September 12

Abdug'aniyev Otabek Abduhamidovich

Abdug'aniyev Otabek Abduhamidovich 1974-yil 23-iyulda Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tug'ilgan. Oliy ma'lumotli, 1996-yil Guliston Davlat universitetini tamomlagan. O'qituvchi-iqtisod mutaxassisligiga ega. "Shuhrat" medali sohibi.

Mehnat faoliyati

1996-1997 yy. - "Koʼzgu" gazetasi va telestudiyasi muharriri

1997-1998 yy. - "Koʼzgu" gazetasi bosh muharriri oʼrinbosari

1998-2001 yy. - "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi oʼrinbosari

2001-2001 yy. - "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Yangiyer shahar Kengashi raisi oʼrinbosari

2001-2010 yy. - Sirdaryo viloyati "Davr yoshlari" gazetasining bosh muharriri

2010-2015 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari qoʼmitasining aʼzosi

2015-2017 yy. - Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari qoʼmitasining aʼzosi

2017-2019 yy. - Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari

2019–2022 yy. - Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti dekanining yoshlar masalalari boʼyicha oʼrinbosari

2020-2022 yy - “Yangi Sirdaryo” va “Новая Сырдарья” gazetalari tahririyati bosh muharriri

2022 - h.v.q - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangier filiali yoshlar masalasi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktorning birinchi oʼrinbosari