September 7, 2023

Filialda tanishtiruv haftaligi davom etmoqda

Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tanishtiruv haftaligi doirasida filial rahbariyati va birinchi bosqich talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda filial direktori Zafar Xakimov, Yoshlar bilan ishlash va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi direktor o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniyev, direktor maslahatchisi Zafar Qodirov va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talabalarga o‘quv jarayonlari, kredit-modul tizimi, shuningdek, talaba-yoshlarning o‘quv yilid davomida vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalarni rag‘batlantirish, tanlovlar, loyihalar va to‘garaklar bo‘yicha suhbat olib borildi. Talabalarning takliflari hamda qiziqishlari yuzasidan fikrlar almashilindi.