February 10, 2025

Qor va Quyosh

1-episode

Author: @Yujin_

Uchrashuv

Maktabning eng aqlli o‘quvchilaridan biri bo‘lgan Kim Teahyung har doim jiddiy, tartibli va sokin yigit edi. U doimo darslariga berilib, hayotni faqat ilm bilan tushunish mumkin deb hisoblar edi. Har kuni bir xil yo‘ldan maktabga borar, harakatlarini reja asosida bajarardi. Uning uchun tartibsizlik yo‘q edi.

Lekin bu tartibli hayotga bir kun kelib, momaqaldiroqdek shovqin soladigan bir bola paydo bo‘ldi — bottom. U juda quvnoq, har doim kulib yuradigan va hatto kichik narsalardan ham quvonch topa oladigan bola edi. U hech narsani oldindan rejalashtirmasdi, har bir kunini hayajon bilan yashardi.

Taehyung uni ilk bor maktab hovlisida, kuzning sariq barglari ostida ko‘rgan edi. Bottom do‘stlari bilan kulib, yonidan o‘tib ketayotgan edi. To‘satdan u Teahyungning kitoblarini tushirib yubordi.

— Voy, kechirasiz! — dedi bottom, qizarib. — Bi-i-it-tadaygina shoshayotgandim…

Taehyung biroz g‘ijinib, kitoblarini terdi.

— Agar oldinga qaramasangiz, bu yana takrorlanishi mumkin, — dedi u jiddiy ohangda.

Bottom esa jilmaydi:

— Balki siz orqaga qarab yurishingiz kerakdir? Shunda oldinda kim borligini ko‘rasiz!

Bu gapdan Teahyung bir zum lol qoldi. Uni hali hech kim bunday hazil bilan gapirtirmagan edi. Bottom esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek yana kulib, do‘stlari tomon yurib ketdi.

Shu kundan boshlab, Taehyung bottomga ko‘proq e’tibor bera boshladi. Nega u doimo shunday quvnoq? Qanday qilib hech narsadan xavotir olmaydi? U bilan gaplashish ham bir xil qiziqarli va chalkash edi.

Lekin Bottom esa boshidan Taehyungning sovuqqonligiga qiziqib qolgan edi.

— Qiziq, — deb o‘ylardi u. — Qor ham iliqlikni his qila oladimi?

Taehyung va Bottom tez-tez to‘qnash keladigan bo‘lishdi. Lekin bu shunchaki tasodif emas edi. Aslida Bottom Teahyungning diqqatini tortishni xohlardi. Tae esa buni sezgan sari, Bottomning harakatlari unga g‘alati tuyula boshladi.

Bir kuni Bottom maktab kutubxonasida Teahyungning yonidan joy oldi. U yerda faqat jimjitlik hukm surardi, lekin Bottom bu sukutni buzishga qaror qildi.

— Sen har doim bunchalik jiddiy bo‘lasanmi? — deb pichirladi u.

Taehyung ko‘zoynagining ustidan unga qaradi:

— Ha. Hayot jiddiy narsa.

Bottom kulib yubordi.

— Yo‘q, hayot qiziqarli narsa! Uni har kuni boshqacha yashash kerak!

— Agar sen rejasiz yashasang, natijasi qanday bo‘lishini oldindan bilmaysan, — dedi Taehyung.

— Ha, shuning uchun hayot go‘zal! – Bottom barmog‘ini ko‘tarib, xuddi katta falsafiy haqiqat aytgandek jilmaydi.

Taehyung bir zum unga tikilib qoldi. Bu yigit… juda boshqacha. Uning hayotga bo‘lgan qarashlari Taehyungning butun tushunchalariga zid edi.

— Sen… qiziq ekansan, — deb qo‘ydi Taehyung xayol bilan.

Bottom esa jilmayib qo‘ydi.

— Sen ham. Lekin hali buni o‘zing tushunmading.

Taehyung ajablanib qoldi. Bu yigit unga nima demoqchi?

Bir kuni maktab Bottomni tadbir tashkilotchisi qilib tayinladi. U esa hech ikkilanmay, Taehyungga yordam so‘rab bordi.

— Menmi? — ajablandi Taehyung. — Men tadbirlarni yaxshi ko‘rmayman.

— Lekin men seni yaxshi ko‘raman! — dedi Bottom birdan.

Kutubxonaning burchagida turgan Taehyung qotib qoldi. Yuragi bir zumga urishdan to‘xtagandek bo‘ldi.

— N-nima?

Bottom qizarganicha jilmaydi.

— Yordam berishingni yaxshi ko‘raman, deb aytmoqchi edim. Nima deb o‘ylading?

Taehyung yuzidagi issiqlikni his qilib, boshini burdi.

— Hech narsa.

Bottom qiqirlab kuldi.

— O‘ylashimcha, sen ham mendan nimanidir o‘rganishing mumkin. Masalan, hayotni bir oz bo‘lsa ham his qilishni.

O‘sha tadbir kuni Taehyung birinchi marta barcha odamlar ichida o‘zini qulay his qilganini sezdi. Bottom doimo yonida edi, unga har narsani tushuntirardi, kuldirardi.

Va o‘sha kecha, yulduzlar tagida, Bottom Taehyungga qarab shunday dedi:

— Bilasanmi, sen qorga o‘xshaysan… Salqin, beg‘ubor va yengil. Ammo men… men quyoshman. Va bilasanmi, nima bo‘lishini?

Iskandar jilmaydi.

— Qor eriydi.

Bottom bosh chayqadi.

— Yo‘q. Qor quyosh nuri ostida yanada chiroyli porlaydi.

Taehyung yana hayratga tushdi. Bu yigit… qanaqadir sehrga ega edi.

Va o‘sha lahzada u tushundi: Bottom uning yuragida allaqachon bir nima o‘zgartira boshlagan edi.