spoiler
Taehyung qizning ortida paydo bo‘lgan sharpani sezib, ogohlantirmoqchi bo‘ldi, lekin kech edi.
G‘ishtning qiz boshiga urilgan mudhish ovozi va uning jonsiz yiqilishi bir zumda sodir bo‘ldi.
Taehyung qotib qoldi. Qizning tepasida qonga belangan g‘isht bilan Jungkook turardi. Jungkook uni go‘yo odatiy ish qilayotgandek, qizning boshiga to‘xtovsiz urardi. Taehyung zo‘rg‘a uni tortib olib, dahshatdan titrayotgan ovozda baqirdi:
— Jungkook nega? Nega bunday qilding? Jungkook g‘ishtni tashladida jilmayib Taehyungni shunchalik mahkam quchoqladiki, Taehyungning nafasi bo‘g‘ildi. Jungkook uning qulog‘iga shivirladi
— Meni sevasan to‘g‘rimi? U seni bezovta qilayotganini ko‘rmayapsanmi? Sen u bilan gaplashishni xohlamayapsan Taehyung. Sening o‘rniga hammasini men hal qilaman. Sen faqat meniki bo‘lasan.
Taehyung Jungkookning ko‘zlariga qaradi va tushundi. Jungkook mutlaqo sog’ emas edi