September 14, 2023
Rauf Parfi ijodiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi
📆Bugun 14-sentyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining Axborot-resurs markazida XX asr turkiy adabiyotining, xususan, o‘zbek adabiyotining sohir sheʼriyat sohibi Rauf Parfi ijodiga bag‘ishlangan badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
💬 Unda filialga tashrif buyurgan viloyatimiz shoiri Davlat Tursun, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyer shahar bo'linmasi rahbari Abdushohid Abduqodirov va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
🗣 Tadbir ishtirokchilari shoirning hayoti va ijodiga to‘xtalib o‘tishdi va sheʼrlaridan parchalar keltirdi. Tadbir so‘ngida filial kutubxonasiga shoir qalamiga mansub kitoblar sovg‘a qilindi. Tadbir barchada katta taasurot qoldirdi.
September 14, 2023, 11:29
0 views
0 reactions
0 replies
0 reposts