April 17

𝐒𝐞𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐬𝐦𝐢𝐧𝐠 𝐛𝐚𝐡𝐨𝐫

𝖱𝖾𝖺𝗄𝗌𝗂𝗒𝖺 𝖿𝗈𝗋 𝖸𝖾𝗈𝗇𝗃𝗂

"Sening isming Bahor"

- Ba'zan muhabbat masofa va yillarni yengadi, chunki haqiqiy sevgi har bahorda gullaydi.

♡♡♡

Yozning oxiri edi. Daraxtlar barglari sekin sarg‘ayib, shamol esa iliq va mayin esardi. Yeonji har kuni ertalab universitet bog‘ida kitob o‘qishni yaxshi ko‘rardi. U universitet o'quvchilaridan farqli o'laroq eng sokin va orasta qiz edi. Uning dunyosi faqat kitoblar, tushlar va osmon rangidagi daftarlardan iboratdek tuyulardi.

Bir kuni u o‘tirgan joyiga bir yigit kelib qoldi. U qorong‘i ko‘zlari va biroz tartibsiz sochlari bilan boshqacha ko'rinardi. Ismi Jungkook. U Yeonjidan farqli o‘laroq, shovqinli va hazilkash, ammo yuragida bir sirni yashirar edi.

Kunlar o‘tib, ular har kuni shu bog‘da uchrashadigan bo‘lishdi. Yeonji unga sevgan kitoblarini o‘qib berar, Jungkook esa unga musiqa eshittirardi. Ular bir-birining hayotidagi bo‘sh joyni to‘ldirib borayotganini sezmasdi ham.

Bir kuni, yomg‘ir yog‘ayotganida Jungkook Yeonjini begona soyabon ostiga chaqirdi. Ularning ko‘zlari to‘qnash kelganda, yuraklari ilk bora shoshib urdi.

— Yeonji… bilasanmi, men sening ismingni har doim Bahor deb o‘ylardim — dedi Jungkook sekin.

— Nega? — dedi Yeonji, hayron bo‘lib jilmayib.

— Chunki sen kelganingda hamma narsa go‘zallashadi. Yomg‘ir ham iliq bo‘ladi, osmon ham moviy. Hayotim Bahorga aylangandek…

Yeonji sukut saqladi. So‘ngra biroz qizarib, uning qo‘lini ushladi.

— Demak, men ham senga o‘zimning eng chiroyli kunlarimni sovg‘a qilaman, — dedi u.

Shu kundan boshlab ular bir-birining yonginasida, har bir bahorda, har bir yomg‘irda, har bir shamolda sevgi nafasini his qilib yashashdi.


Oradan bir oy o‘tdi. Endi Yeonji va Jungkook har kuni universitetdagi eski daraxt ostida uchrashardi. Yeonji har doim o‘zining sevimli ko‘k daftarchasini olib kelar, Jungkook esa gitara chalib, unga qo‘shiqlar kuylardi. Har bir kun ular uchun boylikdek edi, har bir daqiqa qadrli bo'lib qolgandi.

Ammo Jungkook yuragida bir og‘riq bilan kelayotgan edi. U ketishini aytishga jur’at topolmasdi. Nihoyat, bir kun, erta tongda, Yeonjiga xabar yozdi:

"Bugun kechqurun daraxt ostida uchrashamiz. Muhim gapim bor."

Yeonji yuragi gupillab ketdi. Butun kun u xayollari bilan ovora bo'ldi. Biror yomon narsa bo‘ladigandek tuyuldi. Kechqurun u odatdagidan ertaroq bordi. Daraxt ostida Jungkook uni kutib turardi. Qorong‘i ko‘zlari bugun juda jiddiy edi.

— Yeonji, — dedi u past ovozda. — Bilaman, bu gapni aytishim og‘ir. Lekin boshqa ilojim yo‘q.

Yeonji uning gaplarini eshitib sarosimaga tushib, titrab ketdi.

— Nima gap Jungkook?

Jungkook chuqur nafas oldi, qo‘llari qaltirayotgan edi.

— Dadam meni o'qishimni chet elda davom ettirishimni va dadamning nomidagi kompaniyani o'zim boshqarishim kerakligini aytdi. Menimcha men uzoqqa ketaman … Ehtimol, yillar davomida qaytib kelolmasman ham.

Yeonji bir lahza sukut saqladi. Lekin bu sukutning ichida tog'lar qulardi. Jungkook bilan endi har kungidek birga bo'lolmasligini o'ylab, uning qalbi parchalanib ketdi. So‘ng nigohi shisha ko‘zday namlandi.

— Qachon?

— Ikki kundan keyin.

Yeonji birdan shosha-pisha gapira boshladi:

— Nega ilgari aytmading? Nega bu qadar kech bildirding?

Jungkook boshini quyi soldi.

— Chunki seni yo‘qotishdan qo‘rqdim. Har kuni shu daraxt ostida sen bilan bo‘lish — men uchun eng katta baxt edi. Men har tong uyg‘onganimda, yana seni ko‘rishim mumkinligiga oshiqib yashadim. Lekin ketishga majburman, Yeonji. Bu orzuyim uchun. Oilam uchun. Kelajagim uchun.

Yeonji ikki qadam orqaga chekindi. Ko‘zlaridan yosh daryodek oqqandek bo'ldi.

— Sen meni tashlab ketmasang, biz yana bahorlarni birga kutishimiz mumkin edi. Men seni yo‘qotishni istamayman, Jungkook. Axir men seni sevaman…

Jungkook unga yaqinlashdi. Uni bag‘riga mahkam bosdi.

— Men ham seni sevaman, Yeonji. Seni hech qachon unutmayman. Har kun, har soat, har daqiqa hayollarimda bo'lasan. Har yili bahor kelganida bizning unutilmas kunlarimizdagi bir- birimizga aytib bergan qo'shiqlarimiz, kitoblardagi ajoyib jumlalarni eslayman. Har tongda sening ovozingni eshitgandek bo‘laman. Va bilasanmi, bir kun albatta qaytaman. Seni topaman.

Yeonji uning kaftidan mahkam ushlab turdi.

— Qanchalik uzoq muddat bo‘lsa ham, seni kutaman. Faqat menga va'da ber.. Bahoring bo‘lib qaytaman, de.

Jungkook unga qarab jilmaydi, ko‘zlari yoshga to‘ldi.

— Va’da beraman, Yeonji. Sening Bahoringman. Faqat seniki.

Ular ilk va ehtimol so‘nggi bor o‘zaro lablarini birlashtirishdi. Bu bo‘sa ehtirosga to'la bo'ldi va ehtimol bu — xayrlashuv emas, kelajakka qolgan muhabbat edi. Bir biri bilan yana birga bo'lish umidi edi.

Ertasi kuni Jungkook ketdi. Ammo har yili bahor kelganda, Yeonji eski daftarchasini olib, o‘sha daraxt ostida o‘tirib, Jungkook uchun she’r yozadi. Chunki u bilardi — haqiqiy sevgi masofa va vaqtga qaramaydi.
Va bir kuni, yillar o‘tib… bahorning ilk kunida, daraxt ostiga tanish bir yigit qaytib keldi. Yomg‘ir yog‘ayotgan, shamol esa mayin esayotgan edi. Qo‘lida gitara, labida esa o‘sha eski qo‘shiq:

Hamke utgo hamke ulgo
I dansunhan gamjeongdeuri
Naegen jeonbuyeonna bwa
Onjejjeumilkka
Dasi geudael
majuhandamyeon
Nuneul bogo malhallaeyo
Bogo sipeosseoyo

Yeonji o'sha tanish ovozni eshitib yuragi urib ketti va ortiga o'girilib qaradi. Bu u yillar davomida sevib kutgan insoni - Jungkook edi.

— Yeonji… men qaytdim. Seni olib ketishga.

Yeonji nigohi porladi. Bu safar uning yuragi o'z egasini topgandek talpinib urardi. Chunki har muhabbat o‘z bahorini topadi.

Tugadi.

Yeonji uchun maxsus reaksiya♡
Fikrlaringizni yozib qoldiring.