June 13

Obsession

Chapter 2

Oradan bir necha kun oʻtib ular ancha yaqinlashib qolishdi. Baʼzida Jungkookning gʻalati aqldan ozgandek harakatlari Taehyungni hayron qoldirsada u eʼtibor bermaslikka harakat qilardi.

Tashqarida kuchli yomgʻir va dahshatli momoqaldiroq boʻlayotgan kecha. Taehyung telefonga termulib oʻtirganda Jungkook qoʻngʻiroq qildi:

— Men tashqaridaman... Meni uyingga olib kir qoʻrqyapman.

— Jungkook aytsang olib kelardimku nega aytmading? — Taehyung xavotirga tushdi

U ustiga biror narsa tashlab yugurib tashqariga chiqdi. Podyezd yonidan yomgʻir ostida jiqqa hoʻl boʻlib turgan Jungkookni koʻrdi. Darhol yoniga yugurib borib kiyimi bilan uni yomgʻirdan pana qildi:

— Aqldan ozdingmi?

Taehyung uni kvartirasiga olib kirdi. Jungkook esa aybdorlardek xafa ifoda bilan unga tikilib turardi.

Jungkook kutilmaganda Taehyungning ko'zlariga tik qaradi:

— Sen meni sevmaysan...

Taehyungning ichi muzlab ketdi. Yuragi urishdan to'xtagandek bo'lib miyasida faqat bir fikr aylana boshladi: "Nahotki u garov haqida bilib qolgan bo'lsa?"

Jungkook esa to'xtamasdi ovozi tobora balandroq chiqayotgan edi:

— Sen menga sevishingni aytmayapsan! Meni sevmaysan hatto o'zing qo'ng'iroq ham qilmaysan

Taehyung chuqur nafas olib uni tinchlantirishga urindi:

— Jungkook axir ertalabdan beri birgamizku? Uyga kelganimga endi ikki soat bo'ldi.

Jungkook yana baqira boshladi:

— Baribir meni sevmaysan! Men seni sevgandek sevmaysan!

Vaziyat yomonlashayotganini ko'rib Taehyung uning yelkalaridan tutdi:

— Bo'ldi o'zingni bos... Men seni sevaman.

Shu gapni eshitishi bilan Jungkookning boyagi jaxli va isterikasi g'oyib bo'ldi. U go'yo shuni kutgandek Taehyungni mahkam quchoqlab oldi va pichirladi:

— Men ham seni sevaman...

Ular ichkariga kirishdi. Xonadagi sokinlikni faqat ularning ogʻir nafas olishi buzardi.

Toʻsatdan Taehyung Jungkookni mahkam ushlab devorga tiradi. Yuzlari orasida atigi bir santimetrcha joy qolgan edi bir-birlarining qaynoq nafasini his qilib turishardi.

Shu soniyalarda ikkalasi ham jim qolib lablarida mayin tabassum bilan birbiriga tikilishdi. Chunki ayni damda ikkisining ham xohishi istagi bitta edi.

Taehyung nigohini uning lablariga qaratdi va ortiq oʻzini tiya olmay uni ehtiros bilan oʻpa boshladi. Jungkook ham goʻyo shu lahzani kutgandek unga darhol javob qaytardi. Bir ozdan keyin esa Taehyung sekin pastga tushib, uning boʻynidan oʻpishga oʻtdi...

Taehyungning lablari Jungkookning boʻyniga koʻchganda Jungkook koʻzlarini yumib uning yelkalaridan mahkam quchoqlab oldi. Har bir nafas har bir teginish ularni borliqdan uzib qoʻygandek edi.

— Taehyung... — Jungkookning ovozi pichirlashga oʻxshab titrab chiqdi. Bu shunchaki ism emas balki unga boʻlgan cheksiz bogʻliqlikning ifodasi edi.

Tungi shirin va hissiyotli lahzalardan keyin ular birga uxlashdi. Jungkook Taehyungni mahkam quchoqlab, unga xuddi yostiqqa bosh qoʻygandek ohista boshini qoʻyib yotardi.

Ertalab koʻzlarini ochishganda ham dunyo faqat ulardan iboratdek edi. Birgalikda nonushta qilishdi. Jungkook bir zum boʻlsa ham undan ayrilishni bu sehrli muhitning buzilishini aslo xohlamasdi. Uning nigohlari tinimsiz Taehyungni taʼqib qilar har bir soniyani uning yonida oʻtkazishga intilardi.

Taehyung soatiga qarab qoʻydi-da mayin jilmangancha Jungkookning sochlarini tartibga keltirdi:

— Maktabdan chiqqaningdan keyin qayergadir boramiz xoʻpmi? Hozir esa men oʻqishga borishim kerak.

Jungkook javob berish oʻrniga hali ham xuddi uni qoʻyib yuborsa yoʻqotib qoʻyadigandek koʻzlarini uzmay unga termulib turardi.

Eshik oldiga kelishganda, Jungkook kutilmaganda toʻxtadi. U Taehyungning kiyimidan ohista tortib pichirladi:

— Men maktabga borishni xohlamayman... Faqat sen bilan boʻlishni xohlayman.

Taehyung: Maktabdan keyin yana uchrashamiz Kookie. Vaqtimiz koʻp boʻladi.

Jungkook uning koʻzlaridagi mehribonlikni koʻrib chuqur nafas oldi. Bir oz koʻngli joyiga tushgandek mayin ovozda javob berdi

— Yaxshi..

Jungkook maktabdan chiqqach ular darhol koʻrishishdi. Kuni bilan birga bo’lishdi. kech boʻlgandagina Taehyung nihoyat uyiga qaytdi. Charchagan boʻlsa-da ichida bir xotirjamlik bor edi.

Biroq bu xotirjamlik uzoqqa choʻzilmadi. Toʻsatdan uning telefoni jiringladi. Ekrandagi ismni koʻrib Taehyungning kayfiyati tushib ketdi Yuna qoʻngʻiroq qilayotgan edi.

Taehyung tugmani bosishi bilan telefon ortidan qizning gʻazabli va asbiy ovozi eshitildi:

— Taehyung uyingning orqa tomonidaman. Tez koʻchaga chiq senda gapim bor

U jiddiyligini tushungan Taehyung koʻp oʻylanmay tashqariga chiqdi. Quyuq qorongʻulikda qarab turgan Yunaning qarshisiga kelib, sovuqqonlik bilan soʻradi:

— Nega kelding?

— Nega keldim? — Yuna alam bilan kulib yubordi, koʻzlaridan oʻt sachrayotgan edi — Sen nega bunday oʻzgarib qolding Taehyung? Boshida menga qanday munosabatda edingu, hozir nima qilyapsan? Oʻsha oddiy bir maktab oʻquvchisini deb mendan voz kechdingmi?

Taehyung vaziyatni yumshatishga urindi, uning ovozi ogʻir chiqdi:

— Senga hozir hamma narsani tushuntirib beraman...

— Nimani tushuntirib berasan?! Gapir nimani?!

— Yuna uning soʻzini boʻlib battar baqira boshladi.

Taehyung nima deyishni qanday bahona qilishni bilmay tilini tishlab qoldi. Miyasida soʻzlar aylanar lekin tili aylanmasdi. Ammo u oʻzini oqlashga ulgurmadi... Toʻsatdan qorongʻulikdan kimdir paydo boʻldi va qizning boshiga qattiq zarba berdi. Yuna nima boʻlayotganini ham anglay olmay hushsiz holatda yerga yiqildi.
Taehyung dahshat ichida qotib qolgandi...

Taehyung koʻz oldida sodir boʻlgan dahshatdan nafas olmay qoldi. Qorongʻulikdan chiqib Yunani yerga qulatgan qiyofa asta-sekin yorugʻlikka yaqinlashganda u oʻz koʻzlariga ishonmadi.

Bu... Jungkook edi.
Lekin bu uning har doimgi begʻubor muloyim Kookiesi emas edi. Jungkookning koʻzlari qonga toʻlgan nigohlarida hech qanday shafqat koʻrinmasdi. U yerda jonsizdek yotgan Yunaning tepasiga keldi va qoʻlidagi sovuq qonli gʻisht bilan qizni qayta-qayta shafqatsizlarcha ura boshladi. Har bir zarba tunda dahshatli aks-sado berardi.

Taehyung butun vujudi bilan titrab ketdi. Shok holatida boʻlsa-da oʻzini oʻnglab oldinga otildi va bor kuchi bilan Jungkookni qizning ustidan tortib oldi. Uning yuragi xuddi qinidan chiqib ketgudek urar tili kalilmaga kelmasdi.

— S-sen... nima qilib qoʻyding? —

Taehyungning ovozi duduqlanib, arang chiqdi. U qarshisida turgan yigitdan ilk bor dahshatli darajada qoʻrqayotgan edi.
Biroq Jungkook qoʻlidagi qonli gʻishtni yerga tashladida, boyagina odam urgan u emasdek, yuziga gʻalati va mayin bir tabassum yugurdi. U hech narsa boʻlmagandek Taehyungga yaqinlashib uni mahkam quchoqlab oldi. Uning vujudidan va kiyimlaridan qon hidi anqirdi.

Jungkook boshini Taehyungning boʻyniga qoʻyib xuddi kichkina boladek pichirladi:

— U seni bezovta qilyapti... Men buni boshidanoq bilaman Taehyung. Seni hech kimga... hech qachon bermayman. Sen faqat menikisan.

Taehyung quchoqda qotib qolgancha yerda yotgan Yunaga va uning qoniga boʻyalgan Jungkookning qoʻllariga qarab ichidagi qoʻrquv gʻalati bir chora-sizlikka aylanayotganini his qildi.