March 20, 2025

TOVAR (XIZMAT) BELGILARI SIFATIDA RO’YXATDAN O’TKAZILMAYDIGAN BELGILAR

Tovar belgisi bu bir jismoniy yoki yuridik shaxsningtovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik yoki jismoniyshaxslarning bir turdagi tovarlari va xizmatlaridan farqlashuchun foydalaniladigan belgilardir. Odatda Tovar belgisisifatida so’zlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar yokiularning jamlama ifodasi ro’yxatdan o’tkazilishi mumkinhamda Tovar belgisi istalgan bir rangda yoki turliranglarda ifodalanishi mumkin. Hamma ma’lum bo’lgandunyoga mashxur brendlardan Apple kompaniyasigategishli bo’lgan tishlangan olma logotipi va ushbukompaniya tomonidan ishlab chiqarildigan Iphonetelefonining ovozi hamda mahalliy kompaniyalarimizdanbiri ARTEL kompaniyasining o’sha ARTEL deganyozuvidagi logotipi Tovar belgilari hisoblanadi.

Tovar belgilarida ega bo’lgan jismoniy va yuridikshaxslar o’zlariga ega bo’lgan Tovar (xizmat) belgilarini“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelibchiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko’ra, qonunda belgilangan tartibda davlat ro’yxatidano’tkazish asosida hamda O’zbekiston Respublikasiningxalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofazaqiladilar. Tovar belgisining egasi o’ziga tegishli tovarbelgisidan guvohnomada ko’rsatilgan tovarlar vaxizmatlarga nisbatan foydalanish hamda tasarruf etishningmutloq huquqiga ega bo’ladi.

Amaldagi qonunchilikda Tovar belgilari sifatidaro’yxatdan o’tkazishga yo’l qo’yilmaydigan belgilarbelgilab o’tilgan bo’lib, quyidagilar tovar belgisi sifatidaro’yxatdan o’tkazilmaydi:

1) davlat gerblari, bayroqlari va davlatmukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yokihukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liqnomlari;

3) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namunayo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;

4) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasidaqo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;

5) farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar;

6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatidaumum foydalanishda bo‘lgan belgilar;

7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalarhisoblangan belgilar;

8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi vaqiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yokio‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchunfoydalaniladigan belgilar;

9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagiyolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lganbelgilar;

10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasmanko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududdachiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchibelgilar;

11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtliichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo‘g‘rofiy nomlarbo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchunishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinibyoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqashunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;

12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloqqoidalariga zid bo‘lgan belgilar.

Ro’yxatdan o’tkazilayotgan Tovar belgisi, zero, bunday talab qonunda ko’rsatilmagan bo’lsa-da, muayyanyangilik darajasiga ega bo’lishi kerak. Bunda yangi Tovar belgisi nafaqat boshqa o’xshash belgilarga nisbatan, balkiindividuallashtirishning boshqa vositalariga nisbatan ham yangi bo’lishi kerak.

Guliston tumanlararo

iqtisodiy sudi sudyasi M.Xolikov

Guliston tumanlararo iqtisodiy

sudi devonxona mudiri A.Bozorboyev