September 29, 2025

Men bir kun kelib ish boshqaruvchi bo‘laman deb hecham o‘ylamagandim.

Men bir kun kelib ish boshqaruvchi bo‘laman deb hecham o‘ylamagandim.

Hozir ko‘p hamkasblarim kuzatayotganlar, qiyinchiliksiz hayot, chiroyli mashinada yirik biznesmenlar oldida juda ko‘p treninglarda qatnashayotganimni ko‘rishadi.
Lekin bu davrgacha qancha ko‘p xato qilganimni juda kamchilik bilishadi.
1. Toyda do‘ira chalg‘anim.
2. Kunlik ishda ishlaganim
3. Davlat ishida rahbarlardan haqorat eshitganim

Ochig‘ini aytganda, men bu sohaga yoki bu yo‘lga kirganimda odamlarga bir fikrni, taklifni yoki ularga o‘zimni aytganimni qildirishga juda qiynalardim.
Juda ko‘pchilik ustimdan kulishar edi:

“Motivator kelvotti”,
“Motivatorlarda gap ko‘p”,
“Qachongacha stul tashib yurasan?”,
“Siz ham biznes qilishni o‘rgatasizlarmi?”, – degan gaplarni eshitardim.

Bu yo‘nalishga kirganimda boshida deyarli tekinga ishlab ham o‘rganishga to‘g‘ri kelgan, hatto ustozlardan qilgan xatoyim uchun qattq dakki eshitganim uchun “bu ishimni tashlayman” degan fikr ham kelgan.

Lekin vaqtlar o‘tib, hammasi o‘zgardi.

2001-yil o‘rtahol oilada dunyoga keldim. Yoshligimdan otam davlat ishida va qo‘shimcha ishlar bilan shug‘ullanganlar. Men doimo oldilarida bo‘lib, hayotni o‘rganib, kichik narsada yutqazib, katta narsada yutishni o‘rgatganlar deb bemalol ayta olaman. Yaxshi eslayman, otam:

> “Nima qilsang ham, aqling o‘zingdan 5 qadam oldinda yursin. Oldinda qoqilishing mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lsa, unga befarq bo‘lma. Men senga bir marta ishonaman, agar ishonchni yo‘qotsang, mendan ishonchni kutma”, – derdilar.

3–4-sinfda men bozorlarda kampot sotganimni yaxshi eslayman.
6–7-sinfda o‘zimni mebel ishlab chiqaruvchi sex ochganim hamon yodimda.
Ertalab maktabga, tushlikdan so‘ng sexda ishlab, yetkazib berish uchun 8 km masofani otam olib bergan velosipedda bozorga olib borardim.

Yana bir narsa: men 15 yil musiqa sohasida oqiganman oliy toifadagi musiqachi bo‘lganman. Lekin baxtga qarshi mendan yaxshi sozanda chiqmasligini bilganimdan va har doim “men faqat 2 darajalik sozanda bolib mablag‘ topamanmi?” degan his-tuyg‘ular o‘tgani uchun bu yo‘ldan ham voz kechdim.

Bu esa mening hayotimda eng katta o‘zgarish qilgan daqiqalardan biri edi.

O‘zimni topish uchun bir necha yil turli sohalarda ishlab ko‘rdim. 2021-yili MFaktorga birinchi qadamimni qo‘ydim. Juda ko‘p ustozlarni ko‘rdim va ularning maslahatlari, o‘rganganlarimni hayotda qo‘llashni boshladim.

Sekin-asta Hasan va Husan Mamasaidov ustozlar nazariga tushishni boshladim va ular menga bir loyha boshqaruvini asta-sekin berishdi. Men qanday qilishni bilmas edim, lekin bu menga to‘siq bo‘lmadi. Oldimda ustozlarim yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishlari orqali jamoa va biznes boshqaruvini o‘rgandim. O‘zim uchun kichik jamoa tuzdim, biznesdagi har bir bo‘lishi kerak bo‘lgan jarayonlarni o‘rganib chiqdim.

Qaysidir vaqtda xatolarimdan, qaysidir joyda qilgan harakatlarimdan tushunib yetdimki, bu barcha osib olgayotgan ish boshqaruvchida bo‘lishi kerak bo‘lgan jarayonlardan ekan.

O‘sha vaqtda men qilayotgan ishlarimni ko‘rgan va muhokama qilgan odamlar hozirda mendan:

👉 “Qanday qilib bir biznesda ko‘tarildingiz?”
👉 “Meniham farzandimni yoningizga oling,” – deb so‘rashadi.

Eng asosiysi, o‘sha paytda ichimdagi yonayotgan olovni so‘ndirmagan holda unga qo‘shilib harakat qilganim tufayli, hozir o‘zim xohlagan hayotda yashamoqdaman.

Ishda o‘zim xohlagan sharoitda, vaqtni boshqarib, ma’lum darajada moliyaviy erkinman. Hamkasblarim hurmat qilishadi.

Eng asosiysi, bir xil takrorlanayotgan hayotda emasman. Biznesda ish bajaruvchi emas, yangi g‘oya va yangi yo‘nalishni qidiradigan insonman.

O‘z yo‘limda orttirgan bilimlarim va xatolarimni jamoam a’zolariga ham, o‘zimga o‘xshab boshida volontyorlik bilan boshlagan insonlarga ham ulashib kelmoqdaman.

Bu harakatim tufayli ularning ham hayotida yaxshi tomonga o‘zgarishlarga sababchi bo‘layotganimdan hursandman.
Ish boshqaruvchilik shunchaki boshqaruv emas. Bu – siz qilayotgan har bir qaror siz va sizning ortingizda turgan insonlarning jamiyatga ma’naviy va moddiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qo‘shadigan qarorlardan tashkil topgan. Biznes egasining g‘oyasi va sizning harakatingiz buni amalga oshiradi.

Agar bu hikoyamdan siz ham shu sohani tanlamoqchi bo‘lsangiz, biling: barchasi sekin-asta bo‘ladi va bunga katta ishonch kerak.