Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati filialga tashrif buyurdi
Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Safarov Toyir Tursunovich va ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i To‘rayev Tolib Bozorovichlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrif buyurishdi.
Filial direktori Xakimov Zafar Tulyaganovich hamrohligida mehmonlar filialdagi olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, talabalikka ilk qadamini bosgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut va filial rahbariyati yoshlarni talabalar safiga qo‘shilganliklari bilan tabriklab, ularni kelgusida yetuk kadr bo‘lib chiqishlarida zafarlar tilashdi. Shundan so‘ng talabalar bilan ochiq muloqot qilishib, hozirda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan ulkan shart-sharoit va imkoniyatlardan talabalarimiz unumli foydalanishlari zarurligi hamda chet tillarini mukammal o‘rganishliklari kerakligi ta’kidlandi. Qolaversa, filial talabalari uchun Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ekskursiyalar tashkil etilishi aytib o‘tildi.