January 28, 2023

Prezident maktabing asosiy maqsad va vazifalari

2019-yil 20-fevralda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PQ-4199 raqamli qaror asosida Prezident maktablari tashkil etila boshlandi. Qarorning to'liq matni va ilovalari bilan 👉mana bu yerdan👈 ma'lumot olishingiz mumkin

Prezident maktabining asosiy maqsadi-->Ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish, rag‘batlantirish hamda kelgusida ularni salohiyatini qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, yetakchilik ko‘nikmalari va notiqlik mahoratini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Qabul kvotasi

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi.
Birinchi o‘quv yilida esa 5-10-sinflariga har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi qabul qiladi.

Prezident maktabiga o'quvchilar qanday qatnaydilar? Prezident maktabida o‘qish haftaning besh kunida tashkillashtirilib, dushanbadan jumagacha o‘quvchilar yotib qolib o‘qiydilar. Uyi yaqin o‘quvchilarga ham ketishga ruxsat berilmaydi.