September 11, 2023
“Besh tashabbus olimpiadasi”: stol tennisi boʻyicha musobaqaga start berildi
Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalar o'rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining stol tennisi bo'yicha saralash bosqichiga start berildi.
Tadbirda filialning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi direktor o'rinbosari O.Abdug'aniyev va direktor maslahatchisi Z.Qodirov ishtirok ochib berdi.
Ushbu musobaqada fakultet tyutorlari boshchiligidagi talabalar jamoasi o'zaro bellashdilar. Yakuniy natijalar rasmiy kanalda e'lon qilinib boriladi. Musobaqa davom etmoqda.