November 14

RANGLAR ARO 30 YIL

P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik bilim yurtining ko‘rgazmalar zalida shu o‘quv yurtining pedagogi, rangtasvirchi, rassom Erkin Orolning "Ranglar aro 30 yil" deb nomlangan 100 ga yaqin ijod namunalaridan iborat shaxsiy ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
Ko‘rgazma rassomning 30 yillik ijodiy yo‘lini qamragan. Ularning ko‘pchiligi ilk bor jamoatchilik etiboriga taqdim etilmoqda. Ekspozitsiyadagi portretlarda insonning ruhiy olami, turmush manzaralari aks etgan. Ijodiy ishlarda kundalik hayot pozitsiyasi va tabiat bilan uyg‘unlik aks etgan. Inson va zaminga alohida e’tibor qaratilgan.
Ekspozitsiyadan o‘rin olgan "Quyosh nuri", "Yorug‘ kun", "Tong", "Suv bo‘yida", "Shamol", "Bolaligim", "Diydor", "Chorvoqda qishloq", "Xumson tongi", "Do‘stlar tabiat qo‘ynida", "Bizning hovli” kabi ijod namunalari tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.


Hasan ABDUNAZAROV, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi