October 20, 2025

Zulmat ostida 🖤  1 mavsum finall

Kanal Royal fanfics

Cr Misu

Mina yugurishni to‘xtatdi yuragi tez urardi ammo bu safar charchoqdan emas.
— Jungkook
dedi u nihoyat, chuqur nafas olib
ko‘zlarini yerga tikkancha
— men senga bir narsa aytmoqchiman.

Jungkook yugurishni to‘xtatib unga yuzlandi, peshonasidagi ter tomchilari quyosh nurida yaltirardi.
— Qanaqa gap?
u hayron bo‘lib, ammo yuragida nimanidir sezgandek.

Mina yuragini bosib, nihoyat ko‘zlariga qaradi.
— Men… men sen bilan birga bo‘lishni xohlayman. Senga qayta… sevib qolayapman.

Jungkook bir zum jim qoldi, so‘ng yuzida tabassum chaqnadi. U o‘zini tuta olmadi chidagi quvonch go‘yo butun tanasini to‘ldirib yuborgandi.

— Rostanmi, Mina
dedi u ishonchsiz ohangda.

Mina bir qadam yaqinlashdi, so‘ng yana.
U Jungkook yelkasiga qo‘lini qo‘ydi,
oyoq uchida turib, yuzini uning yuziga yaqinlashtirdi.
Ularning nigohlari to‘qnashgan payt, atrofdagi dunyo jim bo‘lib qoldi.
Mina lablarini sekin Jungkook lablariga bosdi
bu sokin, ammo yurakni titratadigan lahza edi.
Jungkook hayajondan o‘zini yo‘qotgandek bo‘ldi, u uchun bu o‘pich oddiy his emas, balki orzularining ro‘yobidek edi

---

Ertasi kuni tongda Jungkook qo‘lida dasta gul bilan Mina uyiga qarab yurdi. Havo tiniq, ammo yuragi bezovta edi. U zinapoyaga yaqinlashganida, eshik oldida shubhali shaxsni ko‘rdi. Qora kepka, niqob, va qo‘lida nimanidir yashirib olgan.

Jungkook bir zum to‘xtadi, keyin gulni yerga tashlab, yigit tomon yugurdi.
U yigitga yaqinlashgan sari u ham qochishga tushdi. Jungkook ortidan yugurdi, lekin ko‘chani burilgan joyda u ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Jungkook hansirab orqaga qaytdi. Eshik ochilib, Mina tabassum bilan chiqib keldi.
— Ouv Jungkook  bu sizmidingiz

ajablanib.

Jungkook nafasini rostlab, jilmayishga urindi.
— Swnga hech kim ziyon yetkazmadimi?
dedi u shubha bilan atrofga qararkan.

— Yo‘q, 

ammo uning nigohida bir zumlik vahima chaqnadi.

Ular ichkariga kirishdi.
Stol ustida choy, shirinliklar va ohista musiqa yangrardi.
Suhbat iliq ohangda davom etdi


Mina esa bir mahal jilmayib dedi:
— Jungkook, men siz bilan Jeon korporatsiyasiga birga borishni xohlayman.

— Nega?
deb so‘radi Jungkook hayron bo‘lib.

— Shunchaki… o‘sha joyni o‘zim ko‘rmoqchiman,
Mina, ko‘zini olib qocharkan. — Ba’zan his qilaman… kimdir sizni mendan olib qo‘ymoqchiday.

Jungkook kulib yubordi.

— Mina, men senga ishonaman. Hech kim meni sendan ajrata olmaydi. Yaxshi, tayyorlan, birga boramiz.

---

Yo‘l bo‘yi mashinada sokin musiqa yangrardi. Quyosh nurlari oynadan tushib, Mina yuzini yoritib turardi.
Ular jim ketishardi ammo bu jimlik sovuq emasdi
oralarida his qilinayotgan sokin, ammo chuqur hissiyotlar havoda osilib turgandek edi.

Mina oynaga qarab jilmaydi.
— Qachon biz shunaqa tinch hayot kechirganmiz, aaa
dedi u.

Jungkook boshini unga burdi.
— Balki endi boshlanayotgandir,
dedi u yumshoq ohangda.

Mina jilmaydi, ammo ichida nimadir bezovta edi. Yuragining bir chetida sir yashirinardi  uni faqat o‘zi bilardi.

---

Korporatsiya darvozasi ochildi. Hamma ularga hurmat bilan egilib salom berdi.
Ular to‘g‘ri Jungkookning honasiga yo‘l olishdi. Har qadamda Mina ichida o‘z rejasini takrorlab, yuragini tinchlantirishga urinardi.

Ular honaga kirishgach, Mina jilmayib dedi:
— Jungkook, siz men uchun qahva tayyorlab berasizmi Faqat sizning qo‘lingizdan ichmoqchiman.

Jungkook kuldi.
— Sen har doim o‘zgacha sabab topasan,
dedi u, va oshxonaga chiqib ketdi.

Eshik yopilishi bilan Mina nafasini rostlab, tezda kompyuter oldiga o‘tirdi.
Ko‘zlari o‘tkir, harakati aniq edi. U tizimga kirib, kerakli fayllarni topdi, nusxasini yuklab oldi. So‘ng ayrim hujjatlarni ochib, bir-ikki joyni o‘zgartirdi  uning barmoqlari titramasdi, aksincha, qat’iy edi.

Eshik tutqichi shitirladi Mina chaqqonlik bilan fayllarni yopdi va joyiga qaytdi.
Jungkook qaytib kirib, unga issiq qahvani uzatdi.
— Marhamat, Mina, faqat sen uchun
dedi u, jilmayib.

Mina stakanni oldi ammo ko‘zlarini undan uzolmadi. Ichida g‘alati his  afsusmi, qo‘rquvmi, yo ehtimol sevgi bilan sirning aralashmasi.

— Rahmat, Jungkook,

dedi u, lablarida kulgi, yuragida esa bo‘ron bilan.

Tashqaridan birdan shovqin ko‘tarildi Hodim sergak qadamlar bilan honaga kirib keldi Nafasini rostlab shunday dedi
- prezident Jeon rais Jeon kelishyapti
Honadagi havoning rangi o‘zgardi Jungkookning yuzida ilk bor aniq vahima paydo bo‘ldi Xodimlar sath tortib turishdi va hamma joy sukutga cho‘mdi

Mina Jungkookning qo‘lidan mahkam ushlab oldi
-Otangiz meni ko‘rsa yomon bo‘ladi
deb pichir qildi u ovozi titrardi Jungkook bepisand qarab 

-Mening hayotimni otam hal qila olmaydi
Mina ko‘zlarida qorqish paydo bo‘ldi u ikkilanib qoldi

Jungkook uning qo‘lini bosib qo‘ydi
-Nimadandir havotirlanayapsanmi
so‘radi
Mina sekin

-yo‘q ketsamchi
dedi ammo ovozi baland emas edi Jungkook qattiq qarab oldi va shunday dedi -Yo‘q qolasan deb u ishontirib turgan edi.

Darvoza ochildi va rais Jeon katta qadamlar bilan kirib keldi U atrofga qarab sovuq nigoh tashladi va xonada hushyorlik yanada kuchaydi Jungkook yengilchasiga joyidan turdi va raisga qaradi -Otajon
deb u past ovozda chaqirdi

Honada bir necha lahza sukut hukmron bo‘ldi So‘ng Jungkook qadam tashlab oldiga chiqdi Uning ovozi aniq va qat'iy edi
-Otajon bugun sizni eski bir tanishingiz bilan tanishtiraman
MINA qarab dedi
-Mening yonimda bir mehmon bor u siz uchun tanish bo‘lishi kerak

Mina vaqti kelganini his qilib oldi u chuqur nafas oldi va sekin oldinga qadam tashladi U o‘z yuzini biroz egdi va sochlarini orqaga tortdi
-SALOM Janob
Dedi qattiy ovozda
Kozlarida iblislik mavj urdi

U asta bilan boshini ko‘tardi va yuzini to‘liq ko‘rsatdi Honada bir zumlik g‘alati shovqin paydo bo'ldi.

Jungkookning nigohi sovuq va qat'iy edi
Otasi qattiy qadamlar bilan Mina yuziga shapaloq urdi
Mina yuziga urilgan qo'llar tovushi hoanda aks etdi Mina gap boshlamasidan oldi rais gap boshladi
-bu qiz tulkidan ham ayyorona otasi bilan hozir gaplashdim ular birgalikda qasd olishmoqxhi
Jungkook yuzini Minaga qaratdi.
  Mina ham endi ochiq olomon oldida turib haqiqiy yuzini ko‘rsatdi
U jk otasiga qaradi va past ovozda,
-ammo hamma eshitadigan qilib  Sizga ko‘rsatishim kerak bo‘lgan hamma narsa oldinda

Rais Jeonning yuzida bir zumda rang o‘zgardi U so‘z qidirib turganday bo‘ldi lekin sukut ko‘proq aytayotgandek tuyuldi Xodimlar orasida shivirlash boshlanib ketdi Jungkook esa nazorat qilgan odam sifatida hammasini tinch kuzatardi

Mina yuzidagi haqiqat har bir ko‘zga urildi Uning qadamlarida nafrat va qat'iyat aralashib ketgandi Bu tashrif va bu oshkor qilish maqsadi aniq edi qasos uchun sovutilgan reja hozir ochilgan edi

Honada tuyulmas darajada taranglik o‘rnatildi Hamma taqdirni kutayotgandek edi Jungkook esa otasining qarshisida sovuqqon turdi va ichida endi nima bo‘lishini kutardi
-baringiz bas qiling !!
Deb honada Jungkook baqirdi
-Mina bari rostmi
Huddi bari yolģon deyishini kutgandek
Mina iblis jilmayish bilan
-ha Jungkook bari Mening rejam va qasosim edi sen meni aldayman deb o'zing aldanding hammasini hal qilib boldim endi meni bu yerda qiladigan ishim yo'q hujjatlar buzildi va barcha summa meni hisobimda
Honada Mina kulgusi yangradi
Endi eshikdan chiqayotganida
Jungkook qattiy ovozi uni tohtaddi


-adashasan Mina barcha hisob allaqachon ozimda sen esa ozingga virus kochirding men emas sen barbod bolding...........
Mina bu gapdan qo'rqib ketdi va tekshirish uchun telefon qildi
Ammo bari Jungkook aytganidek bo'lib chiqdi

Afsuski bu final edi bilaman bunaqa yakun kutmagansz ammo davomi bor.....2mavsum

100+ reaksiya 40+fikr bo'lsa 2 mavsum yozaman