July 7

Bolalar uchun kitoblar dizayni va tahririning o‘ziga xosligi

Bolalar uchun mukammal kitob maketini yaratishda mayda detallar ham muhim ahamiyad kasb etadi. Shrift tanlashdan tortib, illyustratsiyalarning joylashuvigacha bo‘lgan barcha jihatlar bolalar kitobining o‘qilishga qanchalik qiziqarli bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Agar siz mustaqil ravishda kitob chop etayotgan muallif bo‘lsangiz, bu bosqichda yetarli bilimga ega bo‘lishingiz juda muhim.

Ushbu maqolada biz bolalar kitobi uchun mukammal maket (ya’ni dizayn yoki formatlash) yaratishning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sizga bolalar kitobi uchun PDF formatdagi namunaviy shablonni ham taqdim etamiz.

Yaxshi va yomon maket o‘rtasidagi farq nimada? Agar siz bolalar kitobini o‘zingiz nashr qilayotgan bo‘lsangiz, mukammal maket (format) yaratish — kitobingiz yosh o‘quvchilarda taassurot qoldirishi uchun zaruriy shartlardan biridir. Yaxshi maket hikoyaning oqimi va ritmini yaxshilaydi hamda o‘quvchining kitobni qanday qabul qilishiga ijobiy ta’sir qiladi. Aslida, yaxshi va yomon maket o‘rtasidagi asosiy farq ham shunda: hikoyani boyitadimi yoki aksincha, uni zerikarli qiladi?

Bunda hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillar juda ko‘p: kitob nechta sahifadan iborat bo‘ladi, har bir sahifada nechta so‘z bo‘ladi, ba’zi sahifalarda faqat illyustratsiya (matnsiz) bo‘ladimi-yo‘qmi, qanday shriftlardan foydalaniladi, shuningdek, kitobning bosh va oxirgi qismlari qanday bo‘ladi — bularning barchasi muhim.

Quyida bolalar kitobi maketida e’tibor berish lozim bo‘lgan turli jihatlar keltirilgan: Rasmli kitoblardagi sahifa aylanishi (page turn) Sahifa aylanishi nima? Bu – o‘quvchini keyingi sahifani o‘qishga undaydigan usuldir. Sahifa aylanishi hikoyaga hayajon va qiziqish qo‘shadi, shu bilan birga o‘quvchining e’tiborini ushlab turadi. Ayniqsa rasmli kitoblarda sahifa aylanishi juda muhim. Bu hikoyaning ritmini belgilab, hazil, syurpriz yoki hayajon keltirishi mumkin. Eng yaxshi sahifa aylanishlar kuchli hikoya asosida yaratiladi – unda o‘quvchi o‘zini qahramon o‘rnida tasavvur qila oladi va nima bo‘lishini bilish uchun sahifani keying qismiga o‘tishni hohlaydi xohlaydi.

Bolalar kitobi maketini yaratishda eng muhim jihatlardan biri bu — matn uzunligi, ya’ni so‘zlar sonidir. Bu esa kitobning turiga va mo‘ljallangan yosh guruhiga bog‘liq. Masalan, yosh bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar kamroq matnga ega bo‘ladi, katta yoshdagilar uchun esa murakkabroq so‘zlar va uzunroq gaplar ishlatiladi.

To‘g‘ri muvozanatni topish — hikoyaning o‘quvchi uchun qiziqarli va tushunarli bo‘lishini ta’minlash uchun zarurdir. Shuningdek, so‘zlar soni sahifalar soniga ham ta’sir qiladi. Ayniqsa rasmli kitoblar va boshlang‘ich darajadagi o‘quvchilar uchun yozilgan kitoblarda bu jihat kitob maketini bevosita belgilaydi. Agar matn juda ko‘p bo‘lsa, u sahifalarga sig‘masligi yoki rasm ustiga tiqishtirilishi mumkin. Shu bois, kitob turi va maqsadli yosh guruhiga mos so‘zlar soni juda muhim. Chunki ota-onalar bolalariga juda uzun kitoblarni o‘qishni xohlamaydi (yoki faqat bir marta o‘qishadi). Bolalar esa o‘z yoshiga mos uzunlikdagi matnni qabul qila oladi, xolos.

Kitob formati

Sizning kitobingiz qaysi formatda bo‘ladi: elektron kitob (e-book), bosma yumshoq muqovali (paperback), qattiq muqovali (hardcover) yoki ularning barchasi? Bu savolga allaqachon javob berib, rejani boshlanishidanoq aniqlab olishingiz kerak. Ayniqsa kitobning o‘lchami (trim size) haqida o‘ylab ko‘ring. Agar sizda e-kitob bo‘lishi kerak bo‘lsa (bo‘lishi tavsiya etiladi), matn mobil telefon ekranida ham o‘qilishi mumkin bo‘lgan darajada yirik bo‘lishi kerak. Shuningdek, kitobingizning yo‘nalishi va shaklini belgilang. Kitob gorizontal, vertikal yoki kvadrat bo‘lishi mumkin.

Rasmli kitoblar uchun eng keng tarqalgan o‘lchamlar quyidagilardir:

·         8.5” x 8.5” (kvadrat)

·         10” x 8” (gorizontal)

·         8” (yoki 7”) x 10” (vertikal)

·         8” x 8” (kvadrat)

Kitob “Dummy”si yoki “Storyboard” yarating

Book Dummy (Kitob maketi modeli). Ayniqsa rasmli kitoblar maketini tuzishda “book dummy” juda foydali. Bu sizga matn, rasm va hikoya oqimini rejalashtirishda yordam beradi. Shuningdek, sizda nechta sahifaga va nechta rasmga ehtiyoj borligini taxminan belgilab olishga ko‘mak beradi.

Book dummy yaratish tartibi:

1.     Taxminan 8 ta oddiy oq varaq oling, ularni yarmiga buklang va o‘rtasidan stepler bilan bog‘lang. (1 varaq kitobda 4 sahifa bo‘ladi. Shu asosda umumiy sahifalar sonini 4 ga bo‘lib, nechta varaq kerakligini hisoblang.)

2.     Hikoyangizni oddiy qalam bilan sahifalarga bo‘lib yozing.

3.     Kitobni ko‘zdan kechiring va agar matn juda ko‘p joy egallasa yoki harakat yetishmasa, sahifalar orasida matnni o‘zgartiring.

4.     Har bir sahifada qanday rasm bo‘lishini tasavvur qiling. Bu albatta illyustrator aynan shunday chizadi degani emas, lekin siz matn tasvir bilan uyg‘unlashishini his qilishingiz kerak. Aks holda, matnni qayta ishlashingiz kerak bo‘ladi.

Storyboard – bu kitob sahifalarining tartibini va har bir sahifaga qanday matn joylashtirilishini aniq ko‘rsatuvchi xarita. Odatda bu ishni illyustratorlar bajaradi — ular har bir sahifa uchun thumbnail (kichik chizmalar) yaratishadi. Ammo siz, muallif sifatida, faqat matndan iboratstoryboard tayyorlashingiz mumkin va uni “book dummy”ga o‘xshash maqsadda ishlatasiz. Albatta, xohlasangiz rasm chizishingiz mumkin, lekin bu majburiy emas.

Storyboard’ning eng katta afzalligi shundaki, siz butun kitobni bir qarashda ko‘ra olasiz. Bu esa sizga hikoya dinamikasini yaxshilash, ritmni moslashtirish va sahifalardagi harakat va o‘zgarishni rejalashtirish imkonini beradi.

Shrift va matn o‘lchami bolalar uchun kitob maketini tuzishda ularning yoshi va o‘qish darajasini hisobga olish juda muhim. Shrift oson o‘qiladigan va yetarlicha kattalikda bo‘lishi kerak — kamida 16 punkt yoki undan katta bo‘lishi tavsiya etiladi. Ayniqsa rasmli kitoblar uchun matnning yirik bo‘lishi zarur, chunki elektron rasmli kitoblarda matn hajmini o‘zgartirib bo‘lmaydi, va uni mobil telefon ekranida o‘qish oson bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich o‘quvchilar va rasmli kitoblar uchun odatda har bir sahifada matn kam bo‘ladi. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun esa matnlar orasidagi bo‘sh joylar yetarli bo‘lishi kerak — bu matnni o‘qishni qulaylashtiradi.

Oddiy shriftlar — eng yaxshi tanlov

Siz quvnoq yoki o‘ziga xos shrift tanlashingiz mumkin, ammo u oddiy va tushunarlibo‘lishi kerak. Yosh o‘quvchilar uchun shrift tanlovi juda muhim. Ba’zi yozuvsimon (script) shriftlar chiroyli ko‘rinsa-da, ularni o‘qish yosh bolalar uchun qiyin bo‘ladi. Shu sababli oddiy serif yoki sans-serif shriftlardan foydalaning. Bunday shriftlar oson o‘qiladi, va harflar bir-biridan aniq ajralgan bo‘ladi, bu esa bolalarga so‘zlarni o‘qishni osonlashtiradi. Shuningdek, shrift kitobning ohangi va illyustratsiya uslubiga mos bo‘lishi kerak. Agar kitob qiziqarli bo‘lsa, yanada quvnoqroq shrift tanlash mumkin. Agar kitob jiddiy yoki hissiy bo‘lsa, sokin, jiddiy shrift tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Serif, sans-serif va script shriftlar. Serif shriftlar — harflarning oxirida kichik chiziqchalar yoki “oyoqchalar” bo‘ladi. Ular bezakli va klassik ko‘rinishga ega. Bolalar kitoblari uchun keng tarqalgan serif shriftlar:

·         Times New Roman

·         Georgia

·         Palatino

Garamond

Bolalar uchun mo‘ljallangan mukammal kitob maketini yaratish — kitob muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun asosiy shartlardan biridir. Maktabgacha yoshdagi yoki maktab yoshidagi bolalar auditoriyasiga mos tarzda hikoya oqimini to‘g‘ri tashkil etish, diqqatni tortadigan va jozibali muqova, shuningdek yuqori sifatli illyustratsiyalar orqali hikoyani yanada jonliroq va esda qolarliroq qilish mumkin.Bu jarayonlar vaqt va mehnat talab qiladi. Hikoya va vizual elementlar yosh o‘quvchilarga mos, qiziqarli va o‘qishga arzigulik bo‘lishi uchun, mutaxassislar bilan ishlash har doim eng yaxshi natija beradi.

Hamida ABDUHALILOVA

ToshDO’TAU talabasi