May 31, 2025

Black rose 🥀

Muallif : kim misu ♡
Yozildi: 31.05.25

Shaharning bir burchagidagi bolalar uyida, Misu va uning singlisi Jea ota-ona mehrisiz, yolg‘izlikda ulg‘aytishadi. Ona mehridan mahrum bo‘lsalar-da, ular bir-birlarini asrab avatlashga va’da berishgan. Misu singlisini hech qachon yolg‘iz qoldirmaslikka qasam ichgan.

Hozir Misu 18 yoshda, Jea esa endigina 15yoshda edi. Ular ikki kishi bo‘lsalar-da, bir-birlariga butun dunyodagi eng yaqin insonlardek yelkadosh. Ammo taqdir ularni yana bir marta sinovdan o‘tkazmoqda – Jea og‘ir xastalikka chalinib qoldi. Shifokorlar unga zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishdi. Bu esa katta mablag‘ talab qilardi.

Misu shifokorga yig‘lagancha dedi:
– Menda siz aytgan pul yo‘q... Iltimos, uni davolang! U – mening yagona singlim!

Shifokor afsus bilan javob berdi:
– Qolimdan kelgancha operatsiyani keyinroqqa suraman. Ammo bu... uning hayoti bilan boğliq bo‘lishi mumkin.

Misu qalbini tilkab o‘tgan og‘riq bilan javob qildi:
– Men... men pul topaman! Ertaga sizga pulni yetkazaman

Ko‘z yoshlarini artib, shifoxonadan chiqib ketayotganida, yuragi og‘riqdan ezilib, qadamlarini ehtiyotsiz tashladi. Shu payt u tasodifan bir erkakka urilib ketdi.

– Kechiring, janob... – dedi u xijolat bilan.

Erkak g‘azab bilan, qattiq ohangda gapirdi:
– Bunday ehtiyotsizlik qilishga qanday jur‘at etding?

Ammo ko‘zi Misuga tushgach, uning nozik qiyofasi, go‘zalligi va beg‘ubor ko‘zlari erkakni beixtiyor o‘ziga rom etdi. Erkakning lablarida shaytoniy tabassum paydo bo‘ldi.

– Nega yig‘layapsan? – so‘radi u.

Misu yelkalari titrab javob berdi:
– Singlim og‘ir kasal... Uni davolash uchun ko‘p pul kerak.

Erkak yengil bosh silkib, o‘zini tanishtirdi:
– Ismim Kang. Mana bu manzilga kel. Men senga pul beraman. Lekin... biz shartnoma tuzamiz. Agar xohlasang.

Kang

Misu birdaniga boshini ko‘tardi, ko‘zlarida umid chaqnadi:
– Rahmat, janob! Men albatta boraman. Har qanday shartga tayyorman, faqat singlim tirik qolsa bo‘ldi...

Kang unga yana bir nazar tashlab, lablarini yengil qiyshaytirib shaytoniy tabassum qildi. So‘ng mashinasiga chiqib, tezlik bilan ketib qoldi.

Shaharni qorunğulik qopladi misu aytilgan manzilga bordi u yer juda hashamatli uy edi

Eshik ichidan 2 barzangi qo'riqchi chiqdi

-sz janobimizni mehmonimisz

-ha ular menga bu manzilini berdi

Ular Misuni hashamatli uyning ichiga olib kirdi. Ichkaridagi qimmatbaho gilamlar, ulkan oynalar va ulkan lyustralar uni hayratga soldi. Ammo yuragidagi qo‘rquv uni hushyor tutardi.

U zalning o‘rtasida joylashgan, katta kresloda o‘tirgan Janob Kangni ko‘rdi. U kresloda shohona o‘tirib, qo‘lida qimmatbaho uzuklari bilan o‘ynab turardi. Misuni ko‘rishi bilan yuziga tabassum yugurdi.

– Kelaqol, qizaloq, bu yerga o‘tir, – dedi u silliq ovozda. – Kelishingni bilgan edim.

Misu qo‘rquv aralash ohangda javob berdi:
– Janob... ismim Misu. Meni shunday atang. Qanday shartnoma qilamiz?

Kang lablarida tabassum bilan, kreslodan yengil turdi va uning oldiga yaqinlashdi. Ko‘zlari shaytoniy yaltirab, Misu tomon egildi.

– Juda yaxshi, Misu. Men senga singlingni davolatish uchun pul beraman. Biroq... sen mening shartimni bajarasan. – U barmog‘i bilan Misuning iyagini ko‘tarib, nigohini chuqur ko‘zlariga qaratdi.

– Bu oddiy kelishuv emas.

Misu yuragi notinch edi, lekin singlisi uchun bariga tayyor edi, chunki u yagona borlig‘idi.
Boshini zaifgina irg‘adi:
– Men... har qanday shartga tayyorman.

Kang yana shaytoniy tabassum qildi:
– Juda yaxshi.

U shartnoma varag‘ini Misuga topshirdi va imzolashni talab qildi, lekin qog‘ozni Misu diqqat bilan o‘qishga ulgurmadi.
Kang qo‘lini yordamida qarsak choldi. Shu payt ikkita barzangi kichik jomadonni ichkariga olib kirdi.

Kang jamadon ichidagi pulni misuga berdi

– Mana bu pul. Singlingni davola, keyin ertaga kel. Shartimni tushuntiraman.

Qo‘riqchilar Misuni kuzatib chiqib, darvozadan tashqariga olib chiqishdi.

Misu shoshib shifoxonaga bordi va kirib bo shifokorni topdi

-doktor men pulni topdim endi singlimni operatsiya qiling ...tezroq

-sizga hush habarim bor

Shifokor unga qarab, muloyim tabassum bilan dedi:
– Janobimiz qizaloqni tekinga davolashimizni buyurdi. U juda ochiqko‘ngil inson. Uning ismi Jimin.

Misu hayrat bilan qarab qoldi. Yuragi birdan engil tortganday bo‘ldi.

Shifokor qo‘lidagi pullarni Misu qo‘liga qaytarib berdi:
– Bu pullarni oling. Singlingiz tongda hushiga keladi, yonida qolishingiz mumkin.

Shifokor shunday dedi-da, asta yonidan chiqib ketdi.

Misu singlisining yonida, unga termilib yotdi. U bugun juda og‘ir kunni boshdan o‘tkazdi, ko‘p charchagan edi va oxiri charchoqdan uxlab qoldi.

Tong quyosh nurlari derazadan o‘tib, xona ichini yorita boshladi. Jae esa, onasiday mehribon opasining uxlab yotganini ko‘rdi-da, uning boshini ohista siladi.

Misu asta uyg‘ondi.
– S-singlim... – dedi u ko‘zlarida yosh bilan.

Jae ham yumshoq ovozda javob berdi:
– Opa, kechiring... sizni yana tashvishga soldim.

Misu jilmayib, Jae’ni quchoqladi:
– Ahmoq qiz, bunday dema! Sen mening borlig‘imsan!

Jae ham yig‘lab yubordi, ular bir-biriga mahkam quchoq tashladilar.

Birdan, Misu yodiga Kang tushdi. U pulni qaytarib, shartnomani bekor qilmoqchi edi. Misu shifoxonadan chiqdi va to‘g‘ri Kangning uyiga bordi. Lekin Kang u yerda emas ekan.

Qo‘riqchilar unga Kangning ishxonasining manzilini berishdi. Misu yuragini siqib, o‘sha manzil bo‘yicha bordi. U oldida ulkan, zamonaviy bino – Kim korporatsiyasi turganini ko‘rdi.

Misu dadillik bilan ichkariga qadam tashladi. Ichkariga kirishi bilan ko‘zlari darrov Kangni ilg‘adi. U Kangga yaqinlashayotgan edi, birdan atrofda shov-shuv ko‘tarildi.

Hodimlar u yoqdan bu yoqqa yugura boshladi, xodimlardan biri baland ovozda:
– U ketyapti! Tezroq bo‘ling, Kim Taehyung yetib kelayotgan! – dedi.

Hammayoqni tartibga solish uchun xodimlar yugurib, saf tortishdi. Misu ham ularga qo‘shilib, ichkarida qolib ketdi. Hammalari eshik tomon qarashdi.

Shu payt eshik ochildi va undan Kim Taehyung kirib keldi. Uning qadam tovushlari atrofga taralib, hammayoq jim bo‘lib qoldi. U bemalol ichkariga yurdi va to‘g‘ri o‘z xonasiga kirib ketdi.

Misu yuragini ushlab qoldi.

Misu pov: nega bu yigit juda kelishgan huddi meni idealimdek ammo Misu hech narsaga chalg‘imadi, yuragini bosib, dadillik bilan Kangning xonasiga kirdi.

1-qism yakunlandi Yoqimli mutolaaa 😘 raeksiya va izoh kutib qolaman....