Bilimsiz, shubhasiz, aniq koʻrdir,Kel, ey nodon, bilimdan hissa ol.(Yusuf Xos Hojib)
2024-yil 11-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) G.Y.Sayidova 6-3 UZB-22 guruh talabalari bilan "Turkiy filologiyaga kirish" fanidan "Alisher Navoiy asarlari boʻyicha yaratilgan filologik asarlar" mavzusida ochiq seminar mashgʻuloti oʻtkazdi.
Ochiq dars "guruhlarda ish" tarzida tashkil qilindi. Dars Toli Iymoniy Xiraviyning "Badoe al-lugʻat" asari, "Abushqa" lugʻati, Muhammad Yoqub Chingiyning "Kelurnoma" asari, Mirza Mehdixoning "Sangloh" asari, Muhammad Rizo Xoksorning "Muntaxab al-lugʻat" asari, Fazlullaxonning "Lugʻati turkiy" asari haqida nazariy fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Dars davomida innovatsion texnologiyalardan, "BBB", "Venn diogramma", "Davom ettir...", "Boʻshliqlarni toʻldir", "Charxpalak" singari metodlardan unumli foydalanildi. Har bir metodda talabalar faol qatnashib, oʻzlarining bilimlarini koʻrsatishga harakat qilishdi. Tajribali pedagog, asosan, guruhdagi talablarning faolliligiga, ijodkorligiga hamda zukkoligiga alohida eʼtibor berdi.
Mahorat darsining soʻngida ochiq dars mashgʻulotini kuzatish uchun kirgan filologiya fanlari doktori, professor G.Astanova: "Ilm martabasi martabalarning zoʻridir, degan gap shubhasiz toʻgʻri. Qaysi yerda ilm-u maʼrifat kuchli boʻlsa, oʻsha yer baxt maskani hisoblanadi!", - deya eʼtirof etib oʻtdilar.