July 27

Step father (Верена Дивер tomonidan yaratildi)

1–qism

Kim Namjoon — 38 yosh. U ishiga mukkasidan ketgan, deyarli butun umrini kompaniyasiga bag'ishlagan inson. Uning hayotida ish birinchi o'rinda turardi.

Bir necha yil oldin u rafiqasi bilan ajrashgan. Sobiq turmushidan bir nafar qizi bor edi. Hozir esa yana turmush qurish arafasida. Namjoon sovuqqon, jiddiy va talabchan inson bo'lsa-da, o'ziga yarashgan, kelishgan erkak edi.

Kim Namjoon

Chon Gwan — 37 yosh. Turmush o'rtog'i 15 yil avval avtohalokat tufayli vafot etgan. O'shandan beri yagona qizi Y/Nni yolg'iz o'zi katta qilgan. Hozir esa Namjoonning kompaniyasida oddiy xodim bo'lib ishlardi.

Chon Gvan

Y/N — 19 yosh. Universitet talabasi. Bo'sh vaqtlarida onasiga yordam berish uchun ishlaydi. Onasidan boshqa hech kimi yo'q.


Y/n

Namjoon yaqinda bir nechta yirik kompaniyalar bilan shartnoma imzolagandi. Ammo shartlardan biri uni o'ylantirib qo'ydi.

O'z kompaniyalaridan birini yaqin qarindoshi yoki qonuniy turmush o'rtog'i nomiga o'tkazishi shart edi.

Ammo Namjoonning ishonadigan yaqini yo'q edi.

Qizi esa hali voyaga yetmagan.

Shu sabab u kutilmagan qarorga keldi...

— Kotiba Kim.

— Eshitaman, janob.

— Menga Chon Gvanni chaqiring.

— Xo'p bo'ladi.

Kotiba ichki telefon orqali Chon Gvanni prezident xonasiga chaqirdi.

Oradan besh daqiqa o'tib, Chon Gvan kotiba yoniga keldi.

— Meni chaqirtirgandingizmi?

— Ha. Prezident Kim sizni kutyaptilar.

— Meni? Tinchlikmi?

— Ichkariga kirsangiz bilasiz.

— Mayli...


Chon Gvan POV

"Ishdan bo'shatmasa bo'ldi... Bu ish menga juda kerak. Axir qizimni shu maosh bilan boqyapman. Xudo, o'zing asra..."

U chuqur nafas olib eshikni taqillatdi.

— Kiring.

— Janob prezident, meni chaqirgandingizmi?

— Ha. Keling, o'tiring.

Chon Gvan sekin stulga o'tirdi.

— Tinchlikmi, janob?

Namjoon bir necha soniya sukut saqladi.

— Sizga g'alati tuyulishi mumkin. Lekin gapimni oxirigacha eshiting.

Ayol jimgina bosh irg'adi.

— Men sizga turmushga chiqishingizni taklif qilaman.

Chon Gvan hayratdan qotib qoldi.

— Nima?.. Men... to'g'ri eshitdimmi?

— Ha.

Namjoon xotirjam ohangda davom etdi.

— Buning sababi bor. Men shartnoma sabab kompaniyalarimdan birini turmush o'rtog'im nomiga o'tkazishim kerak. Ishonadigan yaqin insonim yo'q. Qizim esa hali bunga haqli emas.

U ayolning ko'zlariga tikildi.

— Siz halol va mas'uliyatli inson ekaningizni bilaman. Shuning uchun sizni tanladim.

Chon Gvan jim tinglardi.

— Bu haqiqiy sevgi uchun bo'ladigan nikoh emas. Faqat qonuniy nikoh. Men sizga va qizingizga moddiy yordam beraman. Ishlarim bitgach, agar xohlasangiz, tinchgina ajrashamiz.

Xonani sukut egalladi.

Bir necha daqiqadan so'ng ayol sekin gapirdi.

— ...Men roziman.

Namjoon bosh irg'adi.

— Unda ertaga nikohdan o'tamiz. Bugun uyga borib dam oling.

— Tushunarli, janob.

Chon Gvan xonadan chiqdi.


Uyga qaytayotib u uzoq o'yladi.

Bu qarorga kelishining ikkita sababi bor edi.

Birinchisi...

U yolg'iz yashashdan, doimiy moddiy qiyinchiliklardan charchagandi.

Ikkinchisi esa...

Bir necha kun oldin shifokor uning og'ir kasallikka chalinganini aytgandi. Davolanish qiyin edi.

Shu sabab u Y/N yolg'iz qolib ketmasligini istardi.

Negadir Namjoon bunga munosib insondek tuyulgandi.


Uyda esa Y/N ovqat tayyorlayotgan edi.

Eshik ochildi.

— Oyijon, keldingizmi?

— Y/N? Sen bugun ertaroq qaytdingmi?

— Ha. Darslar erta tugadi. Dugonalarim bilan ham chiqmadim. Siz bilan birga ovqatlanamiz deb ovqat qilyapman.

Onasi kulib yubordi.

— Voy, mehribon qizim... Rahmat. Men kiyimimni almashtirib chiqaman. Keyin birga ovqatlanamiz. Senga muhim gapim bor.

— Xo'p, oyijon.


Bir necha daqiqadan so'ng ular stol atrofida o'tirishardi.

Y/N qiziqib so'radi:

— Oyi, qanday muhim gap edi?

Chon Gvan chuqur nafas oldi.

— Men... turmushga chiqyapman.

Y/N qo'lidagi qoshiqni tushirib yuboray dedi.

— Nima?! Hazillashyapsizmi? Dadamdan keyin boshqa turmush qurmayman degandingiz-ku!

— Bilaman. Lekin men ham insonman, qizim. Juda charchadim...

— Men ishlayman! Sizni boqaman!

Onasi uning qo'lidan ushladi.

— Avval meni tingla.

Shundan so'ng Namjoonning taklifi va nikoh sababi haqida hammasini batafsil aytib berdi.

Y/N uzoq sukut saqladi.

— Demak... bu sevgi uchun emasmi?

— Yo'q. Faqat kelishuv.

Y/N sekin bosh irg'adi.

— Mayli... Agar bu sizga yordam bersa, men qarshi emasman.

Onasi yengil tabassum qildi.

— Yana bir gap bor.

— Nima?

— Sening endi singling ham bo'ladi.

— Singlim?

— Namjoonning bir qizi bor. Sendan kichik.

— Tushunarli...

— Axir u 38 yoshda. Albatta farzandi bo'lishi tabiiy.

Y/N ichida esa faqat bitta gapni o'yladi.

"Hayotimiz butunlay o'zgarayotgan ekan..."

— Mayli, oyijon. Men darslarimni qilaman.

— Yaxshi. Ovqat juda mazali chiqibdi. Rahmat, qizim.

— Yoqimli ishtaha.

Y/N xonasiga kirib ketdi.

Ammo u hali oldinda uni qanday hayot kutayotganini bilmasdi...

— 1-qism tugadi.