๐๐ถ๐๐๐ถ๐ ๐ต๐ถ๐ฟ๐๐น๐ฎ๐ฟ๐ถ๐บ 21+
1-๐ธ๐๐๐ / ๐๐๐๐๐๐๐: Calina
๐ผ๐๐๐ง ๐๐ช๐๐ค ๐๐จ๐ฉ๐๐จ๐ ๐๐๐ก๐๐จ ๐ค๐๐๐ข ๐๐ค๐ก๐๐จ๐ ๐ช๐๐๐ช๐ฃ ๐ ๐ช๐ง๐๐จ๐๐๐๐ , ๐จ๐๐ช๐ฃ๐๐๐ฎ ๐๐ ๐๐ฃ ๐ข๐๐ฃ๐๐ฃ๐ ๐๐๐ก๐๐จ๐๐ข ๐๐ค'๐ก ๐ซ๐ ๐๐๐ฎ๐ค๐ฉ๐๐ข๐ฃ๐ ๐๐ค'๐ฏ๐ค๐ญ๐๐ ๐๐ฎ๐ก๐๐ฃ๐ฉ๐๐ง...
๐ฃ๐ผ๐ ๐ฎ๐๐๐ผ๐ฟ: ๐ผ๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐ +21๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐ +18 ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐'๐ ๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐
๐ ๐๐๐๐๐
๐๐ ๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐ ๐๐'๐'๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐ ๐'๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐๐๐๐.
Xudo o'z elchisiga yerga tushishni va yerdagi odam bolasini jazolashni buyurdi, u odam bolasini jazolash uchun kuchli va qahr g'azabga to'la farishtalarni emas ko'rinishi ham o'zi ham begunoh birini yubordi, unga hech narsani aytmadi shunchaki yerga tushishni buyurdi.
Farishtaga har qanday azob va zulmlarga chidashi, har qanday vaziyatda ham odam bolasi kabi xatolarga yo'l qo'ymasligini buyurdi.
Inson yaralishidan ham oldin paydo bo'lgan farishta ko'rinishi jihatdan o'n olti yoshli o'smir qizga o'xshar faqatgina oppoq katta va juda ham go'zal qanotlari bor edi.
U jazolashi kerak bo'lgan odam bolasi esa o'zini Xudoman deb o'ylaydigan 28 yoshli takabbur, manman, his tuyg'ularsiz, har qanday gunoh ishni ham ikkilanmay qiladigan erkak jinsiga mansub bir inson edi xolos, ammo Xudo unga bu odam bolasini qanday jazolashni o'rgatmadi shunchaki uning barcha zulmlariga chidashi kerakligini buyurdi xolos.
Tong yorishganiga ancha bo'lgan bo'lsada bu vaq na tong na tushlik vaqti edi ikkisining orasidagi 10 va 11lar atrofida, daraxtlar bilan o'ralgan bepoyon o'rmon o'rtasida 10ta qora kiyimli erkak turarkan Xudo yuborgan farishta samodan yerga daraxtlar orasiga sekinlik bilan tushdi va ko'rgan manzarasi g'alati tuyilganligi sababli o'zini daraxtlar orasiga oldi.
Qarshisida yerda tiz cho'kib o'tirgan bir erkakning boshiga yana bir erkak to'pponcha tirab turar qolgan sakkiz kishi esa biroz orqaroqda bamaylihotir barchasini kuzatardi.
Erkak qo'lidagi qurol tepkisini o'ylab ham o'tirmay bosib yubordi va qarshisida tiz cho'kib turgan insonning peshonasidan qon sachragancha yerga xazonlar ustiga yiqildi farishta bu manzaralarni ko'rib og'zini berkitib yig'lashni boshladi.
Pov : Odam bolasi nega bunchalar jirkanch?
O'z aka - ukasini tap tortmay o'ldirib yuboradigan darajada Xudo yaratgan eng shavqatsiz tirik jon.
Jungkook : Jasadni yo'qoting birorta ham iz qolmasin, uning isqirt qoni tanamga tegdi... qanchalar jirkanch.
Erkak cho'ntagidan oppoq dast ro'molchasini olib qon tekkan yuzini burishtirgancha artib tashladi va ro'molchasini jasad ustiga uloqtirdi, orqasiga o'girilib yurishni boshlarkan u o'zi bilmagan holda farishta tomon yaqin keldi, farishta bunday razil odam bolasi bilan to'qnash kelishdan hayiqqancha o'zini orqaga oldi va oyoq ostidagi shoxlarni bosib oldi.
Jungkook daraxtlar orasi tomon biroz nur korinayotgan tomon yaqinlashdi avvaliga u buni quyosh nuri deb oโyladi ammo
Uning qarshisida oโn olti yoshli nozik bir qiz turardi Orqasida yoyilgan ulkan oppoq qanotlar inson ko'zlarini o'ziga mahliyo aylardi.
Farishta qoโrquvdan orqaga qadam tashladi.
Jungkook bu manzaradan mast boโldi yovuz ruhida qoโrquv bilan aralash bir lazzat uygโondi.
Jungkook : Kimsan?
Uning orqasidagi yigitlardan biri
- Xoโjayin, bu qiz... u... Odamga o'xshamaydi
Jungkook : Ovozingni o'chirib Jim, men aytmaguncha biror narsa dema
U yana bir qadam oldinga tashladi.
Farishta orqaga tisarildi, ammo oyoqlari orqadagi ildizga ilinib ketdi, yiqilay deb turganda Jungkook uni bilagidan mahkam tutib oldi. Shu ondayoq uning qoโli farishtaning iliq, lekin nurlarga toโla terisiga tegdi.
Farishta oโsha daqiqada ovoz chiqarib yigโladi.
Bu inson koโziga ilk bora Xudoning nuridan qoโrqqan yirtqich sifatida koโrindi.
Jungkook : Kimliging endi ahamiyatsiz bundan buyog'iga menga tegishlisan
Jungkookning yuzida g'alati jilmayish paydo bo'ldi bu jilmayishda na rahm, na insoniylik bor edi.
Pov Jungkook : Bunday goโzallikni dunyo koโrmasligi kerak. U men uchun yaralgan.
Jungkook : Mashinani tayyorlang.
Farishta Jungkookning qoโlidan chiqmoqchi boโldi, lekin Jungkook uni qattiq tortib oldi. Qanotlari orqaga yoyilib ketdi. Oโrmonni ilohiy bir sovuq chiroq yoritib yubordi.
Erkak farishtaning bilagidan qattiq ushlagancha mashina tomon sudrardi.
Farishta esa Xudoning amrini buzolmasdi. U qarshilik ko'rsatishi mumkin emas Shuning uchun jim ketar, yelkasidagi oppoq qanotlari ezilib, nur soโnayotgandi.
Mashina eshiklari gโijirlagancha yopildi.
Jungkook mashinaning orqa orindig'iga o'tirgancha yonidagi farishtani g bilagidan mahkamroq siqib o'ziga tomon tortardi.
Mashina oโrmon orasidan chiqib, uzoqdagi dala hovliga yoโl oldi.
Farishta bu odam bolasi hayvondanda battar ekanligini va uning boshiga ancha narsalarni solishini bilsada shunchaki Xudo buyurganday jim ketardi...
Avtor: Agarda kimligim haqida bilsang barchasini qalbingni tub-tubiga Tim qora ko'zlarimga ko'mgan kabi ko'm, men oldingiday bo'lishdan charchadim hayotimga kimlardir aralashishidan charchadim, takror va takror shu yozgan satrlarim ichida yashashni istayman xolos shunday ekan bari uchun menga imkon ber sendan yolvoraman va o'tmishimni unut, agar meni tanisang oldingiday qadrlaysan degan umiddaman ...