February 14, 2022

«UMIDLI KIMYOGARLAR-2022» XXXI yosh olimlarining ilmiy-texnikaviy konferensiyasi

2022 yil 12-15 aprel kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida boʻlib oʻtadigan “Umidli kimyogarlar-2022” yosh olimlarning XXXl ilmiy-texnik konferensiyasida ishtirok etishga taklif etamiz. Konferensiya yosh olimlar, tadqiqotchilar, bakalavriat va magistrantlarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilishga bagʻishlangan.

Anjumanda 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, shuningdek, ilmiy rahbarlari bilan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda maʼruzalar quyidagi shoʻbalar boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. Noorganik moddalar texnologiyasi.
  2. Organik va yuqori molekulyar birikmalar texnologiyalari.
  3. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyalari
  4. Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi.
  5. Kimyoviy texnologiyada kompyuter uslublari va fundamental fanlar.
  6. Taʼlimda innovatsiyalar, sanoat iqtisodiyoti va menejmenti.
  7. Kimyoviy texnologiyalar va atrof-muhit muhofazasi..
  8. Shahrisabz filiali shoʻbasi
  9. Yangiyer filiali shoʻbasi

Maʼruza matnlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar.

Konferensiya uchun materiallar 2022 yil 1 martgacha yuborilishi kerak. Maqola hajmi formulalar, rasmlar va grafikalarni oʻz ichiga olgan A4 formatidagi 1-2 ta toʻliq sahifadan iborat. Raqamlar va formulalar birlashtirilgan boʻlishi kerak. Toʻrt tomonning chekkalari — 20 mm, chiziqlar oraligʻi 1 sm, shrift — 12. Times New Roman, WORD muharriri elektron versiyasida boʻlishi lozim. Mualliflar soni 5ta gacha, Adabiyotlar soni 5ta gacha.

Konferensiya tillari: oʻzbek, rus, ingliz. Ingliz tilidagi maqolalar rus yoki oʻzbek tillariga tarjimasi bilan taʼminlangan. Maqola sarlavhasi katta harflar bilan, oʻrtaga joylashtirilgan, kichik harflarda mualliflarning familiyalari, ismi shariflarining bosh harflari, lavozimi yoziladi; talabalar uchun guruh raqami, quyidagi satr:

tashkilot nomi (institut, kafedra), aloqa telefon raqami, 1 intervaldan keyin maqola matni.

OOʻMTV ning 205-sonli buyrugʻiga binoan adabiyotlarga havolalar xalqaro Scopus, Web of Science. Springer, РИНЦ va boshqa xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiritilgan jurnallarning manbalarini oʻz ichiga olishi kerak.

Talabalarning maqolalari rahbar tomonidan imzolangan boʻlishi shart.

Maʼruzada yangi ilmiy tadqiqot ishlarning natijalari aks ettirilishi shart. Referativ tarzdagi maqolalar qabul qilinmaydi. Anjuman materiallari elektron kitob shaklida nashr etilishi rejalashtirilgan.

Nashr TКTI xodimlari va talabalari uchun bepul.

Boshqa muassasalar uchun 1 ta maqola uchun toʻlov narxi 40 000 soʻm.

Rekvizitlar: Xazina MFRUz, h/r 23402000300100001010 HKKM MBBB, Toshkent shahri, MFO: 00014, INN: 201122919, TKTI sc/h r: 400110860262777094100079002, INN TKTI: 201053370. OKONKH: 92110, Toʻlov kodi: 09510. Toʻlov topshirigʻiga muallifning familiyasi va “Umidli 2022 conf.uchun toʻlov “.

KORRESPONDENSIYANI

Toshkent sh., Navoiy koʻchasi., 36. TKTI, Innovatsiya markazi, Konferensiya tashkiliy qoʻmitasi, D.S.Kadirovaga, Tel.: 71-244-92-48; telegram — 90 9735532 yuborishingiz mumkin.

Na'muna

MAVZU: MODDALARNI KIMYOVIY TARKIBI

k.o'q. Sobirov A.N., bak. Abduvaliyev K.A. 17-19 gr.

Oʻzbekiston Milliy universitet, kimyo kafedrasi, 93 444-33-22