Fuqarolarning muomala loyoqatini cheklanishi va ularni muomala layoqatisiz deb topilishi hamda uning oqibatlari
Jamiyatimizda fuqarolar tomonidan spirtliichimliklar va giyohvanlik vositalarini istemol qilishholatlari kuzatilib turilishi hamda bu xatti-harakarlarorqasidan ularning oilaviy holatiga jiddiy zararkeltirayotganligi odamni ko’nglini hira qiladi. Fuqarolarning bu harakatlarni cheklash maqsadidaO’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida bir qanchanormalar belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolikkodeksining
31-moddasiga ko’ra, spirtli ichimliklarni yokigiyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish natijasida o‘zoilasini og‘ir moddiy ahvolga solib qo‘yayotganfuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolikprotsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklabqo‘yilishi mumkin. Yuqoridagi normaga binoan, voyagayetgan shaxsni muomala layoqatini ikki shart mavjudbo’lganda cheklanishi mumkin: spirtli ichimliklarni yokigiyohvandlik vositalarini haddan tashqari va muntazamravishda iste’mol qilinish hamda ikkinchisi, shuningnatijasida o’z oilasini og’ir moddiy ahvolga solib qo’yishi. Shu bilan birga, oilaning boshqa a’zolarida ish haqqiningyoki boshqa daromadlarning mavjudligi fuqaroningmuomala layoqatini cheklash haqidagi arizachiningiltimosini rad etilishiga asos bo’lmaydi, basharti oilaa’zolari spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarinisuiiiste’mol qilayotgan fuqarodan zarur hisoblanganmoddiy yordamlarni ololmayotgan yoxud uni to’liq yokiqisman boqishga majbur bo’layotgan holatlar mavjudbo’lsa. Agarda fuqaro bit o’zi istiqomat qilayotgan bo’lsauning muomala layoqatining cheklash mumkin emas.
Fuqaroning muomalaga layoqati nafaqat uningyoshiga, balki ruhiy sog’ligining holatiga ham bog’liq. Fuqaro o’z harakatlarining ahamiyatini tushunaolmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan ruhiykasaallik ya’ni aqli zaiflik fuqaroni muomalaga layoqatinicheklashga asos hisoblanadi. Shuningdek, o’zharakatlarining ahamiyatini tushunsada, biroq ularniboshqara olmagan taqdirda ham muomalaga layoqatsizdeb topilishi mumkin. Ruhiy kasallikni aniqlash va tashxisqo’yish tartibi umume’tirof etilgan xalqaro stadartlarhamda tasniflar asosida belgilanadi.
Fuqarolarni muomalaga layoqatsiz deb topish vamuomala layoqatini cheklash faqatgina sud orqali amalgaoshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessualkodeksi 310-moddasiga ko’ra, spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarnisuiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqaticheklangan deb topish to‘g‘risidagi yoki fuqaroni ruhiyholati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishuning oila a’zolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlatorganlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarihamda jamoat birlashmalari bergan arizalar bo‘yichaqo‘zg‘atilishi mumkinligi belgilangan bo’lib, ushbuarizalar mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bushaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.
Sud tomonidan fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilgandan va muomalaga layoqati cheklangandan so’ng, ularga ya’ni muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsgavasiy hamda muomalaga layoqati cheklangan shaxsga esahomiy tayinlanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilganshaxsga vasiy etib uning eri (xotini), ota-onasi, boshqaqarindoshi, shuningdek, boshqa shaxs ham tayinlanishi mumkin. Vasiy muomalaga layoqatsizfuqaroning qonuniy vakili bo’lib, uning nomidan yuridikharakatlarni amalga oshiradi hamda uning huquqlarinihimoya qiladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolikkodeksining 996-moddasiga ko’ra, muomalaga layoqatsizdeb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni uningvasiyi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shartbo‘lgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilanyetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to‘laydi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolikkodeksining 119-moddasiga ko’ra, muomalaga layoqatsizdeb topilgan shaxs tomonidan tuzilgan bitim o’z-o’zidanhaqiqiy emas deb hisoblanadi.
Muomala layoqati cheklangan shaxsga esa homiytayinlanadi. Muomala layoqati cheklangan fuqaro faqatmayda maishiy bitimlar tuzishga haqli. Boshqa bitimlarniesa u faqat homiyining roziligi bilan sodir etishi mumkin.O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 120-moddasiga ko’ra, spirtli ichimliklarni yoki giyohvandvositalarni suiiste’mol qilish oqibatida muomala layoqaticheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligisiztuzilgan bitimni sud haqiqiy emas deb topishi mumkin. Fuqaro mustaqil ravishda, homiyining roziligisiz, ishhaqqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularnitasarruf etishi mumkin. Ammo, muomala layoqaticheklangan deb topilgan shaxs tomonidan spirtliichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’molqilish oqibatida yetkazilgan zararni uning o‘zi umumiyasoslarda to‘lashligi qonunchilikda belgilangan.
Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishiga vafuqaroning muomala layoqati cheklanishiga asos bo’libxizmat qilgan asoslar bekor bo’lganidan so’ng, sudfuqaroning muomala layoqatini cheklashni bekor qiladihamda sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasigaasoslanib, sog‘aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topadi. Ularga tayinlangan homiylik va vasiylik bekorqilinadi.
Guliston tumanlararo iqtisodiy