September 14, 2023

TKTI Yangiyer filialida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi

Keksa avlod vakillarini qadrlash, e'zozlash, ularga ehtirom ko‘rsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlaridan biridir. Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

Unda turli sohada faoliyat yuritgan faxriy mehmonlar, jumladan, 1-darajali mehnat faxriysi, yozuvchilar uyushmasi a'zosi - Tursunboy Raxmatov, falsafa fanlari dotori, yozuvchilar uyushmasi a'zosi - Ilyos Quvondiqov, mehnat faxriysi, nuroniy ota - Bozorboy Xakimov kabi fan arboblari tashrif buyurishdi. Ular bilan uchrashishga mushtoq talabalar mehmonlarni xush kayfiyatda kutib olishdi

Uchrashuv davomida faxriylar hayot yoʼli, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yoʼlda uchragan mashaqqatlar va qiyinchiliklari xususida yosh avlod vakillariga hikoya qilib berdi. Tadbir so'ngida ustozlar talablarga o’qishlarida muvafaqqiyatlar tilab, kelajakka kata-katta maqsadlarga erishishlariga omadlar tiladi.