April 19, 2025
Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo'l
Ayni mavzuda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotdan ko'zlangan asosiy maqsad faol, tashabbuskor, iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga keng jalb etish, yoshlar orasida davlat xizmatining jozibadorligini oshirishdan iboratdir.
Uchrashuvda talaba yoshlarga vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovlarda ishtirok etish, tanlov bosqichlari va tartiblari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Uchrashuv so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusida davlat xizmatida ishlash istaklari borligini bildirishdi.
April 19, 2025, 04:58
0Â views
0Â reactions
0Â replies
0Â reposts