November 26, 2024

Lingvistika (tillar boʻyicha) oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishida 10-1UZL-23 guruh magistrantlariga "Semantika" fanidan ochiq maʼruza mashgʻuloti oʻtkazildi.

10-1UZL-23 guruh magistrantlariga 1-juftlik (2-smena) soat 13.30 (115-xona)da "'Evfemizm va disfemizm" hodisasi mavzusida belgilangan reja asosida maʼruza oʻqildi. Dars mashgʻuloti oʻz vaqtida boshlandi va talabalarning toʻliq ishtiroki taʼminlandi.

Maʼruza mashgʻuloti juda qizgʻin tarzda olib borildi. Magistrantlarga evfemizm va disfemizm hodisasi haqida koʻpgina maʼlumotlar berildi. Mavzu yuzasidan bir qancha adabiyotlar bilan tanishtirildi hamda evfemizm va disfemizm hodisasi yuzasidan oʻzbek tilshunos olimlarining olib borgan tadqiqqot ishlariga qisqacha izohlar berib oʻtildi.

Darsda talablarning barchasi kompyuterlar bilan ishtirok etishdi va mavzu yuzasidan tayyorlangan taqdimotni bevosita kompyuter orqali kuzatib borishdi. Bundan tashqari mashgʻulot davomida ayrim topshiriqlar bilan mavzu yuzasidan egallangan bilimlar mustahkamlab borildi. Jumladan, "Ayol qadri" deb nomlangan audio qoʻyib eshittirildi va unda ishtirok etgan evfemizmlarni topib yozish hamda ularni izohlash vazifasi berildi.

Ochiq maʼruza mashgʻulotini kuzatish uchun Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi oʻqituvchilari dotsent f.f.f.d (PhD) U.Ahmadova va L.Avliyoqulovalar ishtirok etishdi.