BOLALAR UCHUN SHRIFTLAR
Zamonaviy ta’limda har qanday kitoblarni o‘quvchilar uchun shriftlar asosiy vosita hisoblanadi. Kitoblardagi aksariyat shriftlar sans serif shriftlarida foydalaniladi. Ko‘pincha Helvetica yoki Arial, ba’zan Gill Sans yoki boshqa shriftlar qo‘llaniladi. Adabiyotlarda boshlang‘ich o‘quvchilar uchun eng maqbul shriftlar bo‘yicha deyarli yagona fikr mavjud emas. Dizaynerlar, pedagoglar va shu sohani o‘rganuvchi tadqiqotchilar bolalar shriftlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha turli xil qarashlarga ega.
Tipografik dizayn o‘quvchilar uchun qaysi shriftlar eng maqbul ekanligini chuqurroq tushunish va tushuntirish, balki yangi, aniq va amaliy shriftlar hamda ko‘rsatmalarni ishlab chiqish va loyihalash imkonini berishi mumkin.
O‘qituvchilar odatda bolalar kitoblari uchun shriftlar haqida qat’iy fikrga ega bo‘ladilar. Ularga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim uchun mo‘ljallangan bolalar o‘quv va darslik kitoblaridagi shriftlar aniq bo‘lgani uchun katta hajmdagi shriftlar o‘rnatilishi kerak. Bundan tashqari, ular sans serif shriftlari o‘quvchi uchun qulay ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Chunki ular serif shriftlariga qaraganda soddaroq ko‘rinadi. Sans seriflar dastlab “bolalar uchun belgilar”dan foydalanishni joriy etdi. Bu harf shakllari yozma belgilarga rasmiy o‘xshashligi tufayli bolalar uchun o‘qish oson. Bu qarashlar an’ana va odat kuchiga asoslanadi. O‘qituvchilarning sans-serif shriftlarining soddaligini afzal ko‘rishlari tarixiy ildizlarga ega.
Zamonaviy tipograflar uchun sans serif o‘zining asosiy shaklida harf dizaynini ifodalaydi. Harflarning tuzilishi bilan bog‘liqlikni chiziqning balansi va ko‘plab o‘zaro almashtiriladigan komponentlarning qo‘llanilishi bilan bog‘lash mumkin. Harfning qalin va ingichka qismlari o‘rtasidagi kontrastning pastligi yoki umuman yo‘qligi o‘qilishini osonlashtiradi.
Alifboning asosiy tuzilishi. Harflar alohida qismlardan tashkil topgan. Har bir harf o‘ziga xos umumiy tuzilishga ega bo‘lib, bu dizaynning o‘ziga xosligidir. Har bir harfning dizaynida o‘ziga xos tuzilma mavjud bo‘lib, uni tanib olish mumkin. Turli xil shriftlar bir-birining ustiga joylashtirilganda, umumiy shakl ko‘zga tashlanadi. Buni umumiy tuzilish deb atash mumkin.
Sans serifning oddiy harf shakllari tufayli u eng zamonaviy yozuv turi sifatida qabul qilingan. Helvetica va Univers shriftlarining muvaffaqiyati sans serif shriftlarining ommalashishiga katta hissa qo‘shdi. O‘qituvchilar hozirga qadar bolalarning o‘qish kitoblari uchun sans serif shriftlarini afzal ko‘rishadi, chunki ular sans serif shriftlari bolalarning yozishni o‘rganadigan harf shakllariga yaqin. Dizaynerlar boshlang‘ich o‘quvchilar uchun qo‘lda yozilgan belgilarni afzal ko‘rgan o‘qituvchilarning talabini qondirish maqsadida serif shriftlar uchun ham muqobil harf shakllarini yaratishdi. Shunday qilib, maxsus ishlab chiqilgan bu harf shakllari bevosita bolalar qo‘lyozmasiga bog‘liq bo‘lib, ular “bolalar uchun yozuvlar” deb nomlanadi. Bolalar uchun bu kabi harflar dastlab 1920-yillarda joriy etilgan. 1930-yillarda Gill Sans kabi sans serif shriftlarida ularning kiritilishi bilan yanada ommalashgan.
Bolalar uchun shriftlar o‘qish jarayonida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qishni o‘rganishda harflar ustun omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda bolajonlar uchun eng keng foydalanilayotgan shriftlar quyidagilardir:
– Gill Sans Infant;
– Bembo Infant;
– Andika;
– Futura;
– Sassoon Primary kabi shriftlar bolajonlar uchun ma’qul kelmoqda.
Bolalar o‘qish hamda mutolaaga qiziqqanlarida ularga kitob olib berishda nafaqat rasmlarga, ularning mavzulariga, shuning bilan birga, shriftga ham diqqat etish lozim. Ular har bir belgini taniy boshlaganlarida uni birlashtirishga harakat qilishadi. Shrift yaxshi bo‘lmasa, ularga qiyinchiliklarni tug‘dira boshlaydi.