozi man.

Minyu gʻolibona ohangda kulib yubordi.

Taehyung keyingi 3-4 kun davomida internetdan Jungkook haqida maʼlumot qidirib, uning sahifasini sinchiklab kuzatib yurdi. Nihoyat, oʻzida kuch topib unga yozdi va ular ijtimoiy tarmoqda tanishib olishdi.

Ertasi kuni Taehyung yigitni topish maqsadida oʻzlari bitirgan maktabga yoʻl oldi. Koridorda turib, darrov Minyuga qoʻngʻiroq qildi:

— Oʻzi aniq shu maktabda oʻqiydimi? — deb soʻradi xavotirlanib.

— Ha, oʻsha yerda oʻqiydi. Ichkariga kirib kimdandir qaysi sinfda ekanligini soʻra — deb javob berdi Minyu.

— Yaxshi.

Taehyung ichkariga kirib, yoʻlakda uchragan bir oʻqituvchidan Jungkookni soʻradi.

Oʻqituvchi yigitning darsi qachon tugab, qachon tashqariga chiqishini aytdi.

— Rahmat — dedi Taehyung va kutishni boshladi.

Koʻp oʻtmay dars tugab koridor odamlarga toʻldi. Taehyung olomon orasida Jungkookni koʻrib qoldi va tezda uning yoniga yurdi. Jungkook bir nechta doʻstlari bilan nimadir ustida kulishib, gaplashib turardi.
Taehyung unga yaqinlashib:

— Salom — dedi.
Jungkook ovoz kelgan tomonga burildi va Taehyungni darrov tanidi. U doʻstlari bilan suhbatni toʻxtatib, hech ikkilanmay toʻgʻri uning yoniga keldi.

Jungkook doʻstlarini qoldirib, Taehyungning roʻparasiga kelib toʻxtadi. Uning yuzida oʻsha oʻziga xos tabassum paydo boʻldi.

— Taehyung bu yergacha ovora boʻlib kelishing shart emas edi. Oʻzim borardim aytgan joyingga — dedi u goʻyo uning kelishini bilgandek xotirjam ohangda.

Taehyung esa garovni yodda tutgan holda, uning koʻzlariga tikilib, samimiy qiyofaga kirdi:

— Men kutolmadim. Tezroq seni koʻrgim keldi, — deb javob qaytardi

Jungkook uning bu gapini eshitib, past ovozda kulib qoʻydi. Uning bu kulgisi ortida nima borligini bilish qiyin edi, lekin u Taehyungning bu shoshqaloqligidan mamnundek koʻrinardi.