Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) taʼlim yoʻnalishi 6-1UZB-23 guruhi talabalariga "Oʻzbek adabiyoti tarixi" fanidan ochiq seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
2024-yil, 6-dekabr kuni 1-smena 3-juftlikda "Oʻzbek adabiyoti tarixi" fanidan "Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ma'naviy ahamiyati" mavzusida 6-1UZB-23 guruhi talabalariga filologiya fanlari doktori (DSc), professor Sh.A.Hayitov tomonidan ochiq seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tashkil etilgan mashgʻulotda talabalar savollarga atroflicha javob berib, hayotiy misollar orqali tahlil qilishdi. Dars jarayonida "Savol-javob", "Ifodali oʻqish", "Tahlil qilish" metodlaridan unumli foydalanildi.
Ochiq darsni tahlil qilish maqsadida Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, f.f., doktori (DSc) N.J.Bekova, f.f.f., doktori (PhD), dotsentlari H.R.Latipov, N.B.Norova va Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti, f.f.f., (PhD) U.Sh.Ahmadovalar tashrif buyurishdi. Ochiq darsdan koʻzlangan maqsad toʻla amalga oshirildi.