May 4

ADABIYOT MUZEYIDA BIR KUN

Oʻzbek adabiyoti va madaniyatini sevuvchi bolajonlar, siz hech Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida boʻlganmisiz? Bu ajoyib joyda adabiyotimizning eng qimmatli xazinalari saqlanadi!

Muzey qanday tashkil topgan?

Bu muzey 1939-yilda, buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazma sifatida ochilgan. Keyinchalik, 1947-yilda u rasmiy ravishda Adabiyot muzeyiga aylantirilgan.

Kirishingiz bilan Alisher Navoiyning haykali sizni qarshi oladi

Muzeyda nimalar bor?

Bu yerda qadimgi qoʻlyozmalar, toshbosma kitoblar, eski suratlar va hattoki 10-asrga oid sopol buyumlarni ham koʻrishingiz mumkin. Muzey 40 ta katta xonaga ega va 8 ta asosiy bo‘limdan iborat.

Binoning tarixi

Muzey joylashgan bino 1933-1936 yillarda qurilgan bo‘lib, o‘zining go‘zal va noyob arxitekturasi bilan ajralib turadi.

Bolalar uchun qiziqarli

Bu muzey nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham juda qiziqarli joy! Agar siz adabiyot va tarixni yaxshi koʻrsangiz, bu yerga albatta tashrif buyuring!

Siz ham buyuk adib bo‘lishni xohlaysizmi? Unda ko‘proq kitob o‘qishni unutmang!

Abuzar SOBIROV,

O‘zDJTU talabasi