UNUTILAYOTGAN OʻYINLAR
Hozirgi kunda, hattoki, bog’cha bolalari ham telefon o’yinlarini o’ynaydi. Bu sog’liqqa zarar va miyani ham charchatadi. Onam o’zining yoshligidagi telefon yo’q zamondagi bolalar bilan o’ynaydigan jismoniy o’yinlarni aytib beradi, men ham kichikligimda bu o’yinlardan ba’zilarini o’ynaganman. Yo’qolib borayotgan bu o’yinlarni qoidasi bilan yozishga qaror qildim, chunki bu o’yinlar o’sib kelayotgan bolalarni jismonan baquvat qiladi va aqlni ham charxlaydi hamda topqirlikni, miyani ishlatishni o’rgatadi. Bu o’yinlarni boshlang’ish sinf o’quvchilari bilan va bog’cha bolalari bilan hozir ham o’ynasa foydadan xoli bo’lmaydi.
Bu o’yin tunda, ya’ni, oy yorug’ida o’ynaladigan o’yin. Bunda bolalar ko’zini bir muddat qo’llari bilan berkitib, yumib turadi. Masalan, 10 gacha sanaydi. Bir ishtirokchi oppoq suyakni keng maydonga otib yuboradi. Bolalar vaqt tugagach, suyakni izlay boshlaydi. Suyakni toppish va topdim deya baqirib, uni baland ko’tarib boshqa bolalarga ko’rsatishi kerak. Kim suyakni topsa, o’sha bola, boshqalarga vaqt berib, ular ko’zlarini yumib turganda suyakni yana bepoyon dalaga otadi. Bu o’yinda bolalar qorong’uda ham ko’rish qobiliyatini shakllantiradi.
Bu bizning o’yinimizning nomi, bizda qashqir, bu — boʻri. Oila - bu oila, ya’ni bir tuda bola, masalan, toʻrtta- beshta bola bir tomon boʻladi. Bittasi buri, qolganlari bolalari, ya’ni, burining oilasida. Ikkinchi tomon ham to’rtta-beshta bola tomon bulib, bular ovchilar, buladi. Katta toʻrt burchak pilla chiziladi, pillaning uzinligi enidan uzinroq buladi, Albatta, koptok boʻlishi shart. Boʻri oilasi bilan pilllaning ichiga kiradi, ovchilar pillaning qarama-qarshi ikki tomonida turib, koptok bilan bo’rilarni uradi, koptok teggan buri o’yindan chiqadi. Agar koptokni ilib ushlab olsa, ochko oladi, qancha ochko ko’p to’plasa, o’sha tomon yutadi, agar koptok tegib, birin-ketin o’yindan chiqib, tugasa u tomon yutqazadi. Bir o’yin tugagandan sung tomonlar almashadi, boʻrilar endi ovchi boʻlib, tashqarida qoladi, avvalgi ovchilar tomoni endi buri boʻlib, pillaga kiradi. Har o’yindan sung almashinib, o’yin davom etaveradi. Bir pasda kunning botganini bilmay ham qolamiz.