FUQAROLARNING HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH KAFOLATLARI
Mamlakatimizda keyingi yillarda sud-huquqsohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, sudhokimiyatining haqiqiy mustaqilligini kafolatlashgaqaratilgan.
Mazkur jarayonning huquqiy asoslarini yanadamustahkamlash maqsadida 2025 yil 9 iyunda “Yangitahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiqabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonRespublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarfaoliyatining hamda fuqarolar huquq vaerkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgano‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”giO‘RQ-1067-sonli Qonun qabul qilindi.
Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksigakiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, aybdorlikka oid barchashubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlaritugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumningfoydasiga hal qilinishi keraligi, qonunqo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar hamgumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga halqilinishi kerakligi, shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukutsaqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi.
Shu bilan birga, shaxsning o‘z aybini tan olganligiunga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishiyoki jazoga tortilishi mumkin emasligi ko‘zda tutildi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgano‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, sudyalarningmuayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmasligi, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonunchiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiypartiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqainstitutlaridan mustaqil holda ish yuritishi belgilandi.
Shuningdek, sudyani muayyan ishningmuhokamasidan chetlashtirishga yoki uningvakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimgao‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda vaasoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi ko‘rsatildi.
Mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundane’tiboran kuchga kirdi.