Reaksia for Diana Niqob ortida
Seul ko'chalarida kimdur ishiga kimdur o'qishga shoshib ketyapdi. Diana ham ularning oradiga qo'shildi
D: Jin ursin ustoz bugun meni aniq ko'zlar chizish bilan jazolaydi
Diana shoshilib ketarkan kimdir unga turtilib ketdiyu qo'lidagi barcha qog'ozlari sochilib ketdi
D: Jin ursin yo'lingga qarab yursang bo'lmaydimi
Diana unga jahl bilan qaradi
Yigitning yuzida niqobi boshida esa kepkasi bor edi. Ko'rinishidan mashhur inson edi. Yigit Dianaga ta'zim qilgancha uzur so'radida yerdagi qog'ozlarni tezda yig'ib qizni qo'liga tutdi-yu tez-tez yurib ketib qoldi. Diananing yodida uning ko'zlari qoldi xolos
Diana hayol bilan darsga yetib kelganini ham sezmay qoldi. U hayollari bilan darsga kirarkan ustozining ovozi uni hayolini har tomonga sochib yubordi.
~ Diana necha marta aytdim senga darsga kech qolmagin deb
D: kechiring ustoz( ta'zim qilgancha)
~ joyingga o'tirda ko'zlar chiz agar bir xato bo'lsa darsga boshqa kelmay qo'yaver
D: ammo..
~ men gapimni aytdim joyingga o'tir
Diana hafsala bilan joyiga o'tirdida chizishni boshladi
Rasm chizar ekan ko'z oldidan boyagina ko'rgan ko'zlar ketmas edi Diana shu ko'zlarni chizishga qaror qildi. Quloqchinini taqdi-yu chizishni boshladi
........................
Diana onasining o'limida doimo o'zini ayblab kelgan. Bunga uning otasi aybdor bo'lsada u ham qizini ayblab ichib kelganda Dianani urar edi toki o'gay onasi va opasi kelmaguncha
18 yoshida Maria va Sora xayotiga kirib keldi. Maria uning haqiqiy onasi bo'lmasada doim unga mehribon edi. Sora ham unga chin opadek edi. Ular Dianaga hech qachon o'gaylik qilishmadi aksincha otasi uni urmoqchi bo'lsa Maria qarshilik qilar edi
D: oyi men dugonalarim bilan aylanishga ketyapman
~extiyot bo'l qizim
D: xo'p aytgancha dadam qani
~Dadang ishga ketdi bugun kech qaytar ekan bemalol yuraver o'zim qo'ng'iroq qilaman
Dinana onasining yuzidan o'pdi
D: raxmat oyijonim
Soat 21:50 Diana onasiga 15-marotaba qo'ng'iroq qildi
D: qizlar men keta qolay oyimdan havotir olyapman
Diana uyga qaytar ekan negadir yuragi g'ash edi. Uyga yetib kelganda esa buning sababini bildi. Uning onasi....
4 kundan buyon Diana qabr yonidan siljimas edi o'sha kuni ketib qolgani uchun o'zini nuqul koyirdi Lekin buning foydasi yo'qligi alam qilardi
D: oyi meni kechiring oyijon iltimos meni kechiring o'sha kuni ketib qoldim o'zmni o'yladim Dadam kech kelishini aytganingizdayoq qolishim kerak edi oyi bilar edimku axir jasalinguz xuruj qilsa doringizni berishim kerakligini bilardim kechga borib bu kuchayishini bilardim oyi kechiring meni
Qiz oldingidek qabr ustida uxlab qoldi. Ertalab ko'zlari i ochganida esa o'zini shifoxonada ko'rdi.
D: men...men nega bu yerdaman oyi..oyimni yoniga borishni istayman
Diana tinchlanavermagach unga tinchlantiruvchi qilishdi qizning ko'zlari yumilar ekan uning qo'llarini bog'layotgan shifokorlar asta sekin xiralashib song yo'qoldi
Diana 1 hafta shu yerda yotdi majburlab ovqat yegizishmasa hech narsa yemas edi. 1 haftadan so'ng shifoxonadan chiqgach u yana onasini qabrining yoniga bordi. Yana shu xol takrorlanishidan qo'rqib otasi uni ruhiy kasallar shifoxonasida 5 oy ushladi.
Janob Kim u chalg'ishi uchun san'at maktabiga qo'ydi. U aslida qizini juda yaxshi ko'rar edi. Lekin ichib kelgnida o'zi bilmagan xolda uni onasini o'limida ayblab qizini do'pposlardi. Diana otasi kech qola boshlasa bilar ediki u bugun ichib keladi va yana shu narsalar takrorlanadi. U o'sha kunlari ko'chaga chiqib ketar edi otasi uxlab qolgach sekin xonasiga kirib ketardi. Maria va Sora kelganida oldiniga ularni xushlamadi lekin ularning mehribonligiga baribir yengildi
Diana rasmni tagallagach o'zi chizgan rasmdan o'zi ham hayratdan qotib qoldi
D: us...ustoz men tugatdim
~Diana hazillashyapsanmi bu axir...
~buni rostdan ham chizdi ustoz men o'zim ko'rdim
Diana o'zi ham buni chizganiga ishonmas edi.
~Diana nima sevib qoldingmi
D: nim...nima yo'q men buni...men haligi ....telefonimda...video... rasmda ko'rgandim
~yaxshi yaxshi (ustiz lab chetidakelgancha kinoya aralash gapirdi)
Dars tugagach hamma uyiga ketdi.
Diana bir necha kun bu ko'zlarni yodidan chiqara olmadi u judayam ko'p rasm chizdi
Oradan bir necha hafta o'tdi. Bahor havosidan baxramand bo'lgancha darsga ketardi bugun havo yaxshi bo'lganligi sabab uydan ertaroq chiqdi.
Tasodifni qarangki Diana yana o'sha yigitga turtilib ketib barcha narsasi sochilib ketdi. Yigit bu safar ham xuddi oldingidek kiyingan edi. Ammo Diana yigitni tanimadi
D: aysh bu nimasi ko'zingga qarasang...
Diananing ko'zlari uning ko'zlariga tushdi-yu uni olib qocholmadi
Yigit yana ta'zim qilgancha kechirim so'rab qog'ozlarni oldi-da o'z ko'zlarini chizmalarini ko'rib hayronligicha qotib qoldi
~bu...
Diana yigitning qo'lidan qog'ozlarni tortib oldi
D: men...men yodimdan chiqarish uchun qildim buni
U shunday dediyu tezda ketib qoldi
Yigit yuzidagi maskasini yechdida lab chetida kulgancha qizga qarab qoldi
Diana darsga kelishi bilan unga tinmay qo'ng'iroq bo'la boshladi.
D: oyim uyg'onibdi shekilli
(Qo'ng'iroqni ko'tardi) Alo oyijon men bugun darsga...
Diana birdan jim bo'lib qoldi xona jimjitlikga cho'mgan Diananing ko'zlarida yosh tinmasdi U hech narsa demadi sinfxonadan yugurib chiqib ketdi
Doim shundayman qandaydir ko'ngilsizlik bo'lganini eshitganimdan keyin bir necha daqiqaga shok xolatiga tushaman atrofim qorong'ulashib ketadi quloqlarimda yoqimsiz chiyillash paydo bo'lib hech narsani eshitmayman menimcha bu...kasallik
Ba'zida o'z oyimni sog'inganimda ertalab ertaroq hech kimga chiqib ketib ko'chalarni aylanaman shunday vaqtda doim oyin qo'ng'iroq qilib axvolimni so'raydi u bilgani uchun ham doim qo'ng'iroq qiladi. Lekin bugun uning gaplari...
~Diana tezda yetib kel dadang...Diana dadang...U yig'lardi men faqat shuni sezdim lekin yana o'sha chiyillash u oyimning keyingi gaplarini eshitishimga yo'l qo'ymadi.
Diana Xayoliga kelgan o'ydan qo'rqib ketdi-yu qanday qilib sinfxonadan otilib chiqganini sezmay ham qoldi
D: iltimos faqat bu emas dada iltimos unday bo'lmasin dadajon hali...hali onamni yoniga ketishingizga erta axir axir men....
Diana yugurib ketayotib yiqilib ketdi Barcha narsasi sochilib ketdi lekin u hech narsaga qaramay yo'lida davom etdi
Shifoxonaning kutish xonasida o'tirishar ekan Diana xayoliga kelgan narsa uchun o'zini koyirdi. Lekin bu uzoqqa cho'zilmadi
Doctor chiqishi bilan Diana sapchip o'rnidan turdi
D: dadam u...
Dk: uning kimi bo'lasizlar
M: men ayoliman
D: qizi qiziman bu opam(Sorani ko'rsatib)
Dk; mening xonamga yuring muhim gapim bor
Oradan taxminan yarim soat o'tdi. Diana eshikdan otilib chiqdida yerga o'tirib yig'lab yubordi.
D: dada axvolingiz yaxshimi
~men yaxshiman
D: haligi...dada...men sizga bir narsani aytishim..kerak
Diana tutilib gapirganidan nima demoqchiligini sezgan Kim sekin bosh silkidi
K: bilaman...bu ichkilik meni badnom qildi bilaman qizim ko'p yashay olmayman endi
D: dada unday demang siz hali...
K: yo'q qizim umrim kamligini sezyapman hattoki juda kam
Diana mening orzuim bor bilasanmi onang ko'rolmagan shirin lahzalaringni hech bo'lmasa men ko'rishni xoxlayman
D: dada lekin...
K: iltimos qizim
Shu kendan keyin Mr.Kim Diana uchun nomzodlar qidira boshladi lekin ba'zi yigitlar uni ruhiy hasta deya rozi bo'lishmas ba'zilari faqat boylik uchun hatto ba'zilari o'z nafsi uchun Diana bilan turmush qurmoqchi edi
Diana odatdagidek yana bir yigit bilan uchrashib asabiylik bilan darsga bordi. Uning yoniga bir qiz yugurib keldi
~Diana qara bugun universitetda Jungkook konsert berar ekan
D: Kim edi u
Shimjan qo'lida kattagina plakatni ko'rsatdi
Sh: to'xta sen uni tanimaysanmi axir uning rasmini chizgansan
D: nima yo'q men...
Sh: ha o'shanda uning ko'zlarini chizgan eding
D: bu...bu u emasdi
Sh: aysh Dian yaxshi mayli konsertga kelasanmi
D: men...bilmayman
Sh: kelaqolgin iltimooos
D: yaxshi faqat tezroq qaytamiz
Sh: Aaaaaa albatta
D: qani bu qiz aaa qani
Sh: manaaa
D: yaramas qiz qayerdaeding aaa 1 soatdan beri...
Sh: yolg'onchi hozirgina kelding axir
Diana endi gapiraman deganda birdaniga shovqin ko'tarildi. U saxnaga chiqgan edi.
Sh: Aaaaa qara Dian u judayam kelishgan Aaaaaa u meni idealim
D: sen qizni idealing har soatda almashadi
Konsert tugagach barcha uyiga tarqaldi. Ba'zi muxlislar va albatta Shimjan va Diana Jungkookdan dasxat olish uchun qolishdi (diana bubo'sha yigitligiga ishonch hosil qildi va u rostdan ham Jkni yoqtirib qolgandi)
Diana uyga judayam kech keldi . Judayam charchagani tufayli tezda uxlab qoldi
Diana uyqudan uyg'onib. Dush qabul qildi va nonushtaga tushayotib tanish ovozni eshitdi
~demak...undaqo'riqchi bo'lasan...tunda
~xo'p bo'ladi Janob
D: nima bo'lyapdi bu yerda...sen
Bu Jungkook edi Dianani hayron qoldirgan narsa Jungkook bu yerga qo'riqchilar kiyimida turar edi
K: bu meni qizim Diana
Jk: Salom xonim (ta'zim qilgancha)
D: sen bu yerda nima qilyapsan nima meni kuzatib yuribsanmi
K; bir biringizni taniysizmi
D: ha dada bu yigit qo'shiqchi kechagina bizning maktabda konsert berdi
K: Jungkook senga ba'zi savollarim bor Diananinqayerdan taniysan va nima uchun bunchalik o'zingni qiynayapsan bir nechta ishda ishlash oson emas axir
Jk: bilaman janob ammo majburman
Taxminan 3 yil oldin Dianani ruhiy hastalar shifoxonasida ko'rganman u yerda ishlayotganimda. Va 1oycha avval uni yana uchratib qoldim unga turtilib ketib qo'lidagi narsalarni tushirib yubordim ularni olib berayotib uni tanidim
Ishimlarimning sababi esa singlim. Ota onam aslida shifokor bo'lishimni xoxlashgani sabab o'sha yerda ya'ni ruxiy kasallar shifoxonasida ishlar edim.
U yerda 2 yildan ortiq ishladim. oila a'zolarim bilan bazmga ketayotganimizda avtohalokatga uchradik ota onam...vafot etishdi singlim esa ruhiy hasta uni davolash uchun katta pul kerak ekan shuning uchun bularga majburman
K: senga pul beraman xo'sh necha pul kerak
Jk: Janob men .... haligi
K: ammo....buni badali bor
Jk: har qanday badaliga singlim tuzalsa bo'lgani
K: qizimga...uylanasan
Jk: nim...nima....men
Ularni jimgina kuzatib turgan Diana tilga kirdi
D: dada nimalar deyapsiz men....dada...dada o'zingizga keling dadajon
Dk: Xonim dadangizni ahvoli og'irlashyapdi endi u nazoratimizda bo'lishi kerak
Diana va Jungkook birga palataga kirishdi
K: qizim
D: dada yaxshimisiz
K: men yaxshiman lekin hozircha
Jk: Doctor bu qanday kasallik
Dk: bemor ko'p ichganligi sabab jigar kasalligiga uchragan
Jk: natijalarni ko'rsam bo'ladimi
Dk: kechirasiz bemorlarning bu kabi ma'lumotlarini begonalarga bera olmaymiz bu taqiqlangan....ruxsatingiz bilan ketaman
Doctor Jkga g'alati qarab ta'zim qilgancha jimgina chiqib ketdi
Doktor chiqib ketgach Jungkook eshik tomonga asabiy qaradi.
Jk: bular nima qilmoqchi o'zi
D: nimadir bo'ldimi
Jk: Diana menimcha bu kasallikni davolasa bo'ladi
D: nim..nima rostdanmi
Jk: ha lekin men natijalarni ko'rishim shart sizga va'da berolmayman lekin saraton kasalligining oxirgi bosqichida mingtadan bir inson bunday tetik yura oladi
Dk: bir daqiqa menda bir fikr bor ( eshikdan qarab Doctorni chaqirdi) menimcha natijalarni begona emas be'morning bo'lajak kuyoviga ko'rsata olasiz
Jungkook Dianaga bir soniya shok holatida qaradida keyin nima qilmoqchi ekanini sezdi
Dk: nim...nima siz...
Jk: ha shunday men shifokorman va natijalarni ko'rmoqchiman
Dk: shifo...shifokor lekin....men... haligi
Jk: xo'sh endi aytingchi Doctor sizga kim aytdi bunday qilishni? Unga kasallikni kuchaytiruvchi dori ta'sir qilibdimi xo'sh haaytgancha(Doctor olib kelgan shpristga ishora qilib) bu o'sha zaharmi?
Dk: nimalar deyapsiz
Jk: yaxshi zahar emasligini isbotlash uchun buni sizga jo'natib ko'ramiz
Jungkook ehsik yonidan o'tayotib doctorning ovozi i payqadi "janob bugun Kim o'ladi...." Yigit tezda telefon diktafonini yoqdida osh yerga yashirib qo'ydi.
Dk: nimalar deyapsiz
Jk: hozir bilib olasiz
Jungkook yozilgan ovozni baland ovozd qo'ydi
Unga kasalligini kuchaytiruvchi dori bergan edim ta'sir qilibdi shekkili qizi shifoxonaga olib kelibdi
Endi esa hech kim sezmaganda zaharni jo'nataman ha aytgancha qizni nima qilay
X: uni o'ldirma hozir o'lsa shubhalanib qolishadi ozgina kutamiz va o'ldi degan habar chiqaramiz qizni foxishaxonaga sotib yuboramiz bundan ham yaxshigina pul topamiz
Diana bularni eshitar ekan beixtiyor ko'zlariga yosh keldi
D: biz...biz sizlarga nma qildik axir
Janob Kimni aperatsiyaga olib kirishlaridan ozgina oldin qizini chaqirdi
K: qizim senga bir narsani aytishim kerak
D: nima
K: o'sha kuni onangning o'limiga sen emas men sababchi edim
D: dada nim...nimalar
K: ha o'sha kuni ichgan edim onang kasalligini bila turib unidoppisladim va...va menimch endi onangni yoniga ketishim kerak
D: dada unday demang dada iltimos
Janob kimni operatsiyasi yaxshi o'tdi Jungkook va Diana turmush qurishdi
3 oydan so'ng Jabob Kim vafot etdi
Hozir esa ularning egizak farzandi bor Jungkook juda ham mashhur qo'shiqchi bo'ldi
Diananing san'at asarlari uchun alohida muzey ochishdi
Ular hozir judayam baxtli