O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Oʻzbekistonda sud hokimiyatining mustaqilliginita’minlash Konstitutsiyaning 1992-yilgi tahriridanboshlab muhim prinsip sifatida belgilangan. 2023-yilgi Konstitutsiyaviy islohotlar ushbu prinsipni yanadarivojlantirib, sud mustaqilligini ta’minlashninghuquqiy kafolatlarini mustahkamladi. O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq sudlar faqatqonunga bo‘ysunadi va sudyalarning mustaqilligigahech kim aralasha olmaydi. Shuningdek, sudlarninghaqiqiy mustaqilligi nafaqat qonunchilikdagio‘zgarishlarga, balki sudyalar va boshqa huquqiymutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash kabi omillargaham bog‘liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiningmamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz rivoji hamdainson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyatibeqiyosdir. Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilganinson huquqlari vа erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik vа sud hokimyatining chinakammustaqilligini ta’minlashda alohida o’rin tutadi. Sudmustaqilligi jamiyatda adolat tantanasining garovidir. Adolat vа qonun ustuvor bo’lgan jamiyatda fuqarolarerkin vа farovon yashaydi, davlat har tomonlamarivojlanadi.
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagiKonstitutsiyasi 2023 yil
30 aprel kuni o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasireferendumida umumxalq ovoz berish orqali qabulqilindi vа 2023 yilning 1 mаy sanasida kuchga kirdi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga 27 tа yangi moddakiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshdi, ya’niamaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilandi. Bu yangilanishlar tag zaminida faqat insoniylik omiliyotadi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham sudhokimiyatiga alohida bob ajratilgan bo’lib, konstitutsiyamizning moddalarida: oliy sudlov faqatsud tomonidan amalga oshirilishi hamda sudhokimiyatining, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchiorganlar, siyosiy partiyalardan mustaqil holda faoliyatyuritishi qat’iyan belgilab qo’yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashisudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyatimustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioyaetilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiraisi va uning o‘rinbosari O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining taqdimiga binoan O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan beshyillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasigaikki muddatdan ortiq O‘zbekiston RespublikasiSudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etibsaylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashinitashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilanbelgilanadi.
Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqilligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obro‘-e’tiborli sudyalar bilan to‘ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi.
Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyatorganlari ta’siridan holi bo‘lishiga xizmat qiladi. “Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatiningchinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgannavbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalarhamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliykengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamidayarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sudhokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir birqator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. 2017yilning 6-aprelida qabul qilingan “O‘zbekistonRespublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”giqonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalarto‘liq o‘z ifodasini topgan. Mazkur Kengashkonstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistonRespublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalarhamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekistonRespublikasida sud hokimiyatining mustaqilligikonstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashgako‘maklashishi o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri sudhokimiyatining mustaqilligini ta’minlash uchunmustahkam huquqiy asos yaratdi, xususan 2023-yil-giKonstitutsiyaviy islohotlar natijasida sudhokimiyatining mustaqilligi prinsipial ravishdatakomillashtirildi. Konstitutsiyamizning 109-moddasi sud tizimining davlat hokimiyatining mustaqil bo‘lagisifatida mustahkamlanishini kafolatlaydi. 110- moddasida esa sudyalarni lavozimidan asossiz ravishdaozod qilishga yo‘l qo‘yilmasligi, ularning muddatlariuzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin emasliginihuquqiy kafolat sifatida belgilaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sudhokimiyati faoliyatiga aralashuv qat’iy man etiladi. Konstitutsiya davlat boshqaruvi organlari vamansabdor shaxslarga sud qarorlarini tanqid qilish vaularga ta’sir ko‘rsatishni man etdi. Konstitutsiyamizning yangi tahriri sudlarning xalquchun ochiqligi va ularda shaffoflik tamoyillarimustahkamlaydi. Bu sud tizimining adolatga erishishborasidagi ishonchni oshirishga qaratilgan. Konstitutsiyaviy asoslar sud hokimiyatining faqatqonun va odil sudlov tamoyillariga amal qilgan holdaqaror qabul qilish huquqini kafolatlaydi. Bu sudhokimiyatining boshqa sohalardan to‘liq mustaqilliginita’minlashda muhim ahamiyatga ega.Yakuniy natijada, sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, faqathuquqiy me’yorlar emas, balki bu tamoyillarningamalda to‘liq bajarilishini talab qiladi. O‘zbekistonningbu boradagi konstitutsiyaviy yangiliklari mamlakatdaadolatli va xalqchil sud tizimini shakllantirish yo‘lidagimuhim qadamlardan biridir.
Sirdaryo viloyat sudining arxiv mudiri