Tabiat bilan uyg`unlikda
O‘zbekiston badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida Rassom Qo‘chqorboy Akbarovning “Tabiat va men” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Rassomning ekspozitsiyadan o‘rin olgan rangtasvir, grafika yo‘nalishidagi yaratilgan ijod namunalarida yurtimizda bahor, yoz, kuz, qish fasllarini bir birini takrorlamaydigan go‘zal ko‘rinishlari, zaminimiz ne’matlari, turli gullari, tarixiy yodgorliklari, turar joylar, mahallalarning eski ko‘rinishlari tomoshabinlarda pokiza his tuyg‘ularni uyg‘otdi, kayfiyatni ko‘tarib, zavqlantirdi.
Ekspozitsiyada muallifning tasvirlagan “Bahor manzaralari”, “Yozgi manzara”, “Kuz manzarasi”, “Tog‘dagi kuz”, “Tog‘ daryosi”, “Qish manzarasi”, “Quyosh botishi”, “Yomg‘irli kun”, “Qishloq manzarasi”, “Ko‘l bo`yida”, “Sirdaryo bo‘yida ov kengliklar”, “Bulutli kun”, “Oq uy manzarasi”, “Peshin, eski masjid” kabi ijod namunalari tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.
Rassom Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. P. Bekov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida Toshkent teatr va rassomlik institutida o‘qigan. O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi.