Secret...
Sm: uni uyimda davolayman
X: unga nimadir bo'lsa seni...
Sm: bundan havotirlanma uni albatta davolayman
X: yaxshi faqat unga ozor berma...
_/
Ko'zlarini qandaydir begona xonada ochgan qiz dorilarning g'alati va achqimtir xididan yuzini burishtirdi. Sekin o'rnidan turmoqchi bo'ldiyu qo'lini qimirlata olmadi. Qo'rqib ketganidan endi baqirmoqchi bo'ldi hamki Seungminning qo'li uni ovozini to'sdi. Qiz hayron qarab turarkan Seungmin sekin qo'lini oldi
Sm: sekin qizaloq hozir hamshiralar yugurib kelishadi
S: ssiz..kimsiz..mmen...men
Sm: ha bilaman savollaring ko'p ularga javob berishga ulguraman hozir esa jim yot
S: nima meni o'ldirmoqchimisan yo sotib yuborasanmi qani qo'lingdan kelganini qil shu qo'llarim bog'liq bo'lmaganda seni o'z qo'llarim bilan bo'g'ib o'ldirardim
Qiz shunday degancha tipirchilay boshladi
Seungmin lab chatida kuldi
Sm: yo'q seni o'ldirish niyatim yo'q shunchaki davolamoqchiman
Shunday degancha Sorani qo'liga spirt surta boshladi. Qiz qo'rqqancha tipirchilay boshladi
S: tegma menga tegma aysh...
Sm: jim yot bo'lmasa dori tomiringdan chiqib ketadi.
Seungmin sekingina shpristni joylarkan qiz ko'zlarini chirt yumib oldi.
Sm: ha u aytgani rost ekan sen rostdan ham ukoldan qo'rqasan
Seungmin qanchalik past gapirmasin xona jimjitligi uchun Sora uni eshitdi
Sora birdan Unga hayron bo'lgan yuzi bilan qaradi
S: nima kim kim aytdi buni
Sm: ha..haligi..seni..enagang
S: yolg'on gapiryapsan Lee xonim men ukoldan qo'rqishimni bilmaydi. Buni hech kim bilmaydi. Rostini ayt kim aytdi senga buni yoki kimdur kuzatyapdimi meni aaa
Seungmin nima deyishni bilmay qoldi qizni chalg'itish uchun shpristni biroz o'ynatdi.
S: aysh..og'rityapsan axmoq ol buni og'riyapdi axir
Sm: bular senga kerak tushunarlimi aqilli qiz bo'lsang qo'llaringni bo'shataman
Sora shu gapdan keyin jim yotdi. Seungmin bir nechta dorilarni yuborgach qizga osma ukol uladi
S: shunchasi yetmaydimi ichimni dorilarga to'ldirib tashlading axir. Boshim og'riyapdi bularni deb
Sm: buni o'sha dorilarni ichishdan oldin o'ylash kerak....
Seungminning ovozi birdan o'chdi biroz Soraga qarab turgan yigit qizning ko'zlaridagi yoshni ko'rgach o'ziga keldi
Sm: Sora men...men bilmay...
S: bilmay...to'g'ri sen bilmay aytding...lekin..lekin to'g'riku men narkomanman axir to'g'rimi men yomon insonman DUNYODAGI ENG YOMON ENG IFLOS INSONMAN...axx
Soraning boshida yanada kuchli og'riq turdi. Seungmin tezda uni tinchlanririvchi dori bilan uxlatdi
Sm: kechir bunday demoqchi emasdim. Unga bergan va'damni buzishimga oz qoldi...
Qiz ko'zlarini ochar ekan bu safar qo'llari bog'liq emasdi.Sekin o'rnidan turaman deganda boshidagi turgan og'riq uni yana joyiga yotqizdi. Qiz boshini ushlab yig'lab yubordi. Seungmin xonaga endi kiraman deganda qizni gaplari uni to'xtatdi..
S: o'lishim kerak edi nega tug'ilganman o'zi
Seungmin birdan otilib kirdiyu Soraga tarsaki tushurdi
Qiz Unga hayron bo'lgancha qarab qoldi. Seungminning qattiq jahli chiqgani yuzidagi g'azabdan sezilib turardi. U sekin o'ziga kelib qizga yaqinlashdi. Sora uni yana urishidan qo'rqib orqaga tisarildi. Seungmin negadir indamay xonadan chiqib ketdi.
Bir necha soatdan keyin xonaga qaytib kelgan yigit qizni yo'qligini ko'rib uni izlarkan qiz qayergadir qochganini sezdi.
Sm: Sora nega o'zingni qiynashni yaxshi ko'rasan aa?
U shunday degancha uydan chiqib ketdi
-------
O'rmon bo'ylab yugurib ketayotgan qiz oxiri chiday olmay yiqildi
~ku..chim...qolmadi
~axvoling yaxshimi
To'satdan kelgan ovozdan cho'chib tushgan qiz turmoqchi bo'ldi ammo kuchi yetmadi. U qattiq charchadi chuqur nafas olishga urinardi ammo nafasi bo'g'ziga tiqilib qolgandi. Yigit cho'ntagidan qandaydir moslama chiqardi
~og'zingni och
Qiz hech narsa deyolmadi ammo dorini qabul qilishni xoxlamasdi. Uning yanoqlaridan qattiq qisib dorini yuborgan yigit uni sekin ko'tardi.
~qo'yib...yub..yuboring meni....xoxlamayman....iltimos....hech narsani...xoxlamayman...o'lishni...
Qizdan yana "o'lim" so'zini eshitgan yigit Uni yerga qo'yib qo'llarini qattiq siqgancha baqira ketdi
Sm:SEN NIMALAR DEYAPSAN A BOSHQA ESHITMAY DEGANDIM SENGA NEGA O'ZINGNI BUNCHALIK YOMON KO'RYAPSAN NEGA KURASHISHNI XOXLAMAYSAN A
S: nima qilishim kerak ayt hech kimga kerakmas insonni hayotda ushlab nima qilasan
Sm: keraksan eshityapsanmi keraksan menga va...
S: kim? Kim ekan sen aytayotgan o'sha yana bir odam?
Sm: vaqti kelganda bilib olasan
Seungmin shunday degancha qizning bo'yniga ukol sanchdi. Qizning ko'zlari yumilib yiqilayotganda uni kimdir ushlab qolganini sezdi xolos. Lekin Sora shuni sezdiki bu Seungmin emasdi....