August 16, 2023

Filialda taniqli aktyorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Bugun, 16-avgust kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga taniqli aktyor tashrif buyurdi.

Uchrashuv teatr va o’zbek kinosida o’ziga xos o’ringa ega taniqli aktyorlar va "O'zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist"lar Said Muxtorov, Gulchexra Sadullayeva, Muqaddas Sadullayeva, Shavkat Komilov , Otabek Haqnazarov, Bekzod Tadjiyev, Barno O'ngbayeva, Umid Shodmonov, filial rahbariyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan davra suhbatida aktyorlar so’nggi yillarda o’zbek kinosining erishgan yutuqlari haqida aytib o’tdi. Tadbir davomida talabalar kinomotografiya sohasidagi o’zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan javob oldilar. Ulug’ alloma va ajdodlarimiz haqida ham kino, seriallar olinishi kerakligi haqidagi takliflar rejissorlar tomonidan o’rganib chiqilishi aytildi.

Tadbir ishtirokchilari ushbu uchrashuvda o’zlarining hayot yo’llarida kerak bo’ladigan maslahatlarni olishdi.